Qadimgi davr madaniyati Reja


Qadimgi Hindiston madaniyati



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana23.04.2023
Hajmi0,62 Mb.
#931286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2mavzu.Maruza (1)

Qadimgi Hindiston madaniyati 
1
«Bobil minorasi»ni mil. avv. VI asrda Eron Bobilni istilo etgach, istilochilar tomonidan buzib tashlangan. 



Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan 
biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rangbaranglik, boy o‘simlik, hayvonot va 
qimmatbaho yerosti boyliklariga ega bo‘lgan. Yarimorolda sersuv Hind va Gang kabi 
daryolar mavjud. 
Mil. avv. V mingyillikning oxiri IV mingyillikdan boshlab Hind daryosi 
vodiysida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV 
mingyillik o‘rtalariga kelib bu joyda o‘ziga xos eng qadimgi hind madaniyati 
vujudga kelgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdosotiqning 
rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind daryosi va 
uning Panjob viloyatida qadimgi davlatlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning 
MohinjoDaro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. MohinjoDaro hozirda 
Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu 
yerdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom g‘ishtdan qurilgan turarjoylar, saroylar, 
omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topishgan. 
Shaharda pishiq g‘ishtdan qurilgan suv tarmog‘i va kanalizatsiya ham bo‘lgan. 
Badavlat kishilarning uylari, shuningdek, ibodatxonalar 23 qavatli qilib pishiq 
g‘ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan. 
Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar 
qurilishi MohinjoDaro bilan deyarli bir xil. Shaharda me’morchilik, to‘qimachilik, 
kulolchilik, toshtaroshlik, zargarlik, qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar 
o‘zlarining iyeroglif yozuvlariga ham ega bo’lgan
1
. Ikkala shaharda ham yirik g‘alla 
omborlari topilgan bo‘lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko‘rsatadi. Hindlar 
dunyoda birinchi bo‘lib paxtadan mato to‘qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan 
kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo‘li va quruqlik 
orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi. 
Mil. avv. II mingyillik o‘rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga 
ko‘chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo 
vohalarining unumdor yerlariga kelib o’rnashganlar va keyinchalik mahalliy xalq 
bilan aralashib ketganlar. Oriylar bilan mahalliy xalq o‘rtasidagi qonli janglar 
hindlarning xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari bo‘lgan «Mahabxarat» va 
«Ramayana» dostonlarida ham aks ettirilgan. 
Hindlar o‘zlarining qadimiy yozuvlariga ega bo‘lganlar. Ularda astronomiya va 
matematika ham ancha rivoj topgan. Hindlar quyosh va suv soatlaridan foydalanganlar, 
o‘zlarining taqvimlarini tuzganlar. Xalq og‘zaki ijodining yuksak namunasi – 
Vedalar, gimnlar, qo‘shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat to‘plam tuzilgan. 
Vedalarda hayot va o‘lim masalalari bo‘yicha fikr yuritiladi. Bu ta’limotga ko‘ra jon 
doimo bo‘ladi va u kishi vafotidan keyin boshqa tanaga o‘tadi. Hindlarning Veda 
ta’limoti inson mutlaq jon bilan qo‘shilishi, o‘z jonini boshqara olmasligi, bu juda 
qiyin bo‘lishiga qaramay uning mumkinligi to‘g‘risida fikrmushohada yuritiladi. 
Ana shu ta’limot asosida yoga harakati kelib chiqqan. 
Vedalarda qadimgi Hindiston aholisining Varnalarga (kastalarga) bo‘linishi haqida 
ham ta’limot bor. Shu ta’limot asosida qadimgi diniy e’tiqod, Braxmanizm paydo 
bo‘lgan. Braxmanizm qadimgi diniy e’tiqodlardan biri bo‘lib, mil. avv. IXVIII asrlarda 
1
Ахмедова Э. Культурология. Мировая культура.105-bet.



vujudga kelgan. Bu e’tiqodga ko‘ra, Xudo Braxma olamni va odamni yaratgan deb 
hisoblagan. Hind ruhoniylari braxmanlar deb atalganlar. Braxmanlarning ta’kidlashicha, 
xudo odamlarni o‘z tanasining turli qismlaridan yaratgan. Xususan, xudo o‘z og‘zidan 
braxmanlarni; qo‘llaridan kshatrilarni – jangchi, rojalarni; sonlaridan vayshoqlar – 
hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlarni; loyga belangan oyoqlardan esa shudralar, ya’ni 
xizmatkorlarni yaratgan deb ta’lim beriladi. Shulardan keyin esa eng past toifa – hazar 
qilinadiganlar yaralgan. Shunday qilib, braxmanlar ta’limotiga ko‘ra, xudo odamlarni 
turli toifalarga – kastalarga bo‘lib, bola qaysi kastadan tug‘ilgan bo‘lsa, u umrbo‘yi o‘sha 
toifada qolishi kerak bo‘lgan. Toifalarni aralashib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan. 
Mil. avv. VI asrda Hindistonda buddizm dini paydo bo‘ladi. Bu ta’limotning 
asoschisi Gautama Shakyamuni. U shimoliy Hindistonda mil. avv. 566-476 yoki 563-
473yillari yashagan. Budda so‘zi sanskritcha oliy bilimlarni egallagan, haqiqatga 
erishgan ma’nosini beradi. Buddizm braxmanizmdagi odamlarni kastalarga 
bo‘linishini qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar teng bo‘lishini e’tirof etadi. 
Buddizm ta’limoti to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan: 
1.
Turmush azobuqubatlardan iborat; 
2.
Azobuqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir: 
3.
Azobuqubatdan qutilish uchun kishilar o‘zlarining istak va nafslarini tiyishlari 
kerak; 
4.
Azobuqubatlardan xalos bo‘lish uchun Budda kashf etgan qoidalarga amal 
qilishi kerak. 
Buddizm ta’limoti asosida boshqa odamlarga nisbatan yaxshi insoniy 
munosabatda bo‘lish, boshqa tirik mavjudodga nisbatan zo‘ravonlik ishlatmaslik, 
ayniqsa, o‘ldirishni man etish g‘oyasi yotadi. Demak, inson axloqida gumanizm asosiy 
o‘rin tutadi. 
Mil. avv. III asrda podsho Ashoka tomonidan Buddizmni qabul qilinishi bilan 
u davlat diniga aylandi. Buddizm dinining nodir bir tomoni bu, boshqa dinlarga nisbatan 
murosasizlik qilishdir. 
Eramizning I asrida Buddizm Markaziy Osiyo orqali Xitoyga, Xitoydan Koreya
Yaponiya, Mo‘g‘iliston va Tibetga tarqaladi. 
Mil. avv. III-II mingyilliklardayoq Hindistonda hisobning o‘nli tizimi tarkib 
topgan edi. Shuningdek, nolni bildiradigan belgi birinchi Hindistonda ishlatilgan. Bu 
yangilikni dunyoga ommalashtirgan siymo bu buyuk vatandoshimiz al-Xorazmiydir. 
Tabobat olamida hind arboblari kasallikni aniqlash va uni davolashda katta 
yutuqlarga erishganlar. Davolashda ishlatiladigan doridarmonlar 1000 ga yaqin bo‘lib, 
silash, uqalash, vanna qilish, jarrohlik usullaridan keng foydalanganlar. Hind 
kimyogarlari bo‘yoq va turli kimyoviy moddalarni kashf etganlar. Hindiston shaxmat 
o‘yinining vatani hisoblanadi.
Me’morchilikda ham katta yutuqlarga erishilgan. Hind ustalari g‘isht va boshqa 
buyumlardan ajoyib imoratlar, saroylar qurganlar. Mil. av. II – mil. VII asrlarda Bombey 
yaqinida tog‘ni o‘yib, 29 ta budda ibodatxona, ya’ni Ajanta majmuasi bunyod etilgan. 
Bu dunyo madaniyatida arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san’atning o‘ziga xos 
sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko‘rsatilgan san’at turlarining 
hammasidan foydalanilgan. Mil. avv. 950 va milodning 1050yillari davomida 
Chandellas sulolasi davrida qurilgan Vxodjuraxo – ertaksifat sevgi bayrami ibodatxonasi 



o‘zining ajabtovur ko‘rinishi jihatidan qovunga o‘xshaydi. Hindlar o‘sha davrdayoq 
haykaltaroshlik sohasida o‘zining nozik did, ulug‘vorlik va insonparvarlikni tarannum 
etuvchi, kishini hayratga soluvchi asarlarni yaratganlar. Bularga xudo Vishna (Krishna) 
va Shiva timsolidagi haykallarni nisbat berish mumkin. 
Hind madaniyati O‘rta Osiyo, Xitoy singari qo‘shni mamlakatlar xalqlari 
ma’naviy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. 
Shunday qilib, qadimgi Hindiston madaniyati jahon sivilizatsiyasining qadimgi 
beshiklaridan biri sifatida shuhrat topib, u jahon madaniyati rivojiga o‘z samarali 
ta’sirini ko‘rsata olgan. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish