Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

Shayboniylar  davrida 
Buxoro  xonligi  m a’muriy  jihatdan 
davlat  boshqaruvi 
viloyatlar  va  tumanlarga  bo ‘lingan.
Xonlikda  oliy  davlat  idorasi temuriylar 
davridagidek  dargoh  deb  atalgan.  Uning tepasida  xon turgan.  Ijro 
etuvchi  hokimiyat  ham  awalgidek  devon  (vaziriik)  deb  atalgan. 
Unga  devonbegi  (bosh vazir)  rahbariik  qilgan.  Katta  nufuzga  ega 
bo‘lgan  devonbegi  ayni  paytda  davlatning  moliya  va  xo‘jalik 
ishlarini  ham  boshqargan.  Biroq,  shayboniylar  davrida  devon 
faoliyati temuriylar  davridagidek  nufuzga  ega  boMmagan.  Bunga 
dargohdagi  mansablar  mavqeyining  kuchli  bodmaganligi  sabab 
bo‘lgan.
Yana bir katta  davlat  mansabi  —  otaliq edi.  Xon  siyosatining 
viloyatlardagi  ta’siri  otaliq  mansabiga  tayinlanganlarning  nufuzi 
bilan belgilangan.  Xon viloyatlami  shalizodalarga taqsimlab berar 
ekan,  ularga  rahnamo  etib  o‘z  nazoratcliisini,  ishongan  kishisini 
tayinlagan.  Bunday  nazoratchi,  ishonchli  shaxs  otaliq  deb
24


atalgan.  Balog‘atga  yetmagan  shahzodalar  ulg‘ayib,  mustaqil 
faoliyat  yuritgunlariga  qadar  viloyatlardagi  davlat  ishlarini 
ularning  nomidan  otaliqlar boshqargan.
Yana  bir  davlat  mansabi — parvonachi  deb  atalgan.  Uning 
vazifasi  xon  farmonlarini,  rasmiy  hujjatlarni  mas’ul  shaxslarga, 
ijrochilarga yetkazishdan  iborat bo‘lgan.
Dodxoh  mansabida  ishlagan  amaldor  dargohga  tushgan 
arizalarni  qabul  qilgan  va  ularga javob  qaytargan.  Shuningdek, 
dodxoh  mamlakatda  adolat  mezonlariga  amal  qilinishini  ham 
nazorat  qilgan.
Muhim  davlat  mansablaridan  yana  biri  — ко ‘kaldosh  man­
sabi  edi.  Bu  mansabga  xon  sulolasiga  eng yaqin  shaxslardangina 
tayinlangan.  Ko‘kaldosh  xon  siyosatiga  fuqarolaming  munosa- 
batini  o‘rgangan va bu  siyosatning  daxlsizligini ta’minlagan.
Xon va  shahzodalar  o‘rtasidagi  ichki  munosabatlar  masalasi 
bilan xon yasovuli  mansabida  ishlagan  amaldor  shug‘ullangan.
Shayboniylar  davlatida  eshikog‘aboshi lavozimi  ham  muhim 
sanalgan.  U  dargoh  xavfsizligi,  undagi  tartib  hamda  kelgan- 
ketganlardan  xabardor  bo‘lib  turish  masalalari  bilan  shug‘ul- 
langan.
Yuqori  davlat  lavozimlari  ichida  katta  mavqega  ega bo‘lgan 
lavozimlardan yana biri  shayxulislom  hisoblangan.  Shayxulislom 
shariat  qonunlari bajarilishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirgan.
Qozikalon  bo‘lgan  amaldor  esa  sud  ishlariga  yetakchilik 
qilgan.
Yana bir muhim  davlat  lavozimi  muhtasib  (rais)  deb  atalgan. 
Bu  lavozimni  egallagan  amaldor  mamlakatda jamoat tartibining 
saqlanishini,  diniy  marosim  va  amallarga  rioya  qilinishini 
kuzatgan,  bozorlarda  narx-navo  va  tarozilarning  to ‘g‘riligini 
nazorat  qilish  bilan  shug‘ullangan.
Mehtar  lavozimiga  tayinlangan  mansabdor  esa  zakot  va 
boshqa  tushumlardan tushgan  mablag‘larni  zarur  o‘rinlarda  ish- 
latishni  nazorat  qiluvchi  amaldor  hisoblangan.
XonUkda  davlat lavozimi  mansabdori  hisoblanmasa-da,  naqib 
unvoniga  sazovor bo‘lgan  shaxsning  xon  saroyida  nufuzi  baland 
bo‘lgan.  Chunonchi,  u  xonning  yaqin  va  ishonchli  kishisi 
sanalgan.  Ayni paytda,  u  davlat ichki va tashqi  siyosati  masalala- 
rida  xonning  maslahatchisi  ham  hisoblangan.  Zarur  boMganda 
elchilik vazifasini ham bajargan.
25



Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish