Standart funksiyalar.
T/r
Matematik ko‘rinishi
C++ dasturida yozilishi
1.
| |
Abs(x)
2.
Pow(x,2)
3.
Pow(a,k)
4.
√
Sqrt(x)
5.
√
Exp(x*log(x)/n)
6.
lnx
Log(x)
7.
Cosx
Cos(x)
8.
tgx
Sin(x)/cos(x)
9.
log(x)/log(a)
10.
2,3
2.3
1-misol. Quyidagi berilgan matematik masalani C++ dasturlash tilida yozing:
√
Yechilishi: pow(x,2)/2.3 –exp(log(x)/n)+sin(x).
III.3. Dasturlash tillarini
o‘qitishda multimediya texnologiyalaridan
foydalanish
Ko‘pgina mualliflar informatikani o‘qitishda yangilarni ishlatishni strategik
muhimligini ta’kidlaydilar. Ta’limning kompyuterizatsiyalash muammolariga
bag‘ishlangan maxsus konferensiyalar tashkil etilmoqda. Ta’limda multimedia
vositalarini qo‘llash eng muhimdir.
80
Multimedia - bu multimedia axborot texnologiya vositalari bo‘lib (MIT)
kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida ma’lumot almashishning turli kanallarini bir
vaqtda ishlatishga yo‘l ochib beradi. Chunki multimedia o‘qitish jarayonida
ma’lumotlarning barcha kanallarni ishga soladi, xotiraning barcha turlarini
maksimal darajada ishlatadi.
Kompyuter o‘qitishiga bag‘ishlangan mavzular bo‘yicha maqolalar soni
nashriyotda ortib bormoqda, ilmiy jamoalar axborot texnologiya va ta’lim
jarayonini o‘zaro ta’sirini ko‘rib chiqishmoqda.
Kompyuterni o‘qitish vositasi yoki interfaol ekspert sifatida ishlatishga
bag‘ishlangan taqiqotlar olib borilmoqda. Ta’limda ko‘p maktablar multimedia
vositalari bilan jihozlangan kompyuterning oxirgi avlodlarini qo‘llashmoqda
ta’limda kompyuterdan foydalanish qimmatbaholigiga qaramay aslida
ma’lumotlarning uzatilish sifati uning yangilanish va qo‘shimchalar kiritilishi
arzonligi kompterni kutubxona, audio-video sifatida qo‘llash, shubhasiz
boshlang‘ich harajatlarni barchasini o‘n barobar qoplaydi.
Entuziaet - o‘qituvchilar multimedia vositalari yordamida informatika
darslarni mustaqil ishlab chiqib dars o‘tishmoqda ammo maktabga informatikaga
o‘qitishga multimedia vositalarini asoslangan, samarali metodika zarurdir, chunki
u zamonaviy informatika sohasidagi bilimlardagi muammoni hal etish kerak.
Dasturlash asoslari fani o‘qituvchilari o‘z amaliyotida (faoliyatida) umumiy
dasturlash tillarini o‘qitishda darslarni ko‘rgazmalilik va yetkaza olish prinsiplarini
amalga oshrish muammolariga duch keladi. Bu muammolar sababi bo‘lib, tasviriy
ko‘rgazmalilikning an’anaviy vositalarini deyarli samarali emasligi ularning past
dinamikligi kuzatiladi, bu esa o‘quvchilar tomonidan materialni yaxshi
o‘zlashtirishga xalaqit beradi.
Ta’lim muassasalari rivojlanishi uchun o‘qitishning insonparvarlashtirish va
differensiallash xususiyatlari xosdir. Multimedia vositalari bilan o‘quv jarayoni
yetarlicha jihozlanganini o‘qitishning indivudiallashtirishini kuchaytirishga olib
keladi.
81
Boshqa tomondan, dasturlash asoslari fanini uzluksiz rivojlanishi bilan birga
ilmiylik prinsipi dasturlash ta’limini mazmunini doimiy tahlildan o‘tkazishini talab
qiladi. Bu masalani tez va ososn yechish uchun ma’lumotlarni elektron
tashuvchilari va zamonaviy telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash maqsadga
muvofiqdir.
Multimediali o‘qitish prinsiplari ko‘pincha dasturlashtirilgan o‘qitish
nazariyasidan o‘zlashtirilgan, shuning uchun bu muammoni kengroq ko‘lamda
ko‘rib chiqamiz. Dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyasi AQSHda 50-yillarda paydo
bo‘lgan uning muallifi professor B.F Skinper (psixologiyani o‘qitish sohasi
bo‘yicha mutaxassis) o‘quv jarayonini boshqarish samaradorligini o‘rgatish
jarayoni haqidagi ilmiy ma’lumotlarga to‘liq muvofiqlikda ko‘rish orqali taklifni
kiritgan. Bizning mamlakatimizda dasturlashtirilgan o‘qitish bo‘yicha birinchi
ilmiy ishlar A.A.Abduqodirov, N.I.Taylakov, Q.T.Olimovlar tomonidan ma’lum
qilingan.
Dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalari sobiq ittifoq pedagoglari va olimlarini
jalb qilgan. Bu g‘oyalarda ular ittifoq maktabining oldida mavjud bo‘lgan dolzarb
muammolarni yechishda potensial imkoniyatlarni ko‘rishgan. Bahorda 1962 yili
YUNESKO yig‘ilishida dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalari variantida amerikalik
psixolog va pedagoglarning g‘oyalari, qarashlari va tajribasi ustun bo‘lgan sobiq
ittifoq mamlakatida dasturlashtirilgan o‘qitishning yangi pedagogik g‘oyalari
paydo bo‘lishi sovet kibernetikasi rivojlanishi boshlanishi bilan bir vaqtda bo‘lib
qoldi va u pedagogikaga kibernetika, mantiq, statistika g‘oyalari va metodlari kirib
kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular butun pedagogik jarayonni boshqara oladigan
tizim nuqtai nazaridan qarashga yo‘l ochib berdilar va shu bilan birga uning eng
nozik tomonlarini aniqlashga yordam berdi. O‘qitishning optimallashtirish
muammolari bo‘yicha tadqiqotlar o‘quv jarayoni tahlilining aniq statistik metodlari
pedagogikada keng qo‘llanishiga olib keldi. Bu metodlar o‘qituvchi va o‘quvchi
mehnati qo‘yilgan maqsadga qay darajada erishilishiga nisbatan ob’ektiv
qarashlarga imkon berdi. Erishilgan natijalar tahlili va o‘quv materiali va uning
82
o‘zlashtirilishi bo‘yicha eng samarali xabar berish metodlarni ishlab chiqishga
yordam beradi.
Dasturlashtirilgan
o‘qitishga
bir
qator
yutuqlarni
keltirishgan:
individualizatsiyalash
(individuallashtirish)
va
differensiatsiyalash
o‘quv
jarayonini boshqarishning ilmiy tashkil etishi va bundan kelib chiqib, - uning
samaradorligini oshirish. Multimedali o‘qitish ham shunday yutuqlarga oib
kelishini taxmin qilishimizga yo‘l beradi. Dasturlashtirilgan o‘qitishni mazmun-
mohiyatini ko‘rib chiqib, o‘quv materialining mazmuni va strukturasini yaxshilash
bo‘yicha bir qancha savollarni ko‘rib chiqish zarurdir. Bu savollar o‘quv jarayonini
optimallashtirishga, uni boshqarish uchun dastur tuzish bo‘yicha, uni o‘rganish va
o‘zlashtirish usullarini optimallashtirishga yordam beradi.
Dasturlashtirilgan o‘qitishda o‘quv jarayonining barcha elementlari ilmiy
asoslanganlikni taqozo etadi. Chunki o‘qitish – bu o‘quvchi va o‘qituvchining
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan faoliyati jarayoni, unda bevosita bo‘lgan aloqani aniqlash
mumkin. Bevosita aloqa o‘quv jarayoni payti va o‘quvchilarning tarbiyasida
o‘rnatiladi. Qayta bo‘lgan aloqa o‘quv mazmunini sifati, chuqurligi,
mustahkamligi haqidagi ma’lumotlarni olishga yordam beradi.
Dasturlash tillarini multimedia texnologiyalaridan o‘qidarslarni asosan
Ashampoo Snap va AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Ashampoo Snap – bu dastur keng miqyosdagi audio-visual qo‘llanma
fayllarni: namoyishlar “презентация”, ko‘rgazmali materiallar, audio-visual
qo‘llanma darslarning slaydlarini yaratish uchun xizmat qiladi. Asosiy
funkciyalari:
ekrandan audio va audio-visual qo‘llanma fayllarini yozib olish;
taxrirlash, loyiha yaratish;
diskga yozish;
AVI, FLV, PPT fayllari formatlarini qollash.
Ashampoo Snap dasturi kompyuter ekranidagi harakatlar, mikrofondan
ovozlarni yozadi hamda kompyuterlar tushunadigan audio-visual qo‘llanma fayllar
83
formatiga o‘girib beradi. Bu vositalardan Ashampoo Snap dasturi o‘zining
interfeysi, juda ko‘plab formatlari, audio-visual qo‘llanma fayllarga turli xil
belgilar va izohlar qo‘yilishi hamda dastur yordamida audio fayllarni ham yaratish
mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib ko‘rsatish
imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli audio-visual qo‘llanma darslar
yozuvchi dastur sifatida Ashampoo Snap dasturi tanlandi.
Ashampoo Snap dasturi tasnifi. Ashampoo Snap dasturi ekranda bo‘layotgan
jarayonlarni saqlab qoyish uchun ishlatiladi. Dastur to‘rtta yordamchi qismlardan
iborat:
MenuMaker;
Player;
Theater;
Recorder.
Dasturning asosiy qismi, shubhasiz, Ashampoo Snap Recorder hisoblanadi.
Barcha darslar aynan shu dastur yordamida yaratildi. Ashampoo Snap dasturi
oynasining pastki qismida timeline deb nomlanuvchi ishchi stoli mavjud bo‘lib, u
orqali audio va audio-visual qo‘llanma fayllar ustida turli xil amallarni bajarish
mumkin. Bular jumlasiga fayllarni bir- biriga bog‘lash, keraksiz qismlarni qirqib
tashlash kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo‘lgan
fayllar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi «Корзина клипов» (Clip Bin) qismi joylashgan.
Shu fayllarni o‘ng tarafdagi audio-visual qo‘llanma pleyerda ko‘rish mumkin. Bu
kichkinagina Ashampoo Snap Player dasturi faqatgina bitta vazifani bajaradi-AVI
fayllarini namoyish etadi. Ta’lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, buning uchun foydalanuvchi uchun navigatsiya
menyusini yaratish kerak bo‘ladi. Bunday navigatsiya interfeysini AutoPlay Media
Studio dasturi yordamida hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida vizual
ob’ektlarni qo‘llagan holda mukammal navigatsiyani yaratish mumkin. Interfeysda
hosil bo‘ladigan har bir sahifa xuddi veb sahifalar kabi ko‘rinishga ega bo‘lib,
sahifalardagi ob’ektlarda turli-xil amallarni belgilash mumkin.
84
Autoplay Media Studio - Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga
birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusini hosil
qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi. Multimedia
texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media
Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay
interfeysni taqdim etadi.
Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilin-
maydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir
nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin. Bunda
amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy
vositasi tarkibida tayyor ob’ektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi,
tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi
vosita, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi
qator funksional ob’ektlarni kiritish mumkin. Amaliy dasturlarga oid grafik
qobiqlarni yaratish va uni avtomatik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio
barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq
disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi
qoladi. 2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corporation kompaniyasi Autoplay
Media Studio 7.1 versiyasini iste’molga chiqardi [42].
Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java,
Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta
ishlash mumkin. Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar
daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash ob’ektlarni nafaqat tez
yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi
oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy
shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png
kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi. Qolaversa, ma’lumotlarni CD
uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi
Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini
ko‘rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi
85
arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.
Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan.
Dasturning bu xossasi uning “Label”, “Paragraph” va “Button” kabi ob’ektlari
bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to‘liq versiya bilan o‘rnatilgan
bo‘lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta
hajmdagi lug‘atlar bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0
ning yangi versiyasi quyidagi im- koniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan:
1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multi- media-
ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish;
2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va
boshqalarni biriktira olish xususiyati;
3. Web-ilovalarni yaratishga mo‘ljallangan mukammallashgan instrumentlar;
4. XML, SQL va shifrlash mexanizmalari bilan ishlay olishi;
5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
6. Slide-show bilan ishlash imkoniyati;
7. Matn rangini o‘zgartirish uchun “RadioButton” ob’ektining mavjudligi;
8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;
9. Ob’ektlarni formatlash imkoniyati;
10. Kalit so‘zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hk.
AutoPlayda ssenariylar yozish. Agar ishchi sohadagi (aniqrog‘i sahifadagi)
biror ob’ekt bajarishi kerak bo‘lgan funksiyani xossalar panelidan foydalanib
belgilamoqchi bo‘lsak, u holda bitta ob’ekt uchun faqat bitta funksiya biriktiriladi,
xolos. Ammo real sharoitda bitta ob’ekt bir nechta funksiyani bajarishiga zaruriyat
tug‘ilib qolishi mumkin. Bunday sharoitda vaziyatdan chiqish uchun xossalar
panelidan tanlangan funksiyani bekor qilish va har bir funksiya uchun alohida-
alohida ssenariy (script)lar yozish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, bir
sahifaga audio musiqani qo‘yib, boshqa sahifaga o‘tganda musiqani o‘chirish
uchun uning “On Show” hodisasiga oid quyidagicha ssenariyni yozish mumkin:
Audio.Load(0, "AutoPlay//Audio//01.ogg", true, false);
86
Bunda: true – sahifa ochilishi bilan audio musiqa ishga tushishini, false esa
boshqa sahifaga o‘tganda bu audio musiqaning davom etmasligi yoki
takrorlanmasligini bildiradi.
Bundan tashqari, sahifaga Tree ob’ekti joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. U
holda bu Tree ob’ektidan foydalanganda uning tarmoqlarini ishga tushirish uchun
quyidagi ssenariyni yozish mumkin:
If Tree.GetNode("Tree1", "1.1").Selectedthen
Page.Jump("PgWebMavzu1");
elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.2").Selected then
Page.Jump("PgWebTest");
End
Bu ssenariyga binoan, Tree ob’ektining 1-darajali tarmog‘ida turgan 1-satr
belgilanib, sichqonchaning DoubleClick hodisasi ishlatilsa, u holda “PgWeb-
Mavzu1” nomli sahifa yuzaga keladi.
Agar Tree ob’ektining 1-darajali tarmog‘ida turgan 2-satr belgilanib, ikki
marta sichqoncha chap tugmasi bosilsa (ya’ni sichqonchaning DoubleClick hodisa-
si ishlatilsa), u holda “PgWebTest” nomli sahifa yuzaga keladi.
Shuningdek, biror buyruq tugmasi (Button)ni bosish orqali biror .exe faylni
ishga tushirish kerak bo‘lsa, u holda ssenariy quyidagicha yoziladi:
Shell.Execute("AutoPlay\\Docs\\MyProg.exe", "", "", SW_NORMAL, true);
Ba’zida turli variantlarda turli muloqot oynasini yuzaga keltirishga oid
tarmoqlanuvchi algortmni yozishga to‘g‘ri keladi. Masalan, bosh sahifa ishga
tushishidan oldin parol so‘ragan kabi “InputBox” dastlab ekranga chiqishini
xohlasangiz, u holda bosh sahifaning “Preload” bandi uchun quyidagi scriptni
yozish kifoya:
1. name = "";
2. while (name ~= "CANCEL") and (name == "") do
3. name=Dialog.Input("Diqqat", "Ismi sharifingizni kiriting:");
4. if name == "" then
87
5. result=Dialog.Message("Xato!", "Ma’lumot kiritmadingiz!", MB_OK,
MB_ICONEXCLAMATION, MB_DEFBUTTON1);
6. elseif name =="CANCEL" then
7. name=Dialog.Input("Personal Information", "Bu yerga muallifning ismi
sharifi kiritiladi:");
8. end
9. Paragraph.SetText("Paragraph5", name);
10. end
Ssenariy (Script) yozishda asosiy e’tibor ob’ekt ustida yuzaga keladigan
hodisaga qaratiladi.
AutoPlay Media Studio 7.0 da ssenariy yozish birmuncha murakkabroq ish,
ammo har qanday takrorlanuvchi vaziyatlarda ssenariy tarkibini kichraytirish yoki
soddalashtirish maqsadida golabl ssenariylar yozish imkoniyatini taqdim eta oladi.
Buning ma’nosi shuki, ssenariy ishchi sohada yoki boshqacha aytganda, loyihaga
tegishli barcha sahifalar uchun umumiy kuchga ega bo‘lgan global ssenariy
bo‘lishi mumkin, yoki faqat bitta sahifa uchun kuchga ega bo‘lgan chegaralangan
ssenariy bo‘lishi mumkin. Chegaralangan ssenariylar loyiha tarkibidagi boshqa
sahifaga o‘tganda o‘z kuchini yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |