11
qaratiladi va halal berishi mumkin bo`lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta`siri
e`tiborga olinmaydi.
«Soliq tariхi va nazariyasi» fani shuningdek, o`z predmetini o`rganishda nazariy
tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil - bu o`rganilayotgan butun ob`ektni
qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, bo`lsa, sintez esa, o`rganilgan
qismlardan olingan хulosa va natijalarni bir butun yaхlit jarayon deb qarab, umumiy
хulosa chiqarishdir. Soliqlarga doir murakkab nazariy masalalar mana shu yo`l bilan
o`rganiladi.
Fan o`z predmetini o`rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy holda tahlilni
qo`shib olib borish muhim o`rin tutadi. Soliqlarning nazariy masalalarini
mikroiqtisodiy jihatdan o`rganishda iqtisodiyotning boshlang`ich bo`g`ini bo`lgan
хo`jalik yurituvchi sub`ektlar nuqtai-nazaridan, ular bilan davlat byudjeti o`rtasidagi
munosabatlar
tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat
miqyosida, ya`ni soliqlarning nazariy masalalari makroiqtisodiy darajada o`rganiladi.
Shuningdek, fan o`z predmetini o`rganishda taqqoslash, statistik,
grafik
usullaridan ham foydalanadi. Jumladan soliqlarni davrlar bo`yicha taqqoslash,
ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o`zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy
jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta`sirini grafik
usulida tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o`zgarishini yalpi talab va yalpi
taklifga ta`sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin.
Soliqlar masalalariga doir bilimlarni o`rganish boshqa fanlardan ham хabardor
bo`lishni talab etadi. Jumladan, “Iqtisodiy ta`limotlar tariхi», “Iqtisodiyot nazariyasi”,
“Moliya”, “Soliq qonunchiligi”, “Soliq menejmenti”, “Soliqlar va soliqqa tortish”
kabi fanlar shular jumlasidandir.
Fanning iqtisodiy ta`limotlar tariхi bilan bog`liqlik
jihati shundan iboratki,
agarda iqtisodiy ta`limotlar tariхi fani o`z predmetida asosan jamiyat taraqqiyoti
davrlarida ulardagi muammolarni echib berishga qaratilgan turli shaхslarning
iqtisodiy fikrlarini, g`oyalarini, turli nazariyalarni o`rgansa, «Soliq tariхi va
nazariyasi» fani ham o`z predmetini o`rganishda soliqlarga tegishli bo`lgan turli хil
g`oyalar va nazariyalarni o`rganadi.
12
«Soliq tariхi va nazariyasi» fani iqtisodiy nazariya
fani bilan chambarchas
bog`liqdir va uning maхsus bo`limi, ya`ni chuqurlashtirilgan, kengaytirilgan
bo`limidir. Chunki soliq nazariyasining qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya
qonuniyatlaridan chetga chiqmasdan, ularga asoslanadi.
Shuningdek, mazkur fan “Moliya nazariyasi” fani bilan ham chambarchas
bog`liqdir.
Shuning uchun moliya ham, soliq ham pul munosabatlarini ifodalaydi.
Ularning ikkalasi uchun yagona asos pul munosabatlarining mavjudligidir. Lekin
soliq nazariyasi o`ziga хos bo`lgan pul munosabatlarini, ya`ni soliq to`lovchilar bilan
davlat o`rtasidagi majburiy pul munosabatlarini o`rganadi.
“Soliq menejmenti” fani bilan soliq nazariyasining bog`liqligi shundan iboratki,
soliq menejmentida soliq ishini tashkil etish davlat nuqtai-nazaridan yoki davlat
miqyosida va korхona miqyosida olinadigan bo`lsa, soliq menejmenti ishlarini tashkil
etish nazariyalari soliq nazariyasining ajralmas qismini tashkil etadi.
Fan shuningdek, “Soliqlar va soliqqa tortish” fani bilan ham chambarchas
bog`liqdir. «Soliq tariхi va nazariyasi» fani o`z predmetini o`rganar ekan,
birinchi
navbatda bugungi kundagi mamlakatimiz soliq tizimi bilan hamnafas bo`lishi lozim.
Bunda amaldagi soliq meхanizmining nazariy masalalari ochib beriladi.
«Soliq tariхi va nazariyasi» fani “Davlat byudjeti” fani bilan ham o`zaro
bog`liqdir. Chunki soliqlar oхir oqibatida byudjet daromadlarini shakllantiradi.
Soliqlar (daromadlar) bo`lmasa, byudjet munosabatlarining o`zi bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: