Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi


-  §.  Xiva  xonligining  iqtisodiy  va  madaniy  hayoti



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

21-  §.  Xiva  xonligining  iqtisodiy  va  madaniy  hayoti
Xonlikdagi shaharlar 
hayoti
Xiva xonligida Xiva,  Ko‘hna  Urganch, 
Yangi  Urganch,  Vazir  kabi  o‘nlab 
shaharlar  mavjud  bo‘lgan.  Ulardan 
eng  qadimiysi  Xiva  shahri  bo‘lib,  u  „Ming  gumbaz  shahri“ 
nomi bilan  ham  mashhurdir.  XIX  asming birinchi yarmida  Xiva 
shahrida  2  ta  xon  saroyi,  17  ta  masjid  va  22  ta  madrasa  mavjud 
bo‘lgan.  1997-yilda  uning  2500  yilligi  nishonlandi.  Bu  haqda 
UNESCO  1995-yilda  qaror  qabul  qilgan  edi.  Bu  qaror  —  Xiva 
shahrining  jahon  madaniyati  taraqqiyotida  tutgan  alohida 
o‘mining  e’tirofi  bo‘ldi.  Bugungi  avlod  o‘z  ota-bobolarining 
madaniy  meroslari  bilan  haqli  ravishda  faxrlana  oladi.
Xiva  shahri  miloddan  awalgi  V  asrda  bunyod  etilganidan 
buyon  uning  tarixi  butun  Xorazm  tarixi  bilan  chambarchas 
bog‘liq  bo‘lib  keldi.  Xivaning  mashhurligi  u  bunyod  etilgan 
davrlardanoq  Sharq  bilan  G ‘arbni  bog‘lovchi  savdo  yo‘li 
o‘tganligi bilan  izohlanadi.
Xiva shahri XVII  asming  I  choragidan  1920-yil fevraligacha 
Xiva  xonbgining  poytaxti  bo‘lgan.

1646-yilda  Abulg‘oziyxon  hozirgi  Ur-
angi  rganc 
ganch  shahriga  asos  soldi.  Abul-
g‘oziyxon  asos  solgan  bu  shahar  Yangi  Urganch  deb  atalgan. 
Yangi  Urganch  shahri  Buyuk  ipak  yo‘lida  joylashganligi  tufayli 
tez  sur’atlar  bilan  rivojlangan  savdo  va  hunarmandchilik 
markaziga  aylangan.  Shaharda  ko‘plab  mayda  do‘konlar  va 
ustaxonalar  ishlab  turgan.  Bunga  yuqorida  qayd  etilgan 
Amudaryoning  o‘z  yo‘nalishini  o‘zgartirib,  Orol  dengizi  tomon 
oqa  boshlagani,  buning  oqibatida  Xorazmning  qadimdan 
madaniyat  markazi  bo‘lib  kelgan  shahri  Gurganjning  (Ko‘hna 
Urganch)  suvsiz  qolganligi  sabab  bo‘lgan  edi.  Shundan  keyin 
qadimgi  Gurganjning  nomi  Ko‘hna  Urganch  bo‘lib  qoldi. 
Abulg‘oziyxon  Yangi  Urganchga  asos  solgach,  Vazir  shahrining 
aholisini  ham  shu  yerga  ko‘chirgan.  Shu  tariqa  bu  shahar  o‘z 
ahamiyatini  butunlay  yo‘qotgan.
7 9


Hunarmandchilik
Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunar- 
mandchilikning  27  sohasi  qayd  etilgan. 
Amalda  esa,  ular  bundan-da  ko‘p  bo‘lgan.
Hunarmand  malakali  usta  bo‘lishi  uchun  ko‘p  yil  mashaq- 
qatli  mehnat  qilgan.
Hunarmandlar  o‘z  uyushmalariga  ega  edilar.  Bu  uyush- 
malar  hunarmandlaming  faoliyatini  tartibga  solib  turardi.  Shu 
yo‘l  bilan  ularning  manfaatini  himoya  ham  qilardi.  Uyushma 
boshlig‘i  xonning  xazina  siyosatini  o‘tkazuvchi  shaxs  ham 
hisoblanardi.
Xiva ustalarining juda oz  qismi xususiy ustaxona  —  do‘koniga 
ega edi.  Hunarmand  o‘z uyida ham  do‘kon  ochishi  mum kin  edi. 
Ko‘pchilik  hunarmandlar  xonga  va  boshqa  badavlat  kishilarga 
tegishli  do‘konlarni  ijaraga  olib  mehnat  qilishardi.  Ayrim 
hunarmandlar  buyurtma  asosida  ham  ishlardi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish