Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi


-  §.  M a’naviy-ma’rifiy,  madaniy  hayot



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

12-  §.  M a’naviy-ma’rifiy,  madaniy  hayot
Ashtarxoniylar  davrida  avj  olgan  ichki  ziddiyatlar,  tinimsiz 
urushlar,  siyosiy  parokandalik  m a’naviy-ma’rifiy,  madaniy 
hayotga  salbiy  ta’sir  etdi.  Biroq  bunday  murakkab  siyosiy  va- 
ziyat  maorif,  ilm-fan,  madaniyat  rivojini  to ‘xtatib  qo‘ya 
olmagan.
Maktab  va 
madrasa  ta’limi
XVII—XVIII  asrlarda  shahar  va  qish- 
loqlarda  ko‘plab  maktab  (maktab- 
xona)lar  faoliyat  ko‘rsatgan.  0 ‘g‘il  va 
qiz bolalar  alohida-aloliida  maktablarda  o‘qitilgan.  0 ‘g‘il bolalar 
maktablari  masjidlar,  madrasalar,  xo‘jalik  yurituvchi  ustaxo- 
nalar  qoshida  yoki  xususiy  maktabdorlar  xonadonlarida  tashkil 
etilgan  bo‘lib,  masjid  imomi  yoki  madrasani  tugatgan  ziyoli 
kishilar  o‘qituvchilik qilgan.  Ulami  domla  deyishgan.  Qiz bolalar 
maktablari  badavlat  kishilar  yoki  o‘qituvchi  ayollar  uylarida 
tashkil  etilgan,  qizlami  otinoyi,  otinbibi,  bibixalifa,  bibiotin  deb 
atalgan  ayol  o‘qituvchilar  o‘qitishgan.
Bolalar  maktabga  6—7  yoshdan  berilgan  va  ular  5—8  yil 
davomida  boshlang‘ich  ta’lim  olganlar.
0 ‘quvchilarga  avval  harflar  o‘rgatilgan,  keyin  bo‘g‘inlar, 
ularni  qo‘shish  orqali  so‘z  tuzish,  ,,Haftiyak“  (Q ur’oni 
Karimning  yettidan  biri)  kitobini  o‘qish  o‘rgatilgan.  Hisob 
darsida  sonlar,  ulami  qo‘shish,  ayirish,  ko‘paytirish,  bo‘lish 
amallari  o ‘rgatilgan.  0 ‘quvchilar  Navoiy,  Fuzuliy,  Bedil, 
Mashrab,  Hofiz  Sheroziy,  So‘fi  Olloyor  asarlarini,  „Chor 
kitob“ni  o‘qib  saboq  olganlar.  Qizlar  maktablarida  uy-ro‘zg‘or
47


tutish,  pazandachilik,  odob-axloq,  pokizalik  sirlarini  o‘rganishga 
ko‘proq  o‘rin  berilgan.
Bolalar  o‘qishni  to‘liq  o‘zlashtirib  olganlaridan  keyingina 
yozishga  o‘tganlar.  Maktablarda  imtihonlar  bo‘lmagan,  o‘quv- 
chilarga  maktabni  bitirgani  to‘g‘risida  hujjat  ham  berilmagan. 
Bolaning  ravon  o‘qishi,  to‘g‘ri  yoza  olishi,  hisob-kitobni  bilishi 
maktabni  bitirganligiga  guvoh  bo‘lgan.
Madrasa  o‘rta  va  oliy  o‘quv  yurti  hisoblangan.  Madrasaga 
maktabxonalarni  tugatganlar  qabul  qilingan.  Madrasa  ta’limi 
talabalar iqtidoriga  qarab  7—12  yil  davom  etgan.  Buxoro  xonligi 
shaharlarida  150  dan  ortiq  madrasa  bo‘lgan.  Madrasada  arab, 
fors  tilida  yozilgan  kitoblar  o‘qitilgan,  ular  talabalarga  mudarris 
tomonidan  turkiy  tilda  sharhlab  berilgan.  0 ‘qish  „Awali  ilm“ 
deb  nomlangan  fors  tilidagi  o ‘quv  qo‘llanmasini  o‘zlash- 
tirishdan  boshlangan.  Keyin  arab  tili  grammatikasi  o‘qitilgan. 
Fiqh  (huquq)ni  o‘rganish  majburiy  hisoblangan.
Diniy  mutaassiblik,  xalq  ommasidan 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish