Qishloq xo‘jaligi va
sug‘orish ishlari
60
uzunlikdagi To‘g‘uzariq qazilgan. Yana Oqdaryo va Qoradaryo-
dan ham ariqlar chiqarilgan.
Sug‘orish inshootlarini yaroqli holda saqlashning og‘ir yuki
mehnatkashlar gardanida edi. Aynan ulaming matonatli meh-
nati, sabr-toqati, sug‘orish inshootlarining muqim ishlashini
ta’minlar edi. Dehqonlar suvdan foydalanishda asrlar davomida
juda katta tajriba to ‘plagan edilar. Ular shunday sug‘orish
inshootlarini bunyod eta olganlarki, unga tan bermaslikning iloji
yo‘q edi. Xususan, suv ayirg‘ich to‘g‘oni qurishdagi mohirlik
buning isbotidir.
Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishla-
tiladigan suv ayirg‘ich edi. Shunday chig‘irlar ham yaratil-
ganki, ular suvni hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib
bera olardi. Suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tutqichli
suv ayirg‘ichlar ishlatilar, bunda ot, tuya, eshak va ho‘kiz
kuchidan foydalanilar edi. Bu kabi inshootlar Buxoro xonligi
xo‘jaligida katta o‘rin tutgan. Bu hayot ta’minoti bo‘lgan
inshootlaming bosh bunyodkori — dehqonlar ommasi edi. Har
bir dehqon xonadoni yiliga 60 kundan 100 kungacha sug‘orish
inshootlari qurish, kanal va ariqlami tozalash, sozlash ishlarida
qatnashishgan.
Dehqonchilik mehnat qurollari nihoyatda sodda edi. Oddiy
dehqon so‘qasi (omoch) asosiy dehqonchilik quroli edi. Ot,
ho‘kiz, sigir, tuya, eshak dehqonning suyanchig‘i hisoblangan.
Yaxshiyamki, 0 ‘zbekiston tuprog‘i hosildor, iqlimi qulay mamla-
katdir. Shu ikki muhim omil ancha serhosil va unumdor deh-
qonchilikni yo‘lga qo‘yish imkonini berar edi.
Amirlik yerlarida paxta, bug‘doy, jo‘xori, tariq, arpa, beda
yetishtirish dehqonchilikning asosini tashkil etardi. Deyarli har
bir dehqon xo‘jaligida o‘z ehtiyoji va sotish uchun paxta
yetishtirilardi. Ipakchilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik va poliz-
chilik keng rivojlangan. Piyoz, sabzi, bodring, qovoq, qovun,
tarvuz, olma, olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, nok, yong‘oq, bodom,
anjir, uzum yetishtirilar edi. Buxoro amirligi o‘zining qovun va
uzumi bilan mashhur edi. Ko‘pgina shaharlami bog‘lar o‘rab
turardi. 4 qismdan iborat alohida reja asosida bunyod etilgan
bog‘lar ham bo‘lardi. Bog‘ qismlarining har birini ariqlar ajratib
turgan. Bunday bog‘lar chorbog‘ deb atalgan.
Buxorodagi Jo‘ybor, Toshkentdagi Kaykovus bog‘lari eng
mashhur bog‘lar edi.
61
Amirlikda bo‘yoq olinadigan o‘simlik
— mardona ham
o‘stirilgan. Dorivor o‘simliklardan esa dorilar tayyorlashgan.
Amirlikda, garchand salmog‘i dehqonchilikdan pastroq
bo‘lsa-da, chorvachilik ham rivojlangan.
Chorvachilik tumanlarida dumbali va qorako‘l qo‘ylar, yirik
shoxli qoramollar, tuya va otlar boqilgan. Jun, ten, go‘sht, sut-
qatiq va yog‘ kabi chorvachilik mahsulotlari xalq hayotida muhim
rol o‘ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |