Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

Doniyolbiy otaliq va 
Amir  Shohmurod
Muhammad  Rahimbiy  mustaqillikni  da’vo  etib  yurgan 
Miyonqol,  Nurota,  Qo‘bodiyon,  Boysun,  Shahrisabz  hamda 
Urgut  bekliklarini  to‘rt  yil  davomida  o‘ziga  bo‘ysundirdi.  Ayni 
paytda,  u  markaziy  hokimiyatga  bo‘ysunmaslikka  urinayotgan 
qabilalami  turgan  joyidan  ko‘chirtirib  yuborish  siyosatini  tutdi. 
Masalan,  burqut,  qipchoq,  yetti  urug‘,  bahrin,  yuz,  kenagas, 
saroy va boshqa qabilalarga nisbatan ana shunday siyosat yuritildi.
Muhammad  Rahimbiy  yirik  yer  ega- 
larining  davlatni  boshqarish  ishlarida 
shu  vaqtgacha  davom  etib  kelgan 
aralashuvlarini  keskin  kamaytirishga  erisha  oldi.  Shunday  bo‘lsa- 
da,  u  barcha  viloyatlaming  markaziy  hokimiyatni  tan  olishlariga 
to la  erisha olmadi.
Muhammad  Rahimbiy  vafotidan  so‘ng  uning  amakisi  Do­
niyolbiy  otaliq  hokimiyatni  o‘z  qoliga  oldi  (1758—1785).  U  o‘z 
qo‘shinini  mustahkamlashga,  unga  tayanib  ish  ko‘rishga  harakat 
qildi.  Barcha manglt beklariga katta yer-mulkni tanho  qibb berdi. 
Xalqdan  olinadigan  soliqlami  ko‘paytirdi.  Uning  davrida  Balx, 
Hisor,  Ko‘lob,  0 ‘ratepa  viloyatlarining  mustaqillikka  intilishlari 
kuchaydi.  Katta  yer  egalarining  o‘zboshimchaligini  esa  sindira 
olmadi.  0 ‘g‘illaridan  biri  Shohmurod  darveshona  hayot  kechi- 
rar,  shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi.  Keyin 
esa pichoqqa qin yasab  sotib,  shu  orqali ro‘zg‘or tebratardi.  Xalq 
orasida  obro‘si  katta  b o lg a n i  uchun  Doniyolbiy  unga 
hokimiyatni  topshirdi.
Amir  Shohmurod  (1785 —  1800)  Amir  Doniyolbiy  otaliq- 
ning  to‘ng‘ich  o‘g‘li  hisoblanib,  yoshligidan  xudojo‘y,  porso 
bo‘lib  o‘sgan.  Madrasani  bitirib,  darveshlik  jamoasi  tarafdori, 
targlbotchisidan  biriga  aylanadi.  Xalq unga  hurmat  bilan  „amiri 
m a’sum“  (begunoh  amir)  unvonini  bergan.
Shohmurod  o‘z faoliyatida ommaga tayanib  ish tutdi.  Adolat 
tamoyillariga  qattiq  amal  qildi.  0 ‘zi  ham  nihoyatda  kamtarin 
hayot  kechirgan.  Masalan,  bir  yilda bir  olacha  chopon,  bir bo‘z 
ko‘ylak  kiygan.  Boshiga  olti  gazli  bo‘z  salla,  oyoglga  echki 
terisidan  tikilgan  saxtiyon  mahsi  hamda  kavush  kiygan.
Amir  Shohmurod  Samarqand  shahrida  katta  bunyodkorlik 
ishlarini  amalga  oshirdi.  Shahar  markazida  olti  qirrali  chorsu 
qurilib,  „Toqi  musaddas“  deb  atalgan.  Samarqandning  har  bir 
madrasasiga  imom,  muazzin,  mudarrislami  o‘zi  tayinlagan.
55


Talabalar  va  mudarrislarning  maoshi  uchun  vaqf  yerlari  va 
mulklar  ajratgan.
Amir  Shohmurod  islohotlar  o‘tkazib,  davlatni  mustah- 
kamlashga  erishdi.  Boj  va  xirojdan  boshqa  barcha  soliqlarni  ka- 
m aytirdi.  Rais  (m uhtasib)  va  qozi  askar  (harbiy  sud) 
mansablarining  nufuzini  yanada  orttirgan.
Mamlakat  iqtisodini  yo‘lga  qo‘yishda  Shohmurod  o‘tkazgan 
pul  islohoti  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Ashtarxoniylar 
davrida  zarb  qilingan  tangalarda  kumush  miqdori  kamaytirib 
yuborilgan  edi.
Sholimurod  joriy  qilgan  qonun  bo‘yicha  kim  mol-mulkka 
xiyonat  qilsa,  jamiyatdagi  martabasidan  qat’i  nazar  qattiq jazoga 
tortilishi  lozim  edi.  Bu  tadbir  xalq  manfaatlariga  tajovuzning 
oldini  oldi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish