OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI 2-V FIZIKA GURUH TALABASI
ORTIQOVA ASALXONNING
FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
“ 10-11-SINF DARSLIKLARIDAGI MASALALARNI YECHISH METODIKASI” MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
QABUL QILDI: AYTIMBETOV N
BAJARDI: ORTIQOVA A
NUKUS _2022
MUNDARIJA:
I. KIRISH 3
II. ASOSIY QISM
2.1. Fizika masalalari ta’lim-tarbiya vositasi sifatida va uning o’quv jarayonidagi o’rni 9
2.2. Masalalarning turlari va ularni yechish usullari.Masala yechish uslubi (algoritmi).. 15
2.3. Masalalarni yechishda bir qancha ko’rgazmali qurol va metodlardan foydalanish 19
III. XULOSA 24
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 25
KIRISH
Kadrlar tayyorlash miliy dasturi Ozbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tuzilgan bo’lib,u mazkur qonunni joriy etishni ,o’quv yurtlarini attestatsiyadan o’tkazishni, uzluksiz ta’lim tizimini barpo etishning yangi bosqichlarini, yangi o’quv rejalarini,dasturlarini, darsliklarni yaratishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va ularni amalga oshirish muddatlarini belgilab berdi. Dasturda uzliksiz ta’limni amalga oshirishda dars berishga yaroqli o’qituvchilarni tayyorlashga ham katta ahamiyat berilgan. Hozirgi paytda o’qituvchilarni qayta tayyorlash markazlari tashkil qilingan bo’lib,ular faol ishlamoqda.
Oliy o’quv yurtlarini bitirib chiqqan talabalar ham o’rta umumta’lim maktablarida ,kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda hozirgi zamon talabiga javob beradigan o’qituvchilar bo’lib ishlashlari lozim.Talabalarni va magistrlarni hozirgi Davlat standarti talablariga javob bera oladigan o’qituvchilar qilib yetkazish oliy o’quv yurtlari oldida turga murakkab masalalardan biridir.Bu borada Oliy o’quv yurtlari faol ish olib bormoqda.Lekin talabalr uchun o’quv qo’llanmalari yetarli emas.Universitet va pedagogika institutlarining fizika bo’limida o’qiyotgan talabalar uchun fizika o’qitish uslubidan o’quv qo’llanmalari juda kam bo’lib,ular hozirgi talablarga javob bermaydi [2]. Mustaqillikka qadar fizika o’qitish uslubi asoslarini (umumiy masalalarini) yoritib beruvchi o’zbek tilidagi mukammal o’quv qo’llanmasi bu V.G.Razumovskiy, F.Toshmuhamedov tomonidan tarjima qilinib, “O’qituvchi” nashriyotida choq etilgan qo’llanmadir. Qo’llanma hozirgi kun talabi va mustaqillik g’oyalari talablariga javob bermaydi. Bundan tashqari bu qo’llanmadagi qator mavzular qadrlar tayyorlashning milliy modeliga mos kelmaydi. Shularni hisobga olib o’rta maktabda fizika o’qitish uslublarini yangi talablar asosida bayon qilish ushbu qo’llanmaning asosiy maqsadi qilib qo’yildi. Bularda tashqari qo’llanmada o’qitishning zamonaviy uslublari va o’qitish jarayoniga yangi pedogogik texnologiyani tadbiq etish, kompyuterlardan foydalanish va boshqa uslublar haqida to’xtalib o’tilgan. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin uning kelajagi bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash ,unga bilim berish masalasiga alohiga ahamiyat berila boshladi. Shu sababdan istiqlolning birinchi kunlaridanoq, ma’naviyatimizni tiklash , uni yanada yuksaltirish, zamonaviy talablar bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va talablari darajasiga chiqarishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Bular ichidagi eng muhim qadamlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonundir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish va kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. U har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan. Asosiy masala zamon talab qilayotgan butunlay yangi tarkibdagi va yagona uslubdagi o’rta umumta’lim, o’rta maxsus ta’lim va oliy o’quv yurtlari islohotini o’tkazishdan iboratdir. Shu sababli ham Oliy Majlisning IX sessiyasida “Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi” qabul qilinib ,unda ta’limsohasida tub o’zgarishlar qilish vazifalari qo’yildi.
Dasturning maqsadi , ta’lim sohasini tubdan isloh qilish , uni o’tmish kamchiliklaridan holi qilish ,rivojlanga demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma’naviyatli , axloqli, yuqori malakali qadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy masalalarni hal etish nazarda tutiladi: 1. Ta’lim tizimini ko’rsatilgan talablar asosida isloh qilish. 2. Ta’lim va kadrlar tayyorlashni rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishiga moslash. 3. Ta’lim tizimini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash , ularni ijtimoiy maqomini ko’rsatish. 4. Tayyorlash tizimini mamlakatning turli sohalari bo’yicha taraqqiyot darajasi talabi asosida qayta qurish. 5. Ta’lim oluvchilarni tarbiyalshning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish, ta’lim va kadrlar tayyorlash muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va baholash, zamonga moslashtirish, tegishli mezonlar ishlab chiqish , ta’lim sohasini rivojlantirishda budjetdan tashqari mablag’, chet el investitsiyasini kiritish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Islohotlarni hayotga tadbiq etishni bosqichma bosqich amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Dasturda kadrlar tayyorlashning milliy modeli batafsil yoritilib unda shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, uni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari hamda isloh qilish yo’nalishlari bilan bir qatorda uzluksiz ta’lim tizimi va uning turlari bayon qilingan. Ular: maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtlaridan keying ta’lim, kadrlar malkasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim. Fizika ta’limi jarayonini davrlarga ajratish, ulami atroflicha tahlil qilishning qator afzalliklari bor: fizika ta’limini davrlarga ajratish o'quvchilarning o'quv faoliyatlarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishni osonlashtiradi, fizika ta’limi amal qiladigan qonuniyatlami belgilash hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Har bir davrga mos maqsad, vosita, natijalarni qayd etish fizikaviy ta’limining optimal amal qilishi uchun shart - sharoit yaratishga olib keladi. Xocp, shunday ekan, fanda, tegishli adabiyotlarda ta’limning davriyligi qay darajada o'rganilgan? Rus olimi M.A.Danilov «ta’lim jarayoni logikasi», «ta’lim jaravonining harakati antiruvchi kuch lari», «ta’lim jarayoni zvenolari» kabi qator atamalarni fanga olib kirgan edi. Uning yozishicha, «ta’lim jarayoni logikasi o‘quv predmeti mazmuni va uni o‘zlashtirish psixologiyasining o'zaro qo‘shilib ketishidan iborat». Ta’lim jarayonida o`quvchilar oldiga qo‘yiladigan topshiriq, muammo, mustaqil ish, intellektual va amaliy ishlar o‘zining murakkabligi, qiyinligi bilan o‘quvchilar ongida bilish ziddiyatlarini keltirib chiqaradi. Qiyinchiliklami sezish, ulami bartaraf etishga intilish ofcquvchilami mustaqil fikrlash, ijod qilish, tafakkur va xotiraga zo'r berib aqliy va amaliy muammolarni yechishga yetaklaydi. Ta’lim jarayonidagi ziddiyatlar ta’lim rivojining harakat lantiruvchi kuchidir [1]. Keyingi yillarda respublikamizda pedagogik texnoiogiya muammolariga oid qator ilmiy anjumanlar o`tkazilib, maqola va risolalar chop etildi. Garchand, ta’limning davriyligi pedagogik texnoiogiya muammolaridan biri bo`lsa-da, biz kuzatgan asarlarda ta’lim davrlari xususidagi fikrlar juda oz. Xususan, fizika ta’limi davrlariga bag`ishlangan tadqiqot yoki adabiyot mavjud emas. Barcha mehnat jarayonlari sikllarga ajratilgan. Sikllari ajratilgan jarayonlarda mehnat ilmiy asosda boshqariladi, ishlab chiqarish uzluksiz, konveyer shaklida takrorlanadi. Har bir takrorlanishning oxirida moddiy ne’matlar qabul qilingan etalon darajasida ishlab chiqariladi. Ta’lim jarayonida ham, shubhasiz, shunday imkoniyatlar mavjud. Ushbu o`quv qo'llanmada ta’lim sikllarini ajratishda o `quv maqsadlari asosiy mezon sifatida belgilanadi. O’qish va o`qitish faoliyatlarining o’zaro aloqaga kirishuvidan fizika ta’limining davriy harakati boshlanishi, davrdan-davrga o`tgan sari o `quvchilar bilimining takomillasha borishi, fizikaviy ta’lim davrlarini o'quv-tarbiya jarayonini ijodiy tashkil etish muammosi bilan daxldorlikda o`rganish zarurligi qayd etiladi. Pedagogik texnoiogiya g‘oyalarini respublikamiz sharoitida ishlab chiqishda l.Ismoilov, M.Mamadazimov, B.M.Mirzahmedov, E.N.Nazirov, Yu.PoMatov, D.Shodiyev, Yu.Mahmudov, E.Turdiqulov, K.Tursunmetov kabi usuliyatshunos, fizik olimlaming katta xizmatlari mavjud. Fizika ta’limi jarayoni davriyligini nazariy va sinov-tajriba tariqasida o'rganish juda zarur didaktik hamda metodik muammo bo`lsa-da, haligacha alohida tadqiqot predmeti sifatida o’rganilgan emas. Bu ta’lim davriyligining o‘ta murakkab va shu bilan birga, qiyin, keng qamrovli muammo ekanligi bilan izohlanadi. O’zbek maktablarining hozirgi taraqqiyot bosqichida umumiy o`rta ta’lim, litsey va kollej o'qituvchilari fizika ta’limining davriyligi qonuniyatiga, ta’lim davrlari xususidagi bilimlarga ehtiyoj sezishmoqda. Mazkur o'quv qo‘llanma fizikadan ta’lim jarayoni mohiyatini tahlil qilish, uning qobigida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish, ularni ishga tushirish uchun fizikadan ta’lim jarayoni davriyligi, ta’lim davrlarini o‘rganish, talimni davrlarga ajratish mezonlari – o’lchovlarini aniqlash, ta’limning daviiy harakatini nazariy va amaliy jihatdan asoslashga xm nat qiladi. Agar fizika ta’limi jarayonini sistemali tahlil qilish yo‘li bilan ilmiy asoslangan o'lchovlarga rioya qilib ta’lim davrlari ajratilsa, o'quv-tarbiya jarayonining modul xarakterini olishi ta’minlanadi, samaradorligi oshadi, o'quv mavzularini to`liq o'zlashtirish imkoniyatlari kengayadi. O’quv qo`llanmada fizika ta’limi jarayoni fizika ta’limining davriy harakati sifatida qaralib, asosiy maqsad fizika taTimining davriylik qonuniyati va unga muvofiq fizika ta’limi davrlarini asoslashdan iborat. O'quv qo‘llanmada nazariy va amaliy isbotni taqozo qiladigan ilmiy taraz, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadiga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari hal qilinadi: - fizika ta’limiga oid didaktik va metodik adabiyotlami o’rganish fizika ta’limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning hozirgi amaliyotini tahlil qilish; - ilg‘or pedagogik g'oyalarni umumlashtirish, pedagogik amaliyot qobig'ida yashirinib yotgan imkoniyatlami aniqlash; - fizika ta’limi davrlarini ajratish mezonlarini tanlash va ularga rioya qilib ta’lim davrlarini asoslash; - fizika ta’limi davrlarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish tamoyillari, vositalari, tashkiliy shakllarini tavsiflash; - fizika ta’limining davriy harakatini pedagogik tajribada o'rganish va nazariy asoslarini bayon qilish; - fizika ta’limini davriy o'tkazishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning dolzarbligi: Fizika tabiat hodisalarni tajriba yo’li bilan o’rganadigan eksprimentlar fandir. Hozirgi kunda namoyish tajribalaridan muammoli vaziyatlarida foydalanish dolzarb masala bo’lib, uning hal qilishini umumta’lim maktablari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarida fizika fanini o’qitishni zamon va jamiyat talablari darajasida amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Birinchi navbatda tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish, ta’limning zamonaviy uslublari bilan qurollantirish muhim va paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalalardan biridir.Tarbiyachi mustahkam fan asoslarini o’rganishdan tashqari ularni o’quvchilarga yetkazish yo’llari, zamonaviy pedogogik texnologiya bilanqurollanishi zarur. Shu nuqtai nazardan turli fanlarni o’qitish uslublarini ishlab chiqish va ular bilan o’qituvchilarni qurollantirish zarur omillaridan biridir. Fizika o’qituvchisi fan asoslarini o’rganish bilan bir qatorda uni maktab va turli o’quv yurtlarida o’qitish uslublarini o’rganishlari ham zarur. Shuning uchun ham biz engavvalo o’qitish uslubining pedogogik fan ekanligini va uning maqsad, vazifalarini ko’rib chiqishimiz zarur. Fizika o’qitish uslublari pedogogik fanlarning biri bo’lib, u fizika va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida kelib chiqdi. Hamma uslublar didaktikaning umumiy o’qitish nazariyasiga asoslanadi. Shuning uchun ularni xususiy didaktika deb yuritiladi ( fizika o’qitish uslublari, kimyo o’qitish uslubi va h.k). Fizika fani ahamiyatining ortib borishi pedogogik fanlar sistemasida fizika o’qitish uslublarini yuqori pog’analarga ko’taradi. Fizika o’qitish uslubi predmeti fizika asoslarini o’qitish nazariyasi va amaliyotdan iboratdir. Fizika o’qitish jarayonida uchta bosh funksiya amalga oshiriladi: 1) ta’lim; 2) tarbiya; 3) rivojlanish;
Ta’lim funksiyasi bosh va belgilovchi funksiya bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida o’quvchilar fizika asoslarini o’rganadilar, olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash malakasi va ko’nikmasini qiladilar.
Tarbiya funksiyasi o’qitishga kompleks yondoshishning ajralmas qismi bo’lib, uning fizika o’qitishdagi asosi siyosiy-g’oyaviy, mehnat va ahloqiy tarbiyalarning birligidan iboratdir. Rivojlanish funksiyasi o’quvchidan bilish imkoniyatlarini rivojlantirish va mustaqil bilim olishga o’rgatishni nazarda tutadi [6].
Do'stlaringiz bilan baham: |