Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva


Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqllarini peshlab boribdilar



Download 0,81 Mb.
bet13/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqllarini peshlab boribdilar”.
Bu rivoyatlardan yo tanlab olinib, yoki yo‘li topilsa, hammasidan foydalanish mumkin. Lekin bu degani ulardan bir soatlik darsda qatorasiga foydalanish zarur degani emas. Aslo bunday qilmaslik kerak. Aks holda darsning jiddiyati yo‘qolib, shunchaki rivoyatlar yig‘indisiga o‘xshab qolishi mumkin.
Navoiyning hayot yo‘li, shaxsiy fazilatlari hamda mazkur rivoyatlar orqali o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi va boshqa layoqat belgilari shakllantiriladi. Xususan, darslikdagi “Nima deb o‘ylaysiz, yetuk inson va barkamol shaxs bo‘lib shakllanishingiz uchun Sizdan nima talab qilinadi?” tarzidagi 3-savol shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasini ko‘zlagan holda kiritilgan. Shuningdek, “Internetga kirib “O‘zbek adabiyoti” saytidan hamda maktab kutubxonasi yoki yashab turgan joyingizdagi axbarot-resurs markazi manbalaridan Navoiy bobomiz hayoti, faoliyatiga doir yanada ko‘proq ma’lumot olishga harakat qiling. Sinfdoshlaringiz bilan fikr va ma’lumotlar almashing” deb berilgan 5-topshiriq o‘quvchida ikkita - axborot bilan ishlash hamda kommunikativ kompetentsiyalarga yo‘naltirilgan. O‘quvchilarning hammasi ham internerga kirib kerakli saytlarni topa olmasligi mumkin. Shuning uchun bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarga yordam berish kerak bo‘ladi. Zaruratga ko‘ra informatika o‘qituvchisi bilan hamkorlik qilish o‘rinli bo‘ladi.
Kirish suhbatidan so‘ng o‘qituvchi darslikdagi ma’lumotlar asosida “Xamsa” asari, uning o‘ziga xos belgilari, unga qo‘yiladigan talablar, “Sab’ai sayyor” va uning g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lumot bergani ma’qul.
Navoiy ijodini turkiy adabiyotning yuksak cho‘qqisi deb ataydilar. Uning ana shunday e’tirofga sazovor bo‘lishi, shubhasiz, “Xamsa” asari bilan bog‘liqdir. “Xamsa” yozish uchun insonga ijodkorlik qobiliyatgina kifoya qilmaydi. Buning uchun, avvalo, Alloh taolo bergan yuksak salohiyat, ulkan iste’dod, keng qamrovli chuqur bilim, matonat va jasorat kabi fazilatlar egasi, bir so‘z bilan aytganda, daho shaxs bo‘lish kerak. Shuning uchun ham dunyo adabiyoti tarixida Sharqning to‘rt buyuk adibigagina mukammal “Xamsa” yozish nasib etdi. Xamsachilik an’anasini turkiy xalqlarning faxri bo‘lmish ozarbayjonlik Nizomiy Ganjaviy (XI asr) boshlab berdi. Uning “Xamsa”si 1173-1201-yillar oralig‘ida, ya’ni 28 yil davomida yaratilib, “Panj ganj” (besh xazina) nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Nizomiydan yuz yil keyin asli shahrisabzlik turkiy qabilalar avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy o‘z ”Xamsa”sini 1299-1301- yillarda yozib tugallagan. XV asrda esa birin-ketin Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning “Xamsa”lari dunyo yuzini ko‘rdi. Xo‘sh, “Xamsa” o‘zi nima? “Xamsa” yozishning ma’lum shartlari, qoidalari bormi? Darslikda bu haqda ma’lumotlar berilgan, o‘qituvchi shulardan foydalanib, darsni yo‘lga qo‘yadi.
O‘quvchilar “Xamsa” olamiga kiritib olingach, shu birinchi soatning o‘zida “Sab’ai sayyor” dostonidan olingan parcha o‘qib-o‘rganishga tutiniladi. E’tibor qilinsa, Navoiy ijodi uchun ajratilgan soatlarda mashg‘ulot materiallari anchagina katta hajmda. Agar o‘qituvchi mashg‘ulotning har bir daqiqasini hisobga olgan holda reja tuzib, konspekt ishlab chiqmasa, to‘rtala soatda ham dars materialini o‘tib tugatishga ulgurmaydi.
O‘quvchilarga mumtoz she’riy matnni tushunishni o‘rgatish uchun ularga quyidagicha dastlabki ma’lumotlarni berishni tavsiya etamiz. Bu ma’lumotlarni saboq vaqtida berish imkoni bo‘lmasa (ya’ni ulgurmay qolishdan xavotirlansangiz), qo‘shimcha dars qilib o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Mumtoz dostonlarda qo‘llangan so‘zlarning talay qismi arabcha va forscha bo‘lib, ayrimlari kundalik hayotda ishlatilmayotgani uchun bizga tushunarsiz. Ularning ma’nosini berilgan lug‘at yordamida bilib olish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari gap qurilishi, so‘zlarning bog‘lanish shakllari ham ba’zan arab, fors tillari qolipida bo‘ladi. Shuning uchun so‘zlar ma’nosini tushungan bilan misra, baytlar mazmunini chiqarishga har vaqt ham muvaffaq bo‘linmaydi. Buning uchun dostonni o‘rganish paytidagi tahlil jarayonida, avvalo, misra va baytning mazmunidan kelib chiqib, matnga muvofiq keladigan zarur so‘zlarni qo‘shib, uni kengaytirib olish, ikkinchidan, arab va fors tillarida aniqlovchi bilan aniqlanmishning bog‘lanish shakli bo‘lmish izofa haqida muayyan bilimga ega bo‘lish kerak. Masalan, jahon oyinasi, Andijon ahli.. kabi o‘zbekcha birikmalar o‘zaro izofa orqali bog‘langanlarida ularning o‘rni almashgan holda qo‘llanadi: oyinayi jahon, ahli Andijon. Bu birikmalardagi so‘zlarning o‘rni almashtirilib, o‘zbekcha tartibga keltirib olinsa, tahlil qilish sezilarli osonlashadi. Dostondan olingan parchaning birinchi qismidagi ikkinchi baytda “Sohili bahr o‘lub manozil anga” misrasi bor. Bu yerda “sohili bahr” birikmasi izofa bo‘lib, uni o‘zbekcha tartibga solsak, “bahr (dengiz) sohili” ko‘rinishini oladi va satr “Dengiz sohillari uning manzillari edi” tarzidagi tushunarli shaklga keladi. Ba’zan birin-ketin ikkita izofali bog‘lanib kelishi ham mumkin. Yuqoridagi baytdan keyingi ikkinchi qo‘shmisradagi “Axzi moli harom” birikmasini izofadan chiqarish uchun so‘zlarni teskari tarzda joylashtirib chiqsak, undan “Harom molni egallash” tarzidagi o‘zbekcha ifoda yuzaga keladi. Misradan esa “Harom molni egallash maqsadi bo‘lib” ma’nosi anglashiladi. Shu tariqa, mumtoz asar ma’nosini anglash, uning mohiyatiga yetib borish osonlashadi.
“Sab’ai sayyor” dostonidan olingan kattagina parcha – “Mehr va Suhayl” hikoyasini o‘rganish samaradorligini oshirish maqsadida dostonning o‘zida bo‘lmasa-da, o‘quvchiga tushunishni yengillatish uchun ushbu matn tasvirlar o‘zgarishi, voqealar almashinuviga qarab olti qismga bo‘lindi hamda ularning mazmuniga ko‘ra sarlavha berildi. Har ikki qism matnidan so‘ng ularning mazmuniga tegishli savol va topshiriqlar ishlangan. O‘qituvchi “Mehr va Suhayl” hikoyasining darslikda berilgan matnini soatlarga quyidagicha taqsimlasa, saboqlar samaradorligi ortgan bo‘lardi: II-III qismlarga bir soat (I qism biografik ma’lumotlar bilan birga dastlabki 1-soatda o‘rganilishi yuqorida aytildi), IV-V qismlarga ikki soat hamda oxirgi soat VI qismni o‘rgatishga bag‘ishlanadi.
I-III qismlardagi har bir bayt ostiga ularning tabdili berilgan:
I. Suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan zolim qaroqchi va uning makoni ta’rifi:
Bor ekandur Adanda javr fane,
Javr qilmoq fanida safshikane.



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish