10
Xitoy ajoyibotlaridan yana biri, bu ipakning kashf etilishi va Buyuk ipak yo‘liga asos
solinishidir. Imperator rafiqasi SiLingchi tomonidan mil. avv. 2600-yili ipakning kashf
etilishi va mil. avv. 128yili Xitoy sayyohidiplomati Chjan Szyan tomonidan Buyuk
ipak yo‘liga asos solinishi katta tarixiy o‘zgarish bo‘lgan.
Buyuk ipak yo‘li birgina savdosotiq bilan cheklanibgina qolmay u ayni paytda
diplomatiya, diniy va ma’naviy qadriyatlarni tarqalish yo‘li ham edi. U Sharq va
G‘arb sivilizatsiyasini bog‘lovchi yo‘l bo‘lib, unda Markaziy Osiyo xalqlari vositachilik
rolini o‘ynaganlar.
Shuningdek, badiiy madaniyat Bobil, Misr, Hindistonda dinga tobelik xususiyatiga
ega bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyda badiiy asarlar ko‘proq dunyoviy yo‘nalishga ega bo‘lgan.
Masalan, Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra «Shiszin»ga («Qo‘shiqlar kitobi»ga) madhiyalar,
xulq va urfodatlar masalalari kiritilgan. She’riyat lirikasida va tasviriy san’atda tabiat
go‘zalligi har bir kishiga tushunarli tarzda hayotiy, zavq beruvchi tarzda tasvirlangan.
Haykaltaroshlar dimog‘dor amaldor, laganbardor xizmatchi va holdan toygan qullarning
og‘ir mehnatini mahorat bilan aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy tabiblari kasallik va jarohatlarni
davolashda uqalash, igna
sanchib davolashdan, o‘simlik va hayvonlardan hosil qilinadigan dorilardan, xususan
jenshen, kiyik
shohidan olinadigan panti, choy va boshqa doridarmonlardan keng
foydalanganlar. O‘sha davrdayoq Xitoy tibbiyotida mingdan ortiq dorilar bo‘lgan.
Qadimgi Xitoy tabiblari ichida Va Shu Xe, Ban Sio va Xua Tu lar mashhur bo‘lgan. Van
Shu tibbiyotga oid «NeySzin» («Odam tabiati va hayoti»), Ban Sio esa «Qiyinchilik
haqida kitob» kabi asarlar yozganlar.
Mil. avv. XIIVI asrlarda Xitoyda dunyoni miflar orqali tasavvur qilishdan falsafiy
mushohada qilishga o‘tiladi. Falsafa o‘zining «oltin asr» deb nomlangan o‘sha davrning
cho‘qqisiga chiqadi. Falsafiy qarashlar ichida ikkitasi muhim ahamiyatga ega.
Bulardan bittasi Konfutsiylik bo‘lib, uning asoschisi Kun Futszi yoki Kuntszu edi.
U mil. avv. 552--yilda zodagon oilada tug‘ilgan bo‘lib, 15 yoshidan o‘zi mutolaa qilib,
ma’lumot olgan. Uning ta’limotida qadimgi urfodatlar va ularga to‘la rioya qilish muhim
o‘rin tutadi. Hammaning ularga amal qilishi jamiyatni halokatdan qutqarib, uni
gullabyashnashiga olib keladi deb uqtiriladi. Davlat to‘g‘risidagi ta’limotda «… agar
podsho haqiqiy podsho o‘rnida bo‘lsa, fuqarolar – fuqaro o‘rnida, ota – ota, ona – ona
o‘rnida, bola – bola o‘rnida bo‘lsagina davlat gullabyashnaydi» deyiladi. Agar davlat o‘z
nomiga munosib bo‘lsa, unda yetarlicha oziqovqat, yetarlicha qo‘shinlar bo‘lishi va unga
ishonch bo‘lishi zarurligi ko‘rsatiladi.
Konfutsiylik ta’limoticha insonparvarlik, odob, yuksak fazilat tufayli jamiyat rivoj
topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli inson kamolotga erishadi. Uning
negizida quyidagi hayotiy tamoyillar yotadi:
1.
«Sen o‘zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning ham erishishiga
ko‘maklash»;
2.
«Sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ham ravo ko‘rma».
Konfutsiy mil. avv. 479-yili 72 yoshida vafot etgan. Uning ta’limoti Xitoyda va
uning tashqarisida hozirgacha ham mashhurdir. Xitoyning Syuyfu shahrida dunyoga
mashhur «Konfutsiy yodgorlik majmuyi» bunyod etilgan (mil. av. 56 – yil – 1911yillar).
Ikkinchisi, Daosizm ta’limoti, Dao – xitoycha aql bilan bilib bo‘lmaydigan
hayotiy butunlik, «Qonun», «Yo‘l» ma’nosini bildiradi. Uning asoschisi – LaoSzi (mil. av.
11
VIV asrlar) bo‘lib, uning taxallusi «Dono qariya» bo‘lgan. Daosizm ta’limotining
markazida tabiat, koinot, inson turadi. Dao – ko‘rinishlarga ega bo‘lmagan tanasiz,
absolut kuch. Dao hamma narsalarni, shu jumladan dunyoni yaratgan. Dao bo‘yicha dunyo
doim harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Daosizm «Dao»ga rioya qilish
insonga «O‘z tabiatini butunlikda saqlab qolishga» imkon beradi, deb da’vat etadi.
Qadimgi Xitoyda adabiyot ham ancha rivoj topgan. Avvalo, xalq og‘zaki ijodi,
keyinchalik yozuvning kelib chiqishi bilan yozma adabiyot ham rivojlangan. Jumladan,
xalq qo‘shiqlari asosida «Shitszin» to‘plami, tarixiy, falsafiy «Chuntsyu» (Bahor va kuz)
kitoblari diqqatga sazovor.
Qadimgi Xitoy tarixchilari ichida mil. avv. 14590yillarda
yashagan Sima Szyan
mashhur bo‘lib, yuqorida qayd qilingan «Tarixiy xotiralar» asarini yozgan. Unda
Xitoyning eng qadimgi davridan II asrgacha bo‘lgan davri yoritilgan. Milodning
3292yillarida yashagan Ban Gu o‘zining «Xan podsholigi tarixi» asarini yozgan.
Qadimgi Xitoyning kulolchilik mahsulotlari, ayniqsa, chinni buyumlar
hozirgacha o‘zining nafisligi,
betakrorligi, pishiqligi bilan ajralib turadi. Ularda
ishlatilgan rang, tanlangan manzaraning go‘zalligi kishini lol qoldiradi.
III asrga kelib yagona Xan podsholigining Vey, Shu va U kabi mayda uchta
davlatlarga bo‘linib ketishi bilan Qadimgi Xitoy davri tugaydi va o‘rta asrlar davri
boshlanadi.
Shunday qilib, Qadimgi Xitoy o‘ziga xos betakror
madaniyat bilan jahon
madaniyatini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Uning ta’siri, ayniqsa,
Janubisharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida
kuchliroq aks etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: