shuningdek, boshqa ishga o’tkazilganda mehnatga haqto’lash tartibi jamoa
shartnomasida belgilab qo’yilishi mumkin. Agar bunday shartnoma
tuzilmagan bo’lsa, — ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi
bilan kelishib belgilanadi.
Xodimlarning sog’ligi holatiga ko’ra vaqtincha engilroq yoki noqulay
ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish,
shuningdek, homilador ayollarni va ikki yoshga to’lmagan bolasi bor
ayollarni vaqtincha ana shunday ishga o’tkazish amaldagi qonunchilikda
ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinish munosabati bilan
xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o’tkazishga yo’l
qo’yiladi. Bunday holda xodim sog’ligiga to’g’ri
kelmaydigan boshqa
ishga o’tkazilishi mumkin emas.
Xodim vaqtincha boshqa ishga o’tkazilgan davrda unga bajarayotgan
ishiga qarab, lekin avvalgi o’rtacha ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda
ish haqi to’lanadi.
Boshqa ishga o’tkazish muddatining chegarasi, mehnatga to’lanadigan
haqning aniq miqdorlari, shuningdek, ishlab
chiqarish zaruriyati deb
hisoblanadigan holatlar jamoa shartnomasida ko’rsatiladi, agar u
tuzilmagan bo’lsa, — ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi
bilan kelishib belgilanadi.
Doimiy boshqa ishga o’tkazish ish beruvchining buyrug’i bilan
rasmiylashtiriladi. Boshqa doimiy ishga o’tkazish haqida buyruq chiqarish
uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o’zgarishlar
asos bo’ladi.
Doimiy boshqa ishga o’tkazish
haqidagi buyruq mehnat
shartnomasiga kiritilgan o’zgarishlarning mazmuniga to’la muvofiqholda
chiqariladi va xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Vaqtincha boshqa ishga o’tkazish uning muddati ko’rsatilgan holda
buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga binoan hamda
xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida
buyruq chiqarish uchun uning arizasi, homilador ayollarni va ikki yoshga
to’lmagan bolasi bor ayollarni vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida
buyruq
chiqarish uchun esa, - ularning arizasi va tibbiy xulosa asos
bo’ladi.
Xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga
o’tkazish haqida buyruq chiqarish uchun ishlab chiqarish zaruriyati yoki
ishda bekor turib qolish vaqtining mavjudligi asos bo’ladi.
523
Vaqtincha boshqa ishga o’tkazishlar
mehnat shartnomasida aks
eggirilmaydi.
Mehnat shartlarini o’zgartirish, shuningdek, ish joyini o’zgartirish ish
beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasida
nazarda tutilgan mehnat shartlarini o’zgartirish haqida buyruq chiqarish
uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o’zgartishlar
asos bo’ladi.
Mehnat shartnomasida muayyan ish joyi aniq ko’rsatib qo’yilgan
hollarda, ish joyini o’zgartirish haqida buyruq chiqarish uchun xodim bilan
tuzilgan mehat shartnomasiga kiritilgan o’zgartishlar asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: