imtiyozlar belgilashga yo’l qo’yilmasligi)ning buzilishi
49
;
-
ish beruvchi tomonidan ish taklif qilgan shaxslarni ishga qabul
qilmaslik;
-
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart
bo’lgan shaxslarni (belgilangan minimal
ish joylari hisobidan ishga
yuborilgan shaxslarni: homilador ayollarni va uch yoshga to’lmagan
bolalari bor ayollarni — tegishlicha ularning homiladorligi yoki bolasi
borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik.
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda,
xodimning talabi bilan ish
beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun
muddat ichida yozma javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish
huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo’lishi
lozim. Asoslantirilgan javob berish haqidagi
talablarni qondirishni rad
etish xodimni ishga qabul qilish g’ayriqonuniy ravishda rad etilganligi
ustidan shikoyat qilishga to’siq bo’lmaydi.
O’zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo’lgan shaxslarning (ota-
onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o’g’il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek
er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti
ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo’ysunib yoki uning nazorati ostida
xizmat qiladigan bo’lsa, bir davlat korxonasida
birga xizmat qilishlari
taqiqlanadi.
Bu qoidadan istisnolar O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan
belgilanishi mumkin.
Ishga qabul qilish vaqtida, ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
-
pasport yoki uning o’rnini bosadigan boshqa shaxsni tasdiqlovchi
hujjatni, o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxslar esa, — tug’ilganlik
to’g’risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;
-
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar
bundan mustasno. O’rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar, mehnat
daftarchasi o’rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;
-
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishlicha
harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
-
qonun hujjatlariga muvofiq
maxsus tayyorgarlikka ega
shaxslargina bajarishi mumkin bo’lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki
o’rta maxsus o’quv yurtini tamomlaganligi to’g’risidagi diplomni yoxud
mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa
tegishli hujjatni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga
kirayotgan shaxsdan qonun
49
O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-xuquqiy hujjatlar to’plami. T.: O’zbekiston, 2006. - 7- бет.
517
hujjatlarida ko’rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo’shimcha
holatlar (tanlovdan o’tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo’lishi
mumkin.
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga
mehnat daftarchasini tutishi shart, o’rindoshlik asosida ishlovchilar bundan
mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: