Yakunlami chiqaramiz
• XIX asr boshlarida Buxoro amirligi aholisi 2 min kishi
atrofida bo‘lgan.
• Buxoro amirligida eng katta davlat lavozimi — qo‘shbegi
(bosh vazir) edi. 1
2
3
1. Buxoro amirligi davlat tuzumiga ko‘ra qanday davlat edi?
2. Buxoro amirligida qanday davlat lavozimlari bo‘lgan?
3. Shayboniylar davridagi ,,devonbegi“ va mang‘itlar davridagi
,,qo‘shbegi“ davlat lavozimlarini taqqoslang va xulosalaringiznibayon
eting.
58
15- §. Amirlikning xo‘jalik hayoti
Yer mulkchiligi
Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligi-
shakllari
ning uch shakli mavjud edi: 1) davlat
yerlari (bu amlok yerlar deb ham
atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari.
Davlat yerlarining suvsiz dasht, to‘qayzor qismi ko‘ch-
manchi jamoalarga bo‘lib berilgan bo‘lib, ular bu yerlardan
foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘lar edilar. Bunday
yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa
bir qismi hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdor-
lariga, lashkarboshilariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga su-
yurg‘ol shaklida in’om etilgan edi. Suyurg‘ol olganlar u yemi
boshqarish huquqini ham olganlar. Suyurg‘ol egasi davlat xazi-
nasiga xiroj todashi hamda ohy hukmdoming chaqirig‘iga ko‘ra, o‘z
qo‘shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.
XVI
asrdan boshlab davlat yerlarini ,,tanho“ deb nom olgan
shaklda in’om etish qaror topa borgan. Bunday in’omga sazovor
bodgan kishi yerga emas, mansabining darajasiga qarab shu
yerdan olinadigan soliqning ma’lum qismiga egalik qilgan. XIX
asrda ham amirlikda tanholaming soni tobora ortib borgan. Eng
kichik tanho yeri 3—5 gektami tashkil etgan.
Davlat yerlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga beril-
gan. Xazinaga eng ko‘p sohq ham ana shu yerlardan tushar edi.
Xususiy yerlar (mulk)ning bir qismi xususiy shaxslaming
yerlari bodib, ularning bu yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati
bilan bogdiq bodmagan. Bunday yerlar, asosan, amirlikda asrlar
osha yashab kelayotgan arablarga qarashli bo‘lgan. Bu yer
lardan 1/10 qismi miqdorida odpon todanardi. Mulk yerlarining
ikkinchi qismi (mulki hur yoki mulki hum xolis) davlat xiz
mati bilan bogdiq bodib, bunday yerlar urushlarda jasorat
ko‘rsatgan yoki hukmdoming alohida topshiriqlarini bajarishda
namuna ko‘rsatgan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan.
Bunday yerga ega bodgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan
hamda ular barcha soliqlardan ozod etilgan.
Vaqf yerlari — bu masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va
maqbaralar uchun ajratilgan yerlar edi. Bunday yerlar muso-
dara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya
etilgan yerlar hisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa,
59
Do'stlaringiz bilan baham: |