Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet17/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

a) tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarda milliy ma’naviyat, ijtimoiy adolat tushunchalarigaq hurmat tuyg‘usini shakllantirish;
b) ta’limiy maqsad – o‘quvchilarni shoir she’rlari bilan tanishib, ularni tahlil qilishga o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad – o‘smirlarni yuksak insoniy qadriyatlar, ma’rifiy-axloq me’yorlariga hurmat hissini qaror toptirish.
O‘qituvchi Maxtumqulining o‘zbek xalqiga yaqinligi, ardoqliligi sababini izohlab berishi kerak. Birinchidan, u xuddi o‘zbek xalqi kabi turkiy elat vakili, ikkinchidan, oliy ta’lim tahsilini o‘zbek zaminida – Xiva va Buxoroda olgan. Qolaversa, uning ijodiy tafakkuri Navoiy, Bobur kabi o‘zbek xalqidan chiqqan daho ijodkorlar asarlari asosida shakllangan.
Hayoti to‘g‘risida qisqa ma’lumotlar berilgach, shoirning ijodiga xos umumiy chizgilar darslikda berilmagan she’rlari asosida sharhlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Negaki, bolalarga darslikda mavjud ma’lumotlarni qayta so‘zlab berish zerikarli bo‘lishi mumkin.
Ijodi to‘g‘risida gapirar ekan, o‘qituvchi shoirning ishqiy mavzudagi she’rlarining ilhom manbai borasida to‘xtalib o‘tishi mumkin. Boshqa shoirlardan farqli o‘laroq Maxtumquli she’rlaridagi ma’shuqa hayotiy asosga ega bo‘lgan obrazdir. Uning muhabbat tuyg‘ulariga limmo-lim she’rlarida go‘zal Mengli obrazi bot-bot e’tiborni tortadi. Bu esa shoir Mengli ismli hamqishlog‘ini sevganidan dalolat beradi:
Parda tortib yuzlarimga,
Pardoz berib so‘zlarimga,
Maxtumquli, ko‘zlarimga –
Yolg‘iz Menglixon ko‘rinur.
Lekin shoirga Menglixon bilan baxtli turmush qurish nasib etmaydi. Menglini badavlat kishiga katta qalin evaziga uzatishadi.
Maxtumquli she’riyatida Vatan qayg‘usi, bosqinchilarga nafrat, mag‘lubiyat alamzadaligi jo‘shqin kuylangan:

Qayg‘u g‘amda aziz umrim so‘ldirib,


Shum falak azobim roygon ayladi
Yozgan kitoblarim selga oldirib,
Ko‘zlarim yo‘lida giryon ayladi.
G‘aflatda u dushman oldi elimni,
Tarqatdi har yonga do‘st-u tengimni.
Besh yil bo‘yi yozgan kitob-she’rimni
Qizilboshlar olib, vayron ayladi.
Milliy birlikka erishish Maxtumquli badiiy tafakkurining markaziy g‘oyalaridandir. Shoir turkman urug‘larining yovga qarshi birlashishini, mustahkam davlat barpo bo‘lishini orzu etar edi:
Turkmanlar bog‘lasa bir bo‘lib belni,
Quritar Qulzumni, daryoyi Nilni.
Taka, yovmut, go‘klang, yazir, alili
Bir davlatga xizmat etsak beshimiz.
She’rdagi taka, yovmut, go‘klang, yazir, alili turman xalqining nifuzli urug‘lari nomlaridir. O‘qituvchi shu bandni o‘qib berib, bu she’r bilan o‘zbek shoiri Turdining “Tor ko‘ngullik beklar...” g‘azali o‘rtasida qanday o‘xshashlik borligi to‘g‘risida fikr yuritishni so‘rashi o‘rinli bo‘ladi. Ushbu ma’lumot va tahlillar o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishga yo‘l ochadi.
Maxtumquli she’riyatida ma’naviy-axloqiy mavzularning ustuvorligi, pand-nasihat keng o‘rin egallashi darslikka kiritilgan “Adolat yaxshi” she’ri misolida ko‘rib chiqiladi. She’r tahlili darslikdagi savol va topshiriqlar ustida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Tahlilga kirishishdan oldin sinfga she’r nomlanishidan kelib chiqib “Adolat deganda nimani tushunasiz?” savolini berish mumkin. Bu she’rda ifodalangan mazmun-mohiyat, she’r ruhiga kirish uchun o‘ziga xos bosqich bo‘ladi. O‘quvchilar adolat haqidagi tushunchalarini bayon etadilar. O‘zaro muhokama, umumlashmadan keyin she’r tahliliga tutiniladi.
Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang,
Faqir-u miskinga dalolat yaxshi.
Baxilga uchramang — kular yuz bo‘lmang,
Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.
Dastlabki misralarni tushunish uchun “dalolat” so‘zining ma’nosini aniqlab olish darkor. Kishi kimgadir yaxshilik qiladi, agar o‘zi qila olmasa boshqalarga aytib yaxshilikka undaydi. Uning bu xatti-harakati dalolat deyiladi. Odamlarga achchiq so‘z bo‘lmaslik bu ularga yaxshi muomalada bo‘lishlikdir. Savol qo‘yiladi: nima uchun achchiq so‘zlamaslik haqida gapira turib faqir-u miskinlarga dalolat qilish yaxshiligi aytilmoqda? Boisi shuki, ko‘p hollarda odamlar o‘zidan ojiz, kambag‘alroq kishilar dilini og‘ritishlari mumkin. Ular bunga o‘zlarining jismoniy baquvvatligi yoki mansabi yoxud boyligi tufayli jur’at qiladilar. Shoir ushbu holatni nazarda tutib: “Aslo odamlarga, ayniqsa, ojizlar, bechoralarga tilingiz bilan ozor bermang, ularga iliq munosabatda bo‘ling va boshqalarni ham shunga undab, dalolat qiling”, - deydi. Bu bilan shoirning o‘zi ham yaxshilikka da’vati bilan dalolat qilmoqda.
Baxil ikki xil bo‘ladi: birinchilari o‘zidagi ortiqcha narsani birovdan qizg‘anadi, ikkinchilari nafaqat molini, hatto boshqalarga shirin muomalasini ham ravo ko‘rmaydi. Ular yuqorida ko‘rilgan yaxshilikka dalolat qiluvchilarning ziddi bo‘lgan kimsalardir. Shoir bundaylarga uchramang, ya’ni yoniga ham bormang, agar yuzma-yuz bo‘lib qolsangiz, ularga kulib boqmang, ular bilan ko‘p ishingiz bitmasa ham mayli, ularsiz oz ish bitishi bilan kifoyalangani yaxshi, deydi.
Ana shunday dalolat masalasi ikkinchi bandda davom etadi. Uni sharhlash, tahlil qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Aksar hollarda hamkasblarimiz uchinchi band tahlilida biroz o‘ylanib qolayotganliklarini aytadilar. Shu bois unga e’tibor qaratamiz:
Yigit uldir, so‘zga aylasa amal,
Qo‘ldan kelmas ishga etmasa jadal,
Ollohning amriga qilmagil badal,
Bekka — saxo, shohga — adolat yaxshi.
Dastlabki misrada haqiqiy yigit kishining sifati berilmoqda: u so‘ziga amal qiladi. Bu yerda o‘quvchilar bilan so‘zga amal qilish nimaligini muhokama qilib olish o‘rinli bo‘ladi. Shunda keyingi misradagi “Qo‘ldan kelmas ishga etmasa jadal” fakri o‘z-o‘zidan tushunarli bo‘ladi. Uchinchi va to‘rtinchi misralar avvalgi ikkisiga bog‘lanmaganday tuyuladi. Shuning uchun oldiniga o‘quvchilar bilan Ollohning amri tushunchasi borasida fikr almashib olingani ma’qul. Ollohning amri nima? Amr – bu buyruq. Olloh insonlarni yaxshilik qilishga buyuradi, yomonlikdan qaytaradi.
Badal – bir narsani boshqasiga almashtirish, birining o‘rniga ikkinchisini tanlash. Demak, uchinchi misrada Ollohning amri bo‘lgan yaxshilik o‘rniga uning ziddi bo‘lgan yomonlikni qilmagin, deyilmoqda. Bu hukm ichiga so‘zga amal qil, also vafosizlik qilma; qo‘lingdan kelganini qil, uddasidan chiqolmas ishga jadal qilma ko‘rsatmalari ham kiradi. Mazkur fikrlar davom ettirilsa, bek uchun Ollohning amri bo‘lgan saxovat yaxshi, baxillik yomon; shohga adolat yaxshi, zulm yomon ma’nolari yuzaga chiqadi va bir qarashda o‘zaro bog‘lanmaganday ko‘ringan misralar mazmuniy butunlikni hosil qiladi.
To‘rtinchi band tahliliga g‘ariblik nima ekanligini oydinlashtirish bilan kirishiladi. G‘ariblikni qaysidir o‘quvchi kambag‘allik, yana biri kimsasizlik, kimdir vatandan judo bo‘lish deb va boshqalari o‘zgacha izohlashlari mumkin. Har kim o‘z qarashidan kelib chiqib keyingi “O‘ldirmas, hayotda lekin kuldirmas” misrasini izohlash talab qilinadi. Lekin inson har qancha g‘arib, bechora bo‘lmasin buni boshqalarga oshkor etmasligi kerak. Hatto it ham o‘jizligini dushmani bo‘riga bildirmaydi, negaki to‘rtinchi misrada aytilganidek “Albatta, dushmanga siyosat yaxshi”.
Oxirgi beshinchi bandda muallifning shukronalik tuyg‘usi ska etgan:
Maxtumquli, shukr, shirin til berdi,
Daraxtlar ko‘karib, samar, gul berdi,
Go‘ro‘g‘li Rayhonga qanday yolbordi?
Omonlik deganga diyonat yaxshi.
She’rning birinchi bandi achchiq so‘z bo‘lmaslikka chaqirish bilan boshlangan bo‘lsa, oxirgi bandda shirin til berganlikdan shukr bor. O‘quvchilardan “shirin til” iborasini qanday talqin qilishlarini so‘rash mumkin. Kimlardir uni shoirng xushmuomalalaigi deb tushunsa, boshqalari uning totli she’rlari tarzida izohlashi mumkin. Qaysi bir talqin olinsa ham bu shirin til (xushmuomalalik yoki dilbar bir she’riyat) xuddi daraxt ko‘karib yo samar (meva) bergandek, yo bahorda gullagani kabi kishiga bahra beradi. Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi deganlaridek, “Go‘ro‘g‘li” dostonida Go‘ro‘g‘lining Rayhon arabga yolborishlarini eslagin. Kishi yaxshilik bilan biror narsani so‘rasa, diyonat bilan uni ijobat qilish yaxshi. Ko‘rinadiki, ushbu tahlil bolalarning shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish hamda umummadaniy kompetentsiyalarini o‘stirishni ko‘zlaydi.
Biz yuqorida Maxtumqulining she’rini bandma-band tahlil qilish yuzasidan tavsiyalar berdik. O‘qituvchi undan foydalanib tahlilning boshqa shakllarini qo‘llashi ham mumkin. Deylik, darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlansa ham bo‘ladi. Faqat bunda o‘qituvchi ayrim savollarga javob chiqmay qolishi mumkinligidan kelib chiqib, qo‘shimcha yo‘naltiruvchi savollar tayyorlab qo‘yishi maqsadga muvofiq.
Shoirning hayot va o‘lim, inson va borliq, go‘zal insoniy fazilatlar va odob-axloqqa oid she’rlarida islom dini va tasavvufiy qarashlar yaqqol sezilib turadi. Maxtumqulining eng go‘zal she’rlarida Yaratganga bo‘lgan ilohiy ishq kechinmalari insonning maishiy istaklari bilan uyg‘un tarzda berilganligini kuzatish mumkin. O‘quvchilarda bu haqida tasavvur uyg‘otish maqsadida darslikda (garchi dasturga kiritilmagan bo‘lsa ham) mustaqil o‘qish uchun Maxtumquli lirikasining eng go‘zal namunasi bo‘lmish “Namasan” she’ri berildi. Ushbu she’r darslikdagi muxtasar sharh hamda savol va topshiriqlar asosida tahlil qilinishi lozim. Buni uy vazifasi sifatida berish mantiqliroq bo‘ladi. Shuningdek, uyda shoirning bu ikki she’rlaridan birini yod olishni topshirish mumkin.



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish