Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

Ilm-fan 
Shayboniylar  davrida  tibbiyot,  mate-
matika va astronomiya kabi fanlar ma’- 
lum  darajada  rivojlangan.  Tibbiyot  ilmidagi  rivojlanish  o‘z 
zamonasida  „tabiblar  iftixori“  deb  sharaflangan  Muhammad 
Mazid,  jarroh  mavlono  Baqo,  ko‘z  kasalliklarini  davolashda 
nom  chiqargan  Shohali  ibn  Sulaymon,  „Davolash  bo‘yicha 
dastur“  asari  muallifi  Sultonali  Samarqandiy,  ,,Ko‘z  kasalligiga 
doir  asosiy  kitob“  asarlari  bilan  mashhur  bo‘lgan  Ubaydulloh 
Kahhol kabi alloma tabiblaming nomi bilan bog‘Uqdir.  Muhammad 
Amin,  Bobokalon  Sam arqandiy,  mavlono  Kavkaviylar, 
matematika  fanining,  Muhammad  Husayni  Buxoriy  „Qibla 
tomonini  topish  ma’rifati“,  Mahmud  ibn  Ahmad  Faroziy  esa 
,,Oy fazolarining tenghgi haqida risola“  asarlari bilan astronomiya 
ilmi  rivojiga  munosib  hissa  qo‘shganlar.
Shayboniylar  davrida tarix fani  sohasida ko‘plab yirik tarixiy 
asarlar  yaratilgan.  Ular  orasida  Kamoliddin  Binoiyning  „Shay- 
boniynoma“,  Muhammad  Solihning  ,,Shayboniynoma“,  Mu­
hammad  Haydarning  „Tarixi  Rashidiy“,  Fazlulloh  ibn  Ro‘zbe- 
xonning  „Mehmonnomayi  Buxoro“,  Hofiz  Tanish  Buxoriyning 
,,Abdullanoma“,  „Sharhnomayi  shohiy“,  Sulton  Muhammad 
Hofiz  Toshkandiyning  „Tarixi jadidayi  Toshkand“  kabi  asarlari 
shular  jumlasidandir.  K.  Binoiyning  ,,Shayboniynoma“  asari
32


Dashti  Qipchoq  va  Movarounnahrning  XV  asr  o‘rtalaridan 
XVI  asr boshlarigacha bo‘lgan  davr voqealarini  o‘z  ichiga  oladi. 
Shuningdek,  shayboniylar  bilan  Eron  safaviylari  o‘rtasidagi 
munosabatlar  haqida  muhim  ma’lumotlar  beradi.
Muhammad  Solihning  ,,Shayboniynoma“si  esa o‘zbek tilida 
yozilgan  asar  bo‘lib,  u  Shayboniyxonning  harbiy  yurishlariga 
bag‘ishlangan.
,,Abdullanoma“  asari muallifi mazkur asarini Chingizxonning 
Movarounnahr istilosi,  chingiziylar hukmronligining  o‘matilishi, 
Dashti  Qipchoqda  Abulxayrxon  davlatining  tashkil  etilishi, 
Shayboniyxonning  harbiy  yurishlari,  uning  o‘limidan  so‘ng 
Movarounnahrda  vujudga  kelgan  ahvol,  Abdullaxon  II  ning 
mamlakatni  siyosiy  jihatdan  birlashtirish  yo‘lida  olib  borgan 
kurashi  tarixiga bag‘ishlagan.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish