Buxgalteriya hisobi registirlari haqida tushuncha.
Hisob registrlari «registrasiya» so‘zidan olingan bo‘lib, buxgalteriya hisobi yozuvlarini ro‘yxatga oluvchi hujjatlar degan ma’noni anglatadi.
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir.
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘ngra shu dastlabki hujjatlar har tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilinadi.
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkalari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlarining ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari — hisob yozuvlari (buxgalteriya provodkalari)ni aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari — jurnallar, vedomostlar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarda tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari hamda ularning tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxonalarning balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechog‘lik o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘zi uchun, balki uning balans hamda hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
Korxonalarning buxgalteriya balansi va hisobotlaridan esa quyidagilar foydalaniladilar:
korxonaning ichki boshqaruvi;
bank muassasasi;
soliq inspeksiyasi;
yuqori tashkilot;
kreditorlar;
aksiyadorlar;
ta’sischilar va boshqalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan bank muassasasi, soliq inspeksiyasi, yuqori tashkilot, kreditorlar, aksiyadorlar, ta’sischilar va boshqalar tashqi foyda- lanuvchlar deyiladi.
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi har xilligidan kelib chiqib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlarining turlari (shakllari) o‘rganilayotganda, ularning quyidagi xususiyatlariga e’tiborni berish kerak:
tashqi ko‘rinishi;
ularda aks ettiriladigan yozuvlarning turliligi;
ma’lumotlarning hajmi.
Hisob registrlari tashqi ko‘rinish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:
daftarlar yoki kitob shaklidagi («kassa daftari», «bosh daftar»);
kartochka shaklidagi;
varaqlar yoki vedomostlar shaklidagi.
Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘larining analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalarning kontokorrekt, ko‘p ustunli va boshqa turlari mavjud.
Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovi (qiymat)da hisobi yuriti- ladigan xo‘jalik jarayonlarini har bir schyotning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va har bir oy oxirida schyotlar bo‘yicha oborotlarni aniqlashda asos bo‘ladi.
XULOSA
Amaliyot davomida ,,AT Xalq banki” Beshariq filiali faoliyati bilan tanishib, yana bir bor amin bо‘ldimki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida о‘z faoliyatimizni banklar faoliyatisiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Amaliyotni о‘tashdan asosiy maqsad olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, tijorat banklarini boshqarishni takomillashtirish bо‘yicha mavjud bо‘lgan qо‘llanma va yuriqnomalarni hamda bunda vujudga keladigan muammolarni о‘rganishdan iborat. Shu bilan birga, amaliyot jarayonida tijorat bank faoliyati umumiy asoslari bilan tanishish, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilishdan iborat.
Men о‘z amaliyot davrida bank faoliyatini о‘rganish, asosiy operatsiyalarini, bankning maqsad va vazifalari, buxgalteriya hisobini tashkil etish, bank tizimi uchun ishlab chiqarilgan iABS dasturida ishlashni,excel dasturida ham ishlashni, mijozlar bilan qanday muloqotda bo’lishni,to’lov blankalari bilan ishlashni, ichki nazoratni olib borish yо‘llarini о‘rganishga harakat qildim.Amaliyot davomida olingan nazariy bilimlarimga imkon qadar barcha savollarimga javob olishga va amaliyot bilan mustahkamlashga e’tibor qaratdim.
,,AT Xalq banki” Beshariq filiali faoliyatini tashkil qilish, moliyaviy hisobotlarni yuritishni, buxgalteriya hisobi tizimini tashkil qilishini, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish masalalarini о‘rganishga e’tibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |