108
daueks -50 va boshqalar) ionogen guruh sifatida qarama-qarshi ion
sifatida vodorod ionini saqlagan sulfoguruh
hisoblanadi.
Birinchi turdagi kationitlar kabi, anionitlarning almashinish sig„imi
eritmaning рН qiymatiga bog„liq emas.
Bu turdagi anionitlarning
matritsasida eritmadagi anionlarni osonlik bilan gidroksil guruhlariga
almashtiruvchi -N-guruhlar mavjud. Ularga AV-17, amberlit IRA-400
, daueks-1 va boshqalar kiradi.
Ikkinchi turdagi ionitlar kuchsiz kislota va asos xossalarini
namoyon etadi.
Ikkinchi turdagi kationitlarning almashinish sig„imi
kislotalik muhitda
amalda nolga teng. Almashinish sig„imining qiymati eritmaning рН
qiymati oshgan sari ortib, eritma tarkibidagi kationit konsentratsiyasi va
uning tabiatiga bog„liq. Sorbit ionlar sifatida kuchli kislotali muhitda
ionlarga ajralmaydigan
kuchsiz kislotalarning
–
ionlari kiradi.
Bunday guruhlarni KB-2, KB-4, ST-1, amberlit IRS-50, vaforit va
boshqa ionitlar saqlaydi.
Kuchsiz anionitlarda sorbit guruhlar sifatida
guruhlari ishtirok etadi.
Ularning almashinish
sig„imi eritmaning pH qiymatiga bog„liq. Ikkinchi tur anionitlariga
EDE-10P, AN-2F, FN-1, amberlit IR-4B va boshqalar kiradi.
Uchinchi tur ionitlariga kuchli va kuchsiz kislota yoki kuchli va
kuchsiz asos aralashmasi xossasini nomayon etadigan ionitlar kiradi.
Ularning matritsasida bir vaqtning o„zida
kuchli va kuchsiz kislotali
yoki kuchli va kuchsiz asos xossasini nomayon etadigan guruhlar
mavjud.
To„rtinchi tur ionitlarga xos bo„lgan xususiyat – рН yoki рОН
qiymatining ko„tarilishi bilan hajmiy almashinish sig„imining
oshib
borishi ( 19 - rasm). Ularning matritsa tarkibida kuchlilik darajasi har
xil bo„lgan kislota yoki asoslar qoldiqlari bo„ladi. Bunday ionitlarga loy,
tuproq yoki ba‟zi bir minerallar misol bo„la oladi.
109
19-
rasm. Eritma almashinish sig‘imining eritmaning рН yoki
рОН qiymatiga bog‘liqligi
1- 1 tur ionitlar; 2- 2 tur ionitlar; 3- 3 tur ionitlar; 4- 4 tur ionitlar
Statik sharoitlarda ( ionit shimdiriladigan eritma bilan chayqaladi)
hisoblab chiqilgan almashinish sig„imiga statik almashinish sig„imi
(SAS) deyiladi. Dinamik sharoitlar ( ionit orqali shimdiriladigan eritma
oqimi o„tkaziladi) hisoblab chiqilgan almashinish sig„imiga dinamik
almashinish sig„imi (DAS) deyiladi. DAS qiymati kolonkadan birinchi
bo„lib sizib chiqayotgan shimdirilayotgan ionni aniqlash bilan topiladi.
Ion-almashuvchi ionitlarning yuqori xossalarini
sobit ionlarning
turi va sonini o„zgartirib yoki bo„lmasa matritsa tuzilishini o„zgartirib
amalga oshirish mumkin.Ionitlarni nomlashda umumiy holatlarni ko„rish
mumkin: K –kationit, A – anionit, KF – fosforli kationit va hokazo.
Ba‟zi bir ionitlarning nomlari ularni sintez qilishda ishlatilgan
boshlangich moddalar nomidan kelib chiqqan. Masalan: SDV (St-DVB)-
stirol va divinilbenzol, yoki EDE –etilendiamin va epixlorgidrin. 3 -
jadvalda ion-almashinish xromatografiyasida qo„llanilayotgan ba‟zi
ionitlarning xossalari keltirlgan.
3-jadval
Ba‟zi
ionitlarning xususiyatlari
Sorbent
Asos
Funksional guruh
Adsorbosfer AX
Silikagel
Sulfoguruh
Adsorbosfer SX
Silikagel
Ammoniy guruhi