Qabulxona, hodimlar bilan ishlash va hujjat yuritish jarayoni tahlili


Buxgalteriya hisobining metod va metodologiyasi



Download 60,84 Kb.
bet11/18
Sana24.03.2023
Hajmi60,84 Kb.
#921453
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
O`rmonaliyev Bunyodjon. Hisobot.

Buxgalteriya hisobining metod va metodologiyasi.
Metod tushunchasi maxsus adabiyotlarda keng talqin qilingan. Metodga tabiatda va jamiyatda bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda sodir bо‘ladigan hodisa va jarayonlarni о‘rganish hamda bilish usuli sifatida qaraladi. Chunki sodir etilgan hodisa va voqeliklarni amalga oshganligi tasdig‘i, mushohada qilingandan sо‘ng bilish nazariyasi asosida olinadi. Shuning uchun hodisa va voqeliklarning qaysi jihati о‘rganilishidan qat’i nazar, ularni о‘rganishga dialektik nuqtayi nazardan yondashish lozim bо‘ladi. Korxona xо‘jalik mablag‘lari va xо‘jalik jarayonlari hamma vaqt о‘zaro aloqada, rivojlanishda, birlikda va harakatda bо‘ladi. Korxona faoliyatida ishtirok etadigan mablag‘lar, ularning manbalari va xо‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bо‘lgan, har qanday sodir bо‘ladigan hodisa yoki voqelik buxgalteriya hisobi obyektlariga ta’sir etib ularni о‘zgartiradi. Sodir bо‘lgan hodisa va voqeliklar dastavval kuzatilib, mushohada qilinib, miqdoriy jihatdan о‘lchab, sо‘ngra hujjatlarda qayd qilish lozim bо‘ladi. Agar voqelik sodir etilmasa, u holda, hech qanday harakat yuzaga kelmaydi. Masalan, mahsulot ishlab chiqargan ishchilarga ish haqi hisoblandi. Bu bir tomondan korxona ishlab chiqarish xarajatlari kо‘payishini, ikkinchi tomondan esa, mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar oldida korxonaning qarzi paydo bо‘lganligini bildiradi. Agar ishchi mahsulotni ishlab chiqarmaganda, korxonaning ishchi oldidagi ish haqi bо‘yicha majburiyati yuzaga kelmagan bо‘lar edi. Xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya hisobining metodi dialektik metodga asoslangan bо‘lib, korxona faoliyatini makon (korxonada) va zamonda (hisobot davrida) bilish nazariyasi asosida hisobga olish maqsadida qо‘llaniladigan usullar majmuidan iborat bо‘ladi.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi fanini о‘rganishning о‘ziga xos usullari ham mavjudki, ularsiz buxgalteriya hisobining obyektlari tо‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish imkoni bо‘lmaydi.
Bu borada buxgalteriya hisobi bо‘yicha 1940-yilgacha chop etilgan adabiyotlar mualliflarining fikrlari turlicha. Masalan, A.P. Rudanovskiy va boshqalar buxgalteriya hisobi metodi elementlariga qayd qilish, tartibga solish, koordinatsiya, baholashni kiritsalar1, A.Galagan esa kuzatish, turkumlash, induksiya va deduksiya, sintez va analiz deb hisoblaydi2. 1940-yildan keyin chop etilgan adabiyotlarning mualliflari esa, buxgalteriya hisobi metodining elementlariga hujjatlashtirish, yо‘qlama qilish, baholash, kalkulyatsiya qilish, schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozish usuli, balans, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish, hisobotlar tuzishni kiritadilar. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida foydalanilgan hisob yuritish metodining elementlarini quyidagi guruhga keltirish mumkin:
1) qayd qilish;
2) tartibga solish;
3) baholash;
4) kuzatish;
5) turkumlash;
6) induksiya va deduksiya;
7) sintez va analiz;
8) hujjatlashtirish;
9) yо‘qlama qilish;
10) kalkulyatsiya qilish;
11) schyotlar tizimi;
12) ikki yoqlama yozish usuli;
13) balans;
14) moliyaviy hisobotlar va ularga qо‘shimcha ilovalar tuzish;
15) buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish;
Har qanday fanning predmetini о‘rganishda mazkur fanning asosiy tamoyillarini, tashkiliy usullarini, korxona faoliyatini baholash mezonlarini bilish muhim. Chunki bular fanni о‘rganishda qо‘llaniladigan usullar majmuasini belgilab beradi.
Buxgalteriya hisobi operativ-texnik va statistika hisoblaridan, shuningdek, boshqa iqtisodiy fanlardan korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik jarayonlarini yoppasiga, uzluksiz va muntazam kuzatib borishi, о‘lchashi va alohida hujjatlarda qayd qilishi bilan farq qiladi. Unda aks ettirilgan jarayonlar albatta hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatlashtirish sodir bо‘lgan jarayonlarning qonuniyligini va tо‘g‘riligini tekshirishga huquqiy asos bо‘lib, korxonalar xо‘jalik faoliyati natijalarini nazorat qilishda foydalaniladi. Shuning uchun xо‘jalik muomalalarini kuzatish va hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi metodining elementi sifatida namoyon bо‘ladi.
Iqtisodiy jarayonlar buxgalteriya hisobida ma’lum bir о‘lchovlarda, eng avvalo, pulda baholanib, aks ettiriladi. Demak, xо‘jalik jarayonlarini pulda baholash buxgalteriya hisobi metodining elementini tashkil etadi.
Korxona aktivlari, passivlari va majburiyatlari holatini, saqlanishini, ulardan foydalanishni nazorat qilish buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Bu vazifa hisob obyektlarni haqiqiy borligini va holatini ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish yо‘li bilan bajariladi. Shuning uchun ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish buxgalteriya hisobi metodining elementi bо‘lib hisoblanadi.
Korxonalar faoliyatida ishtirok etadigan aktivlar, passivlar, majburiyatlar hamda ularning о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmun jihatdan har xil bо‘ladi. Shuning uchun aktivlarni, passivlarni, majburiyatlarni hamda ularning о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirish uchun iqtisodiy mazmun jihatdan guruhlash lozim bо‘ladi. Guruhlash vositasi sifatida buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schyotlariga ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida amalga oshiriladi Shuning uchun schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv buxgalteriya hisobi metodining elementi sifatida namoyon bо‘ladi.
Buxgalteriya hisobi axborotlari korxonaning moliyaviy-xо‘jalik faoliyatlariga baho berishda, joriy va istiqbol biznes rejalar tuzishda hamda faoliyatlari yuzasidan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Shu sababli buxgalteriya hisob ma’lumotlari korxonalar faoliyatini haqiqiy ifoda etishi talab etiladi. Notо‘g‘ri ma’lumotlar asosida tuzilgan biznes rejalar va qabul qilingan qarorlar korxonalarning kelgusi davrlardagi moliya-xо‘jalik faoliyatlariga salbiy ta’sir etib, hisob ma’lumotlarining ishonchlilik, betaraflik, muhimiylik va ahamiyatlilik darajasini pasaytirishga olib keladi. Bular hammasi hisobot davri tugagandan sо‘ng joriy hisob ma’lumotlarining tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish lozimligini bildiradi. Hisobot davri tugagandan keyin joriy hisob ma’lumotlari jamlanadi, ya’ni barcha schyotlar bо‘yicha debet va kredit oborotlar chiqarilib, hisobot davrining oxiriga ularning qoldiqlari topiladi va schyotlarning umumlashgan ma’lumotlariga binoan oborot qaydnomasi va balans tuziladi.
Yuqorida keltirilgan dalillardan xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya hisobini tashkil qilish jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda bо‘lgan uch bosqichga bо‘linadi, birinchi bosqich, sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini kuzatish, hujjatlashtirish, baholash va kalkulyatsiya qilish, ikkinchi bosqich, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va huquqiy asosga ega bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini iqtisodiy jihatdan buxgalteriya schyotlari yordamida guruhlash va ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida ularning joriy 38 hisobini tashkil qilish, uchinchi bosqich, joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, uning tо‘g‘ri olib borilganini oborot qaydnomasi tuzish bilan tekshirib kо‘rish va balans tuzish.
Xulosa qilishimiz mumkinki, kuzatish va hujjatlashtirish, pulda baholash va kalkulyatsiya tuzish, schyotlar tizimi va ikki tomonlama yozuv, oborot qaydnomasi va balans tuzish hamda inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish) buxgalteriya hisobi metodi elementlarini tashkil qiladi.
Bizning fikrimizcha, hisobot davrining oxirida tuziladigan tezkor ma’lumotlar, moliyaviy va statistik hisobotlar, ularning ilovalari joriy hisob ma’lumotlari, oborot qaydnomasi va balansga asoslanadi. Shuning uchun ularni tuzish va taqdim etishga iqtisodiy tahlil, audit fanlari kabi buxgalteri hisobining mantiqiy davomi sifatida qarash lozim.
Demak, buxgalteriya hisobi fani uslubining elementlariga quyidagilar kiradi:
1) kuzatish, о‘lchash va hujjatlashtirish;
2) baholash va kalkulyatsiya tuzish;
3) buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv;
4) joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, oborot qaydnomasi va balans tuzish;
5) inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish).

Download 60,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish