amaliyot bilan sinash
hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanligi ayondir. Rahbarlik lavozimiga nomzodni
amaliyotda quyidagicha sinash mumkin:
- rahbarlik vazifasini vaqtincha bajarishga jalb etish;
- stajirovka.
Bunday hollarda ham nomzod ish natijalarini ob’ektiv baholashni
talab etadi. Bu
ekspert baholashi
orqali amalga oshiriladi. Ana shu holda
eng avvalo ekspert sifatida mazkur sohaning g’oyat malakali va tajribali
mutaxassislari tanlanishi muhimdir.
Ekspert baholashni amalga oshirishda shaxsiy va guruhiy usuldan
397
foydalanish mumkin.
Shaxsiy usulda
har bir ekspert bahosini, o’z nomini oshkor qilmay
qo’yadi, so’ng barcha ekspertlarning shaxsiy nomlari e’lon qilinmagan
holda baholari qo’shilib, umumiy ekspert bahosi chiqariladi. Bu usul keng
tarqalgan va juda samarali hisoblanadi.
Guruhiy usul
ekspertlarning birgalikda ish olib borishiga va ekspert
bahosi butun guruh tomonidan qo’yilishiga asoslangan. Bunda har bir
ekspert boshqa ekspertlar bahosi bilan tanishtiriladi so’ng bu ekspert
guruhdagi boshqa ekspertlar bahosiga asoslangan holda o’z bahosini
qo’yadi. Tabiiyki, bu holda baho qo’ygan ekspert nomini sir saqlash
imkoni bo’lmaydi.
Kompaniya va firmalarda ekspert komissiyalari a’zolarini (odatda ular
soni 3-5 ta, eng ko’pi bilan 7 ta bo’ladi) tanlashni personal bilan ishlash
xizmati rahbari amalga oshiradi. Komissiya tarkibi korxona rahbari
tomonidan tasdiqlanadi.
Baholash
anketa
vositasi orqali amalga oshiriladi. Anketa maxsus
ishlab chiqilgan savolnomadan iborat bo’lib, u yoki bu mutaxassis, rahbar
ega bo’lishi lozim bo’lgan sifatlarni aniqpashga mo’ljallangan. Bu sifatlar
mutaxassis faoliyati, rahbar egallab turgan lavozimga oid masalalarni
qamrab oladi.
Ekspert komissiyasi faoliyati baholanadigan xodim ish natijalarini
o’rganib chiqqanidan so’ng, anketaga kiritiladigan savollarni hamda
javoblarni baholash mezonlarini tasdikdaydi. Masalan, anketaga
baholanadigan 10 ta sifat kiritilgan bo’lsa va har bir sifat 10 balli tizimda
baholansa, bu quyidagicha ko’rinishda bo’lishi mumkin:
1. Betakror ish usullarini izlab topish va ularni ishlab chiqarishga
joriy etish qobiliyati - 10 ball.
2. Jamoada qulay ma’naviy-psixologik muhit yarata olishi - 9 ball.
3. Vaziyatni tezkorlik bilan baholay olish va muvaffaqiyatli qaror
qabul qilish qobiliyati - 8 ball.
4. Kasbiy o’sish va malaka oshirishga intilishi - 7 ball.
5. Intizomliligi - 6 ball.
6. Tashabbuskorligi - 5 ball.
7. Xodimlar bilan o’zaro munosabatlari - 4 ball.
8. Ishga qiziqishi - 3 ball.
9. O’zaro do’stona munosabatlar o’rnatishga moyilligi - 2 ball.
10.Turdosh ixtisosliklarni egallashga qiziqishi - 1 ball.
Baholanayotgan sifatlar muhimligiga qarab joylashtiriladi. Baholar
ham ana shu sifatlar joylashishiga qarab qo’yiladi. Bunda birinchi baho
398
Do'stlaringiz bilan baham: |