H
uq
u
q
iy
m
as
al
al
ar
Xizmat vazifasini
o’zgartirish
Ij
ti
m
oi
y
hi
m
oy
a
3.13-rasm. Personalni boshqarishning xizmatining asosiy vazifalari
sharoitini yaxshilash yuza-sidan tegishli tavsiyalar tayyorlashi kerak bo’ladi.
Ijtimoiy masalalarga e’tibor katta bo’lgan kompaniya va firmalarda
personalning sihat-salomatligi, uy-joy sharoitlari haqida g’am-xo’rlik qilinadi,
xodimlarni tug’ilgan kuni bilan tabriklash, bayramlarda sovg’a berish, turli
imtiyozlar (masalan, nufuzli kurortlarga imtiyozli yo’llanmalar) berish ham
an’anaga aylanadi.
Personalni boshqarish xizmaty xodimlarga ma’muriyat bilan shartnomalar
tuzishda yordam beradi. Shuningdek, tashqi tashkilotlar — mehnat
inspektsiyalari, huquq-tartibot idoralari, yuqori tashkilotlar, tarmoq kasaba
uyushmalari, ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqatar
bilan aloqada bo’lishi ham xizmat vazifalari hisoblanadi.
Ko’pgina kichik xususiy va oilaviy korxonalar personalni boshqarish xizmatiga
ega emas, bu vazifani ushbu korxona egasi bajaradi. Kichik firmalar ish hajmi
ortgandan so’ng hisob-kitob va idora ishlarini olib borish uchun xodim yoki
mutaxassis yollaydi.
Bugungi amaliyotda personalni boshqarish bo’yicha mutaxassisga ehtiyoj
xodimlar soni 100 — 150 taga etganda tug’ilishini ko’rsatadi. Korxona faoliyatiga
qarab undagy jamoa a’zolari soni 200—500 kishiga etganda, odatda, personal
xizmati tashkil qilinadi.
Uncha katta bo’lmagan firmalarda (100 — 200 kishi) kadrlar xizmati tarkibi
1 — 2 mutaxassis (shu jumladan, xizmat rahbari), 1 — 2 yordamchi xodimdan
iborat bo’ladi. Personal mikdori 201 — 300 bo’lganda 2 — 3 mutaxassis va 2 ta
yordamchi xodimni tashkil etadi. Personal soni 500 tagacha kompaniyalarda
xizmat rahbari 1 — 4 mutaxassis va 2 — 3 yordamchi xodim bilan ishlaydi. Ishlab
chiqarishda band bo’lganlar 1000 kishini tashkil etsa, kadrlar xizmati 10—13
kishidan, shu jumladan, rahbar, 5 — 6 mutaxassis va deyarli shuncha yordamchi
xodimlardan iborat bo’ladi. Personal 2,5 ming kishiga etganda esa kadrlar
xizmati 17—18 mutaxassis va rahbar, 15 taga yaqin texnik xodimni tashkil
qiladi.
Hozirgi vaqtda amalda bo’lgan me’yorlar 1 ming kishilik mehnat jamoasiga
10 nafar personalni boshqarish xodimining to’g’ri kelishini ko’rsatmoqda.
Odatda, ularning 6 tasi maxsus oliy ma’lumotga, 4 tasi to’liqsiz oliy
ma’lumotga ega bo’lishi talab qilinadi.
Personalni boshqarish xizmati funktsiyalari har bir korxona faoliyatiga
bog’liq. Shunday bo’lsa-da, odatda ularning funktsiyali tuzilmasi (3.14- rasm)
quyidagicha bo’ladi:
85
Bu tuzilmada
Do'stlaringiz bilan baham: |