Qabul qildi: aytimbetov n bajardi: ortiqova a


Fizika masalalari ta’lim-tarbiya vositasi sifatida va uning o’quv jarayonidagi o’rni



Download 217,24 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2023
Hajmi217,24 Kb.
#898524
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ortiqova Asalxon 2-V fizikaa

2.1. Fizika masalalari ta’lim-tarbiya vositasi sifatida va uning o’quv jarayonidagi o’rni
Fizika o’qitishda masala yechish muhim ahamiyatga ega. Masala yechish – fizika o’qitish jarayonining ajralmas qismi bo’lib, u fizik tushunchalarni shakllantirishga katta hissa qo’shadi, fizik fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qo’llash malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish quyidagi hollarda keng qo’llaniladi: a) yangi axborotlar berishda ; b) muammoli vaziyat hosil qilish va o’quvchilarga muammo qo’yishda; d) amaliy malaka va ko’nikmani shakllantirishda; e) o’quvchilar bilimining mustahkamligi chuqurligini sinashda; f) materialni mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda; g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik ta’lim berishda; h) o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda; Masala yechish orqali o’quvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil mulohaza yuritishi, o’qishga qiziqishi va hulqi, qo’yilgan maqsadga erishishdagi qat’iyligi tarbiyalanadi. Fizikadan masala yechish o’quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ularni olimlarning ishlari, fan va texnikaning yutuqlari bilan tanishtirib boradi. Masala yechish ko’p hollarda fizika darslarining tarkibiy qismi bo’lib keladi. O’qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustahkamlashda, o’tilganlarni takrorlashda, o’quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab ko’rishda masala yechishdan foydalanadi. Fizikaga qiziquvchi o’quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular olimpiadaga tayyorlanadi. Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o’z ichiga olgan masalalar tanlanadi. Masala yechish - olingan nazariy bilimni amaliyotga qo’llashdir. Bu esa o’quvchilarning fizik tafakkurini (fikrlashini ) rivojlantirishda, jumladan hodisalarni tahlil qilishda, ular haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishda, o’xshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir. XXI asr bo’sag’asida kompyuterlashtirish yuqori cho’qqilarni egallagan bir vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali o’qitishni davr talab qilmoqda. O’quv jarayoniga kompyuterlashtirish katta jadallik bilan kirib kelmoqda. Kompyuter dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni namoyish qilish mumkin. Kompyuterdan bilim berishda, olgan bilimlarni nazorat qilishda, fizikadan masalalar yechishda va laboratoriyada keng foydalanish mumkin. An’anaviy laboratoriya sharoitida yuqori aniqlikda natija beruvchi qurilmalar bo’lmaganligi uchun, fizik tajriba va effektlar og’zaki tushintiriladi, ularni namoyish qilish ozgina qiyinroq kechadi. Faqat zamonaviy kompyuterlar orqaligina bunday jarayonlarni kuzatish mumkin. Turli xil fizik qonuniyatlarni o’ragatuvchi, parametrlar o’rtasidagi bog’lanishni o’rnatuvchi, grafiklarni chizuvchi, fizik jarayonlarning tabiatda ro’y berishiga yaqin tarzda amalga oshiruvchi dasturlari keyingi vaqtda ko’plab tuzilmoqda. Bunday dasturlardan fizika fanini o’qitishda ham foydalanib kelinmoqda. Umumiy fizika kursi materiali hajm jihatdan katta. Bu materialning bo’limlari bo’yicha o’qitishda kompyuterdan foydalanish afzalroq bo’lgan materialni tanlab olish lozim. Masalan: fizikaning “ atom va yadro fizikasi” bo’limining o’zidagina o’lchovi angstrem tarkibida atom va elementar zarralar o’rtasidagi jarayonlarni, tajribalarni an’anaviy laboratoriya sharoitida kuzatib bo’lmaydi. Chunki odamning ko’rish qobiliyati 10-8 cm o’lchovdagi nozik majmuani ko’rishga qodir emas. Vaholanki, bu jarayonlarni kompyuterda multiplikatsiya tarzida kuzatish mumkin. Keyingi vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun “elektron darslik” lardan foydalanish keng qo’llanilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi foydalanishyapti. Bu talaba uchun ham, o’qituvchi uchun ham juda qulay bo’lib, xohlagan mavzuni kompyuter orqali o’rganib, kerakli savollarga javoblar ham olishi mumkin. Bu “elektron darslik” larningeng qulay tomoni olisdan turib boshqarishga imkon beradi [1]. Fizikadan masalalar yechish texnologiyasi fanini o’qitishdan maqsad - fizik masalalarning turlari, yechish metodi, masala yechish darslarini tashkil etish, masala yechishning tarbiyaviy ahamiyati kabi muammolarga tegishli alohida mavzular kiritilgan bo’lib, mashg’ulotlarni o’tishda masalalar yechish metodikasiga alohida e’tibor qaratilishi nazarda tutiladi. Bo’lajak fizika o’qituvchisi nazariy bilimga ega bo’lishi bilan birga o’qitish metodikasini ham puxta egallagan bo’lishi zarur, jumladan masalalar yechish metodikasini ham yetarli darajada o’zlashtirgan bo’lishi talab etiladi. Har bir fizika o’qituvchisi fizik masalalar yechish metodikasini mukammal bilganidagina o’z o’quvchilariga fizika faniga bo’lgan qiziqishni shakllantira oladi va ularga chuqur bilim bera oladi. Ma’lumki, fizika o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga o’quvchilar qobiliyatlarini rivojlantitish, o’quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi. Fizikadan masalalar yechish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qo’llanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko’pgina fizik o’lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsplari bilan tanishadilar, ular bilan ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. Shuningdek, masalalar o’quvchilarda mehnatsevarlik, jur’atlilik, iroda va xarakterni tarbiyalaydi. Ko’pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko’ra, mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo’yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir [2].
Yechish usullariga ko’ra masalalar: sifat, eksperimental, grafik va ijodiy masalalarga bo’linadi. Bunday bo’linish ham shartlidir, chunki eksperimental masalalarni yechishda ham og’zaki mulohazalardan ham, grafikdan ham, hisoblash ishlaridan ham foydalanamiz. Biroq bu masalalarning har biri mazmun va murakkablik jihatidan xilma-xildir. Bu masalalarning yechimlari aniq bir maqsadga qaratilgan bo’lib, yechilish usullariga ega. Bu masalalarning har bir turlari uchun alohida adabiyotlar mavjud. Shunday bo’lsada, bu masalalar ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Sifat masalalar: Fizik qonunlarga, fizik formulalarga tayangan holda, mantiqiy fikrlash orqali hal qilinadigan masalalar sifat masalalar deyiladi. Bunday tipdagi masalalarda arifmetik hisoblash ishlari bajarilmaydi.Sifat masalalarning metodik afzalliklari ko’pdir. Fizik qonunlarga asoslangan, mantiqiy xulosalar chiqarishdan iborat bo’lgan bu masalalarni yechish metodi, fikrlashning ajoyib maktabi bo’lib xizmat qiladi. Sifat masalalar o’quvchilarga fizik hodisalar va ularning qonuniyatlarini aniq tushuntirib beradi, nazariy bilimlarni amalda qo’llashga o’rgatadi, hisoblash masalalariga nisbatan to’g’ri munosabatni tarbiyalaydi, har qanday masalani yechishni, uning fizik mazmunini tahlil qilishdan boshlashga o’rgatadi. Eksperimental masalalar: Nazariyani amaliyot bilan bog’lashning eng samarali usullaridan biri eksperimental masalalar yechishdir. Eksperimental masalalarning xarakterli xususiyati shundaki, ularni yechishda laboratoriya yoki demonstratsion eksperimentlardan foydalaniladi. Eksperimental masalalarni yechish jarayonida o’quvchilarning faolligi va mustaqilligi oshadi. Chunki ular masala yechish uchun kerakli ma’lumotlarni darslikdan, masalalar to’plamidan tayyor holda olmasdan, balki o’zlari bajaradigan fizik o’lchashlardan oladilar. Eksperimental masalalarning yana bir afzalligi shundaki, bu masalalarni yetarlicha fikrlamasdan turib yechib bo’lmaydi. Ya’ni tajribada sodir bo’ladigan hodisalarni o’quvchilar keng muhokama qilib olishlari kerak. Chunki eksperimental masalalarda, laboratoriya ishlaridek nazariya berilmaydi, ishni bajarish tartibi ko’rsatilmaydi. Kerakli asbob-uskunalar, materiallar berilib, topilishi kerak bo’lgan ma’lumot so’ralishi bilan kifoyalanadi. Yuqorida aytganimizdek o’quvchilar qator fikr va mulohazalardan, eksperimentda qanday fizik hodisa yotganini, qanday fizik qonun ifodalanayotganini bilib oladilar. Va nihoyat, eksperimental masalada topilishi kerak bo’lgan fizik kattalik uchun oxirgi ifodani keltirib chiqaradilar. Oxirgiifodani tahlil qilib, masalani yechish uchun kerakli kattaliklarni bevosita o’lchash yo’li bilan oladilar. Grafik masalalar: Grafik masalalarning umumta’lim va politexnik ahamiyati kattadir. Grafikmasalalarni yechish jarayonida o’quvchilar fizika fani asoslarini chuqur o’zlashtiradilar. Darsda grafik masalalarni yechish jarayonida hamda uy vazifalarini mustaqil bajarish jarayonida o’quvchilar fizika va matematika fanlarining o’zaro bog’liqliklarini amalda ko’radilar. Grafik masalalar ham, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Fizika kursining barcha bo’limlarida amaliy ahamiyatga ega bo’lgan grafik masalalar bor. Eng sodda holda ikkita fizik kattaliklarning (P,V; P,T; V,T) bog’lanish grafiklaridan iborat bo’lgan masalalar grafik masalalar deyiladi. Grafik ba’zi hollarda masalaning shartida beriladi, ba’zi hollarda grafiklarni masala shartiga tayanib olingan natijalar asosida yasash kerak bo’ladi.Grafik masalalarni yechishning algoritmi quyidagicha: fizik kattaliklar orasidagi bog’lanish grafigi berilgan bo’lsa, grafikni sinchkilab o’qib tushunib, alohida qismdagi bog’lanishning xarakterini o’rganish lozim. Chizmadagi masshtabdan foydalanib, grafikdan izlanayotgan kattaliklarning absissa va ordinata o’qlaridagi qiymatlarini topish kerak. Bog’lanish grafigi berilmagan hollarda masalaning shartiga yoki masaladan olingan natijaga ko’ra grafik yasaladi. Buning uchun koordinata o’qlari chiziladi, ularda har bir fizik kattalikka mos keluvchi ma’lum masshtablar tanlanadi, kerak bo’lsa jadvallar tuziladi, shundan keyin koordinata o’qlari joylashgan tekislikka tegishli absissa va ordinata o’qlariga qiymatlar yoziladi [3]. Masalan: Qattiq jism sovumoqda. Rasmda jism temperaturasining uning bergan issiqlik miqdori orasidagi bog’lanish grafigi tasvirlangan. Jismning solishtirma issiqlik sig’imi 500 J/(kg*K). Jism massasini toping?

1-rasm

Download 217,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish