Qabul qildi: muxtorov botir


Ota-o‘g‘il Jeyms va Jon. Mill hamda T.R. Maltusning iqtisodiy g‘oyalari



Download 38,33 Kb.
bet6/6
Sana13.07.2022
Hajmi38,33 Kb.
#785143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kariboyev Davron

4. Ota-o‘g‘il Jeyms va Jon. Mill hamda T.R. Maltusning iqtisodiy g‘oyalari.

Angliyada klassik maktabni boshqacharoq izohlovchilar orasida Jeyms Mill (1773-1836) muhim o'rin egallaydi. Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks, - mana shu kimsadan boshlanadi. J.Mill qiymat, ish haqi va foydani oʻziga xos yoʻl bilan talqin etdi. U ishchilarning ish haqini oshirish yoʻlidagi iqtisodiy kurashi oʻrinsizligini asoslamoqchi bo'ladi. J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi Oʻrtasidagi qaramaqarshilikni rad etib, yer rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning renta toʻgʻrisidagi nazariyasini davom ettirib, yer rentasining davlat tomonidan qo'shib olinishi, ya'ni yerni milliylashtirish (natsionalizatsiya)ni talab qilib chiqdi.


J.Mill oʻzining «Siyosiy iqtisod elementlari» (1821) asarida qiymatning mehnat nazariyasiga butunlay qarshi chiqdi va qiymatning manbayi sifatida faqat jonli mehnatni emas, ishlab chiqarish vositalarida mavjud boʻlgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bunga asoslanib, kapitalistlar va yollanma ishchilar o'rtasidagi ekspluatatsiya inkor qilinib, ularni «teng tovar egalari» sifatida qabul qilishni taklif etdi, bu esa ishlab chiqarilgan mahsulotning o'ziga tegishli foyda ulushini olishining toʻgʻri ekanligini isbotlashga asos bo'ldi. Ingliz Jon Stuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so'nggi nomoyandalaridan biridir. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham iqtisodchi bo'lgan va oʻgʻlining tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullangan, oqibatda yoshligidayoq uning dastlabki tadqiqotlari e'lon qilindi. Ammo 1848-yilda bosib chiqarilgan «Siyosiy iqtisod asoslari» (5 jilddan iborat) kitobi unga shuhrat keltirdi. Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan bogʻlangan edi (1858-yilda yopilgan). 1865-1868-yillarda parlament a'zosi boʻlgan. Soʻnggi yillarda Fransiyaning Avinon shahrida yashab, ijod etdi. D.Rikardo gʻoyalariga yaqin turadi va birinchi o'ringa «ishlab chiqarish qonunlari»ni qoʻyadi, bu masalani «Taqsimot qonunlari»ga qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy rivojlanishda «Qishloq xoʻjaligi imkoniyatlari bilan hisoblashmaslik mumkin emas deb hisoblaydi. Tadqiqot usulida pulning «neytrallik» konsepsiyasiga amal qiladi, ammo pulning miqdoriy nazariyasini ham qoʻllaydi. Boylik toʻgʻrisida ancha sodda fikrda boʻlib, bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan narsalarning summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida ishlab chiqarish qonunlarini taqsimot qonunlariga qarshi qoʻyish xarakterlidir. Birinchisi oʻzgarmas boʻlib, texnik sharoitlar bilan belgilanadi, bu «fizik haqiqatlar» kabidir, u «tabiiy fanlar xususiyatlari» xarakteriga ega, unda inson irodasiga bogʻliq hech narsa yoʻq.
Ikkinchisi esa, uni «inson intuitsiyasi» boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlarning fikri va xohishiga bogʻliq bo'lib, nihoyatda turlichadir. «Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari» taqsimot qonunlariga bevosita ta'sir etadi va «jamiyatdagi asosiy uch sinflar» oʻrtasida daromadlar taqsimoti mulkning shaxslar oʻrtasidagi taqsimotini belgilab beradi. Insoniy qarorlarning taqsimot qonunlari shakllanishidagi ahamiyatidan kelib chiqib, J.S.Mill jamiyatni ijtimoiy jihatdan isloh qilish bo'yicha oʻz takliflarini ishlab chiqadi.Olimning tadqiqotlariga «statika» va <> tushunchalari kiritiladi. Avvalgi olimlar tomonidan jamiyatning «statsionar va oʻzgarmas» iqtisodiy qonunlari oʻrganilgan bo'lsa, endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo'shish kerakligi aytiladi. Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste'mol qiymatlari», qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda oʻsishi mumkin emas degan qisqacha xulosalar chiqariladi, chunki qiymat nisbiy tushunchadir. Qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi. Pul toʻgʻrisidagi g'oyasida miqdoriy masala birinchi oʻringa qo‘yiladi, ya'ni pulning koʻpayishi yoki kamayishi tovarlarning nisbiy bahosi oʻzgarishiga ta'sir etadi. Boshqa sharoitlar teng boʻlganda «pulning qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir», pulning har qanday kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada unin qadrini oshiradi. Pulning neytralligi to'g'risida fikr yuritilib, pul vaqtni va mehnatni iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi.
Boylik, moddiy ne'matlar faqat unumli mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki, mulkni qo'riqlash, malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli deb hisoblanishi kerak. Unumli mehnat, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini ko'paytirishga olib kelsa, unumli iste'molga ega boʻladi. Aholining iqtisodiyotdagi oʻrni toʻgʻrisida so'z yuritilib, Angliyada 1821-yildan keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish sur'atlari aholi o'sishidan yuqori boʻlmagan. Aholi sonini kamaytirish boʻyicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tugʻilishni kamaytirish). Bu masalada Mill Maltus bilan hamfikrdir. Kapital deganda avvalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar zaxiralari tushuniladi. Kapital jamg'arish investitsiy uchun asos hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi. Daromadlar borasida avvalgi olimlar fikri qoʻllanadi, uni mehnatga haq deb qaraladi va ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifga bogʻliq deyiladi. Minimal ish haqi g'oyasiga amal qilib, «ishchi fondi» doktrinasi ilgari suriladi, unga koʻra, sinfiy kurash ham, kasaba qoʻmitalari ham ish haqini yashash minimumi darajasida saqlashning oldini ola olmaydi. Ammo 1869-yil bu doktrina gʻoyasi inkor etiladi va kasaba qoʻmitalari, haqiqatan ham, ish haqiga ta'sir etadi, bu «mehnat bozoridagi raqobat oqibatlari» kabidir. T.R. Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug'ildi, 1788 yil Kembrij universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilohiyot fanidan ilmiy darajaga ega boʻldi. 1807-yildan boshlab «OstInd» kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar o'qidi.
Uning asosiy asarlari «Aholi nufusi qonun toʻgʻrisidagi tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va oʻsishi toʻgʻrisidagi tajriba» (1815), «Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1820-yilda yozilgan va avvalgi kitob qayta ishlanib, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar D.Rikardoning «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan boʻlib, nazariy metodologik jihatdan undan farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalistfabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo'yilsa, ularning ikkalasini qo'llab-quvvatladi, hukmron sinflarni oqladi, ommaning ochyalang'ochligi va og'ir ahvolida ularning hech qanday aybi yo'qligini isbotlamoqchi bo'ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish kerakligini xayoliga ham keltirmadi, buni oʻziga xos utopiya deb hisobladi. Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiygina tushuntirishga harakat qildi. Tadqiqot predmeti sifatida, avvalo, ishlab chiqaris sohasini rivojlantirish yo'li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko'paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o'sish muammosini aholining o'sishi bilan bogʻlashga harakat qilingan.
Avvalgi tadqiqotlarda aholi o'sishi o'z-oʻzidan milliy xo'jalik rivojiga olib kelishi (va aksincha) masalasi qo'yilgan boʻlsa, bu olim muammoga o'ziga xos ravishda yondashadi. Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda, iqtisodiy o'sish sur'atlari bilan aholi soni oʻrtasida oʻzaro aloqadorlikni ilmiy jihatdan isbotlashga urunishining oʻziga xos yo'llari mavjuddir. Jahonga ma'lum boʻlgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, undan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin. Yashash minimumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o'sish soni oʻrtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi.


XULOSA
XX asrda vujudga kelgan va avvalgilaridan ko‘ra ko‘p sohalarda farq qiladigan iqtisodiy bilimlar xozirgi zamon nazariyalari xisoblanadi. Ularning muxim
xususiyatlari shuki, xayot tajribasi asosida muxim yangi xulosalar va yangi takliflar yuzaga keldi. Masalan, o‘z davrida faqat sof xoldagi tadqiqotlar xaqidagina gap borgan bo‘lsa (erkin bozorda davlat roli deyarli yo‘q, buyruqbozlik iqtisodiyotida ishlab chiqarish va istemol bo‘yicha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi), endilikda odatda "Aralash iqtisodiyot" to‘g‘risida gap boradi va bozor munosabatlari saqlangan xolda davlat ham xo‘jalikka turli yo‘llar va sabablarga ko‘ra aralashadi. Endigi nazariy xulosalar xayotga tobora yaqinlashib bormoqda. Xozirgi zamon iqtisodiy bilimlarida uch asosiy yo‘nalish (yangi klassik, keynschilik va institutsional) yaqqol ko‘zga tashlanadi. Institutsionalizmda sub’ektiv omillar, jamiyat tashqilotlari, oila, xuquq, psixologiya va davlat tashqilotlari roli xal qiluvchi qilib ko‘rsatiladi. Keyns ta’limotida davlat roli kuchayadi,aralash iqtisodiyot tan olinadi, investitsiya roli to‘g‘ri xal etiladi. Neoklassik yo‘nalish avvlgidek iqtisodiyotga davlatning aralashuvini cheklash tarafdori, ammo ijtimoiy yo‘naltirilgan bozorni (Oyken, Relke, Ryustov) qo‘llaydi. M.Fridmen iqtisodiyotda pulning roliga yetakchi o‘rin beradi (Monetar siyosat).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Www. Ziyo. Uz
Www. Wikipedia. Uz
Www. Google. Com
Iqtisodiy bilmlar tarixi Toshkent-2007

Jizzax - 2022

Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish