Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi



Download 0,87 Mb.
bet4/16
Sana03.04.2021
Hajmi0,87 Mb.
#62640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Qadimgi Baqtriya KURS ISHI

Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:

  1. Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi.

  2. Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning shaharlarga aylanish.

  3. Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi.

  4. Sharqiy Eron qabilalarining migratsiyasi.

Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi Yoz I madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta-Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy, Urgul va Halqajar vohalari o‘zlashtirilgan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi. Yuqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli hal ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bo‘lib o‘tgan Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (milloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, hulosalaydi. Doro III davrida Baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda Sug‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan.

Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. Yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bo‘lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, milloddan avvalgi VIII-VI asrning o‘rtalari qadimgi Baqtriya davlatining (aynan Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona viloyatlarining ma’lum qismlari sifatida taxmin qilinadi) rivojlangan davri bo‘lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralari: Murg‘ob vohasi, Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro hududlariga taqalgan bo‘lishi mumkin. Bu davrda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-masagetlarning harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o‘lkalar chegaradosh bo‘lgan.

Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persepol shahridagi saroy devorlarida bo‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko‘targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.2

A.Sagdullayevning tadqiqotlariga ko‘ra, Baqtriya haqidagi turli ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-Gerodot, Ktesiy, Arrian, Strabon, Kursiy Ruf, Diador,Pliniy kabilarning asarlarida ham mavjud bo‘lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar beradi. Xususan, Ktesiy Knidskiy Ossuriya podshosi Nin Belidning Baqtriyaga qilgan yurishi, uning baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganligi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning boy xazinasi haqida ma’lumot beradi. Ktesiyning Baqtriya chegaralari haqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Uning xabar berishicha: g‘arb tomondan Baqtriya tekisligiga boradigan yo‘lni tog‘lar to‘sib turadilar, ulardan faqat dovonlar orqali o‘tib borish mumkin. Baqtriya Tanaisdan Hind daryosiga cho‘zilgan bo‘lib, Tanais uni Yevropadan, Hind daryosi esa Hindistondan ajratib turadi.

Gerodot o‘zining “Tarix” asrarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga oladi. “Baqtriya” atamasi Esxilning milloddan avvalgi V asrda sahnaga qo‘yilgan “Fors”lar tragediyasida ham uchraydi. Yana bir qadimgi tarixchi Strabon Baqtriyani “oriylar o‘lkasining javohiri” sifatida ta’riflaydi.

Yozma manbalar ma’lumotlari ko‘p hollarda arxeologik ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi. Arxeolgiya ma’lumotlarining guvohlik berishicha, milloddan avvalgi VII-VI asrlarda Baqtriyada shaharlar shakllanib bo‘lgan edi. Oltindilyortepa (Aorn), Baqtriya (Boloi Hisor) va Qiziltepa kabi ko‘hna shaharlar mustahkam himoya devorlar bilan o‘rab olinadiki, ular bu hududlarda davlatchilik rivojlanishining asosi edi.3



Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (SHo‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bo‘lsa, keyinroq bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bo‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar o‘zlashtiriladi.


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish