Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi


Davlat  tuzumi  va  bosh-



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

Davlat  tuzumi  va  bosh- 
qaruv  tizimi
92


Kengash  davlatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 
hokimiyati  vazifasini  bajargan.  Oliy  Kengashga  xonning  o‘zi 
rahbarlik qilgan.  Oliy Kengash ishida xonning yaqin qarindoshlari, 
mehtar,  qo‘shbegi,  devonbegi,  naqib,  shayxulislom,  bosh  qozi, 
inoq,  otaliq va biylar qatnashganlar.  OUy Kengash majhsi haftada 
bir marta o‘tkazilgan va unda  davlatning ichki va tashqi siyosatiga 
oid  eng  muhim  masalalar  muhokama  etilgan.
Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish 
uchun Kichik Kengash ham ta’sis etilgan. Bu kengash ishida xondan 
tashqari  mehtar,  qo‘shbegi,  devonbegi,  naqib  va  shayxulislom 
qatnashganlar.
Xonlikda mehtar bosh vazir hisoblangan. U xon safarga chiqqan 
paytlarda  xonlikni  idora  qilgan.  Mehtar  va  qo‘shbegi  mamlakat 
miqyosida soliqlar yig‘ilishiga javobgar bo‘lganlar.
Xonlikda  3  ta  devon  (vazirlik)  ham faoliyat ko‘rsatgan.  Bular 
xo‘jalik,  ijtimoiy-siyosiy  va  harbiy  ishlar  bilan  shug‘ullanuvchi 
devonlar  edi.  Ularning  faoliyatiga  devonbegi  rahbarlik  qilgan. 
Xonlikning qo‘shiniga yasovulboshi qo‘mondonlik qilgan.
Xonlik  tarkibidagi  qozoq  va  qoraqalpoqlar  esa  o‘zlarining 
biylari,  turkmanlar  esa  ularning  vakili  tomonidan  boshqarilgan. 
Ularning  lavozimlari  nasldan  naslga  meros  bo‘lib  o‘tsa-da, 
nomzodini  xon  tasdiqlashi  shart  bo‘lgan.
Xonlikning  asosiy  boyligi  yer  hisob- 
er ega lgi 
lanardi.  Bu  yerlar sug‘oriladigan  (axya)
va  sug‘orilmaydigan  (adra)  yerlardan  iborat  edi.  Egalik  shakliga 
ko‘ra,  Xiva  xonligining  yerlari  ham  uchga  bo‘lingan:
1. 
Davlat yerlari (podshohi).  2.  Xususiy mulk  (xususiy yerlar). 
3.  Vaqf yerlari.
Xon  va  uning  qarindoshlari,  oliy  martabali  boshqa  turli 
amaldorlar,  ruhoniylar,  savdo-sotiq  tabaqalari  barcha  yerlarning 
deyarli yarmiga egalik qilishgan.  Amaldorlaming yerlari 2—3  ming 
tanobni  tashkil  etgan.  Xon  va  uning  qarindoshlari  undan  ham 
katta  hajmdagi  yer  maydonlariga  egalik  qilishgan.  Qolgan  yerlar 
davlat  ixtiyoriga  olingan  (vaqf yerlaridan  tashqari).  Davlat  yer- 
larida  va  xususiy  mulk  yerlarida  ijarachi  dehqonlar  mehnat  qil- 
ganlar.
Davlat  yerini  ijaraga  oluvchilar  bevatan,  xususiy  yerlarni 
ijaraga  oluvchilar  koranda,  vaqf  yerlarini  ijaraga  oluvchilar  esa 
vaqfchi  deb  atalgan.
93


Xonning  qarindoshlari  o‘z  xususiy  yerlaridan  davlatga  soliq 
to‘lamas  edilar.  Davlat  soliqlaridan ruhoniylar,  katta  amaldorlar, 
tarxon  yer  olganlar  ham  ozod  etilgan  edilar.  Biroq  soliqni  bu 
yerlarda  ishlovchi  ijaradorlar,  ya’ni  mehnatkashlar  to‘lashgan.
Shaharlarning  iqtisodiy  taraqqiyotdan  orqada  qolishi,  yirik 
sanoatning mutlaqo yo‘qligi oqibatida  G ‘arbiy Yevropa davlatlarida 
yersiz  dehqonlar  shaharga  ish  izlab  borishdek  imkoniyatga  ega 
bo‘lmagan.  Oqibatda,  ular  qishloqda  qolishga  majbur bo‘lganlar.
Suv  tanqisligi  tufayli  dehqonchilik  qiyin  sharoitda  olib 
borilardi.  Shu  bois Amudaryodan  suv  chiqarishga  e’tibor berildi. 
XVIII  asming  70-yillarida  Davkor  ko‘li  yonida  kanal,  XIX  asr 
boshlarida  esa  Lavzan,  Qilich  Niyozbiy,  Katta  Xonobod  kanal- 
lari  qurildi.  Bu  tadbirlar  yerlami  sug‘orish  holatini  yaxshilashga 
ko‘maklashdi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish