muzokaralarda ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etadilar. Ish
beruvchilar kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik
organlari ko’rib chiqish uchun taklif etgan
mehnatga oid va ijtimoiy-
iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishga majburdirlar.
Komissiyaning tarkibi, muzokaralarning muddati, o’tkaziladigan joyi
va kun tartibi taraflar qarori bilan belgilanadi. Muzokaralarda ishtirok
etayotgan taraflarga jamoa shartnomasi, kelishuvining mazmunini tashkil
etuvchi, masalalarni tanlash va muhokama qilishda to’la erkinlik beriladi.
Ish beruvchilar va ularning birlashmalari kasaba uyushmalariga,
xodimlarning boshqa vakillik organlariga muzokaralar uchun o’zlaridagi
zarur ma’lumotlarni berishlari shart. Muzokaralarning qatnashchilari,
muzokara olib borish bilan bog’liq bo’lgan boshqa shaxslar, basharti
o’zlari olgan ma’lumotlar davlat yoki tijorat siri bo’lsa, ularni oshkor
qilmasliklari kerak. Bu ma’lumotlarni oshkor
qilgan shaxslar qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Agar muzokaralar jarayonida taraflar o’zlariga bog’liq bo’lmagan
sabablarga ko’ra murosaga kela olmagan bo’lsalar, bu hakda bayonnoma
tuzilib, unga taraflarning bu muammolarni bartaraf etish uchun zarur
choralar haqidagi tugal ravishda bayon etilgan, shuningdek muzokaralarni
qayta tiklash muddatiga doir takliflari kiritiladi.
Jamoa shartnomasining loyihasi korxonaning bo’linmalarida xodimlar
tomonidan muhokama qilinadi, bildirilgan fikr va takliflar hisobga olinib,
takomiliga etkaziladi.
Ishlab takomilga etkazilgan loyiha mehnat jamoasining umumiy
yig’ilishi (konferentsiyasi)da muhokamasiga qo’yiladi.
Mehnat jamoasining yig’ilishi, basharti unda xodimlarning yarmidan
ko’prog’i, mehnat jamoasi konferentsiyasi esa basharti delegatlarning
kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan bo’lsa vakolatli hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig’ilish (konferentsiyada)da
ishtirok etayotganlarning ellik foizdan ko’prog’i yoqlab ovoz bergan
bo’lsa ma’qullangan hisoblanadi.
Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullanmasa, taraflarning
vakillari uni umumiy yig’ilish (konferentsiya)da bildirilgan taklif-
istaklarni e’tiborga olgan holda ishlab takomiliga etkazadilar hamda o’n
besh kun ichida umumiy yig’ilish (konferentsiya)
muhokamasiga qayta
taqdim etadilar.
Umumiy yig’ilish (konferentsiya)da ma’qullanganidan keyin
taraflarning vakillari jamoa shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar.
Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan e’tiboran yoki jamoa
514
shartnomasida ko’rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda taraflar
belgilagan muddat davomida amal qiladi.
Belgilangan muddat tugagach, mavjud jamoa shartnomasi taraflar
yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o’zgartirguncha
(to’ldirguncha) amalda bo’ladi.
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaningbarcha
xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin
ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini
taraflarning
vakillari, mehnatjamoasi, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirliginingtegishli organlari tekshirib boradilar.
Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning
o’zida maxsus ko’rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi
haqida mehnatjamoasiningumumiy majlisida (konferentsiyasi)da hisobot
berib turadilar.
Tekshirish olib borish vaqtida taraflar o’zlaridagi zarur bo’lgan barcha
ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini
buzgan taqdirlarida ish beruvchining manfaatlarini
ifoda etuvchilar
quyidagilar uchun javobgar bo’ladilar:
1) jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, o’zgartirish yoki to’ldirish
yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bo’yin
tovlaganlik yoki ularni ishlab chiqish va tuzish muddatini buzganlik yoxud
taraflar belgilagan muddatda tegishli komissiyaning ishini
ta’minlamaganlik uchun;
2) muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuviga rioya
etilishi ustidan tekshirish olib borish uchun kerakli axborot taqdim
etmaganligi uchun;
3) jamoa shartnomasi, kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va
bajarmaganlik uchun. Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik
organi talabiga ko’ra mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs jamoa shartnomasi
majburiyatlari buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor bo’lgan rahbarga
nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko’rishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: