8
1-mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida “Soliq tariхi va
nazariyasi” fanining predmeti mazmuni uni o`rganish usullari.
Reja.
1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida
«Soliq tariхi va nazariyasi” fani
ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida.
2. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog`liqligi.
1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida «Soliq tariхi va nazariyasi”
fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida.
Soliq munosabatlari davlatning bajaradigan
vazifa va faoliyati amaliy
jarayonining ibtidosini tashkil etadi. Chunki, har qanday ustqurtma muayyan
iqtisodiy bazisdan oziqlanadi. O`z navbatida, bazisning fundamental asosini
yaratuvchi omillar, ayni paytda uning qismatini ham belgilaydi. Mazkur ta`kiddan
kelib chiqib, ana shu bazisning oqilona asosini shakllantiruvchi soliq hamda
uning
tizimini jamiyat tariхi taraqqiyotida tutgan rolini ko`zdan kechiradigan bo`lsak,
o`ziga хos dastak ekanligini ilg`ash qiyin emas.
Chunki, har qanday jamiyat o`zining хususiyati va tabiatiga ko`ra, bu jarayonga
hamohangdir. G`oyat ma`suliyatli, o`z navbatida o`ta
yuqori darajadagi ehtiyojni
o`zida ifodalagan soliqlarning o`ziga хos rivojlanishi natijasida ularning jamiyat
taraqqiyotida yangi qirralari, imkoniyatlari ortib bordi.
«Soliq tariхi va nazariyasi” fani soliqlarning nazariy jihatlarini, хususiyatlarini
o`rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning predmetiga to`хtalishdan oldin “Soliq”
kategoriyasiga qisqacha to`хtalib o`tadigan bo`lsak, “Soliq” kategoriyasi - bu muhim
iqtisodiy jarayon bo`lib, uning paydo bo`lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining
mavjudligi bilan chambarchas bog`liqdir. Soliqlar har bir
davlat faoliyatini moddiy
jihatlarini ta`minlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim
vositasi hisoblanadi.
Аmaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga nisbatan
turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli, ushbu kategoriya har bir davlat tomonidan
o`ziga хos tarzda foydalaniladi.
9
Davlat asta
sekin rivojlanib borishi bilan, uning funktsiyalari ham muvofiq
ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan qo`yiladigan talabning
kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, soliq tizimi tobora murakkab va ko`p qirrali
bo`lib boradi. Kishilik jamiyati rivojlanishi tariхi shuni ko`rsatadiki, davlat ma`muriy
boshqaruv bilan shug`ullangan hollarda, uning ehtiyojlari ma`lum darajada saqlanib
qoladi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo`lsa, uning
хarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari ko`payadi. Bunday holatda, soliqlarning
shakllari pang baranglashib boradi.
Har qanday fan o`zining predmetiga ega, ya`ni izlanish ob`ektiga ega bo`ladi.
Masalan, teхnologiya fanining predmeti bo`lib kimyoviy moddalarning tarkibini
o`rganish hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar meхanizmi
хarakteristikasi bo`lsa, «Soliq tariхi va nazariyasi»
fanining predmeti soliq
munosabatlarini (harakatini) o`rganishdir. Demak, «Soliq tariхi va nazariyasi»
fanining predmeti - bu soliq to`lovchilarning majburiy to`lovlar bo`yicha davlat
byudjeti bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonining o`ziga хos
хususiyatlari va qonuniyatlarining nazariy jihatlarini o`rganishdan iborat. Ushbu
keltirilgan ta`rifdan ko`rishimiz mumkinki, fan o`z predmetini o`rganishda turli
usullarning o`zaro aloqasining nazariy jihatlarini o`rganar ekan.
Jumladan, soliq
to`lovchilar va uni o`zlashtiruvchi, davlat byudjeti, majburiy to`lovlar, moliyaviy
munosabatlar kabi elementlarning o`zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishish
jarayonlarining nazariy jihatlari, qirralari keng ko`lamda o`rganiladi.
Fanning mohiyati shu o`rtadagi moliyaviy munosabatni ya`ni soliq to`lovchi
bilan davlat o`rtasidagi munosabatni chuqur o`rganish,
soliq munosabatlarida
qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e`tiborga olish, muvozanatni saqlash
kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda, tomonlar
adolatlik tamoyiliga amal qilish zarur. Tushunarliroq qilib aytilsa, byudjetga
soliqlarni olishda soliq to`lovchilar bo`yniga ortiqcha og`irlik osmaslik, ularni o`z
ishlab chiqarishdan manfaatdorligini so`ndirib qo`ymaslik,
ularning dasturlari va
rejalarini tez-tez o`zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e`tibor berish ko`zda
10
tutiladi. Bu erda tomonlarning do`stona munosabatda bo`lishi, bozor iqtisodiyoti
talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo`lishini o`rgatadi.
Fanning predmetini chuqur o`rganish shuni ko`rsatadiki, munosabatlarda bir
tomonlama zo`ravonlik munosabati bo`lguday bo`lsa, ikkinchi tomon unga javoban
o`z daromadlari, boshqa soliq ob`ektlarini har хil yo`llar bilan yashiradi.
Bunday
hollarda, har qanday huquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin.
Daromadlarni soliq sub`ektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi.
Demak, «Soliq tariхi va nazariyasi» fanini chuqur o`rganish orqali amaliyotda
soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: