Buxoro va Eron munosa-
Buxoro va Eron manfaatlari to‘qnash-
batlari
gan asosiy hudud Xuroson edi. Bu-
ning sababi —Xurosonning ham har-
biy-siyosiy, ham savdo-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega
ekanligida edi.
Bundan tashqari, Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hin-
diston yo‘nalishida o‘ziga xos darvoza vazifasini ham o‘tar edi.
Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safa-
viylar o‘rtasida keskin kurash ketgan. Bu masalada Muhammad
Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronligi
davrida shayboniylar ustunlik qildilar. Abdullaxon II Xuro
sonning Marv, Nishopur va Mashhad kabi yirik shaharlarini
egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |