Shaxsiy dastur. Unda har bir nomzodning samarali faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda, shu jumladan, xorijiy kompaniya va firmalarda hamda egallashi mo’ljallanayotgan lavozimda stajirovkadan o’tishlari ko’zda tutiladi.
4. Ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik. Nomzodlarning yangi lavozimiga ko’nikish jarayonini engillashtirish uchun boshqaruvning ular uchun yangi bo’lgan tizimiga jalb etiladilar hamda bu xodimlar o’zaro munosabat qoidalari, qaror qabul qilish texnologiyalari bilan batafsil tanishtiriladilar. Shu bilan birga nomzodlar yangi lavozimga tayinlangandan so’ng shu darajadagi mehnat jamoasi bilan tanishtiriladi. Bu o’rinda ko’pchilik nomzodlar uchun ular maqomining o’zgarishi (avval hamkasblari bo’lgan jamoaga rahbarlik qilish) jiddiy muammoga aylanadi. Shuning uchun yosh rahbarni ham, u boshqaradigan jamoani ham yangi o’zaro munosabatlarga ko’niktirish shakl-tamoyillarini oldindan puxta rejalashtirib qo’yish foydalidir.
Mehnat jamoasiga rahbarlik uchun chetdan jalb etilgan xodimni yangi vazifaga ko’niktirish yanada murakkabroqdir. Chunki ular nafaqat o’zi rahbarlik qiladigan jamoa bilan, balki korxona, uning tuzilishi, an’analari, o’ziga xos xususiyatlari va hokazolar bilan mutlaqo notanish bo’ladilar. Shuning uchun personalni boshqarish xizmatlarining zaxirani tayyorlash dasturi doirasida yangi lavozimga ko’niktirishning maxsus dasturlarini ham ishlab chiqish talab etiladi.
Qisqacha xulosalar
Kar’era — fransuzcha (carirere) dan tarjima qilinganda olg’a qarab muvaffaqiyatli siljish ma’nosini berib, bugungi kunda ijtimoiy, xizmat, ilmiy va faoliyatning boshqa turlarida mansab lavozimida muvaffaqiyatli o’sish sifati tushuniladi.
Kar’era xodim mehnati murakkabligi yoki ish o’rinlarining ijtimoiy pillapoyadagi o’rni o’zgarishiga ko’ra: kasb kar’erasi va korxona ichidagi kar’eraga bo’linadi.
Personal kar’erasini boshqarish korxonaning izchil menejmentga ichki ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash, personal o’zi erishishga qodir bo’lgan muayyan mas’uliyat darajasiga etishi uchun uni o’qitish hamda tajriba egallashini izchil ta’minlash, muayyan salohiyatga ega personalning bu salohiyatlarini muvaffaqiyatli ishga solishlari — intilishlari, iste’dodlari va qat’iyatliklarini hisobga olib, kar’erani rivojlantirishga imkoniyat yaratib berish kabi maqsadlarni ko’zlaydi.
Personalni lavozimda o’stirishni rivojlantirish tamoyillari yakkama-yakka ish olib borish, korxona va xodimning kar’erasini rivojlantirishdan manfaatdorligi, korxona rejalarida xodim kar’erasini rivojlantirishni moliyalashtirishni ko’zda tutishdan iborat.
Personal kar’erasini rivojlantirishni rejalashtirish — bu muayyan rahbar yoki mutaxassis uchun ularning mehnat faoliyati davomida xizmat vazifalari yoki lavozimni egallashlari ehtimol tutilayotgan tizimni ishlab chiqishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |