Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/502
Sana24.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#699062
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

hokimiyatga ehtiyoj
boshqa insonlarga ta’sir ko’rsatish xohishi sifatida 
namoyon bo’ladi. Shu ma’noda boshqaruv hokimiyatidan foydalanish, 
bunday ehtiyoj sezayotgan insonlarning o’z maqsadlarini amalga oshirish 
imkoniyatlari bilan jalb etadi. Bu toifa insonlar shijoatli, irodali, qat’iyatli 
shaxslar bo’lib, ular o’z nuqtai nazarlarini qattiq turib himoya qiladilar, 
o’zgacha fikrlarga qarshilik ko’rsatadilar. Ular ko’p hollarda yaxshi notiq 
bo’lib, boshqalarni o’ziga jalb eta oladilar.
Maqsadga erishish ehtiyoji
esa ko’zlangan, rejalangan narsaga 
erishish jarayoni orqali qondiriladi. Ya’ni bunga ehtiyoj sezuvchilar faqat 
muayyan lavozimni egallash (bu ko’p hollarda ro’y bersa ham) bilan 
qanoatlanib qola olmaydilar. Ana shunday shaxslar tavakkalchilikni 
ehtiyotkorlik bilan qiladilar. Ular muammoni hal qilish mas’uliyatini o’z 
zimmasiga olishdan cho’chimaydilar. Ayni vaqtda bu insonlar erishgan 
natijalari uchun aniqrag’batlantirishni xoxlaydilar. Ular ishda 
tashabbuskorlar. Bu shaxslar erishilgan natijalariga qarab muntazam 
takdirlanib turilishlari kerak.
Sheriklik ehtiyoji
hamkasblar, jamoa a’zolari bilan do’stona 
munosabatlar o’rnatishda, boshqalarga yordam ko’rsatishni yoqtirishda 
namoyon bo’ladi. Bu toifa kishilar doimiy muloqotda bo’lish imkoniyatini 
beradigan ishlarni xush ko’radilar. Rahbarlar bunday shaxslarga ko’proq 
e’tibor qaratishlari, jamoada do’stona munosabat o’rnatish, o’zaro fikr 
almashib turish uchun ularni tez-tez birga yig’ib turishlari lozim. 
F. Gertsberg nazariyasi.
U firmalardan birining 200 nafar xodimi 
o’rtasida so’rovnoma o’tkazib, ushbu tadqiqotlari natijasida o’z qiziqtirish 
nazariyasini yaratgan. Bu nazariya F. Gertsbergning ikki omil nazariyasi 
ham deb ataladi.
F. Gertsbergning ishdan qanoat hosil qilishning ikki omillik 
nazariyasi 9.1- jadvalda keltirilgan. Ushbu nazariya qiziqtirishning 
barcha omillarini ikki guruhga ajratishni ko’zda tutadi.
325


Mazkur nazariyaga ko’ra mehnat sharoiti omillari inson mehnat 
qiladigan muhit, qiziqtiruvchi omillar esa mehnat xususiyatlari va 
mohiyati bilan bog’liqdir. F.Gertsberg fikricha, mehnat sharoiti 
omillarining mavjudligi xodimlarni ishga qiziqtirmaydi. Bu omillar faqat 
ishdan qoniqmaslik hissini uyg’otmaslikka xizmat qiladi. Faoliyat 
samaradorligini oshirishga qiziqtirish uchun qiziqtiruvchi omillar mavjud 
bo’lishi kerak.
Ushbu nazariyadan samarali foydalanish uchun mehnat sharoiti va 
qiziqtiruvchi omillar ro’yxatini tuzish hamda xodimlarning o’zlariga ular 
nimani xoxlashlarini tanlab olish imkonini berish kerak.
Shu bilan bir qatorda, F. Gertsberg nazariyasi

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish