Tekis nanopanjara qayriladigan holatga olib kelindi. DNK
molekulasini harakatchanligi tufayli nanopanjara qattiqligi aynan
shoxlanadigan nuqtada pasayadi. Mana shu xususiyat tufayli, bunday
nanopanjaralami yengil qayriltirish mumkin bo‘ladi. 1991-yili N. Siman
DNK molekulasidan qovurg‘ali kub
hamda oktaedrlar shaklidagi
nanostrukturalar yaratishga erishdi (50-rasm).
50-rasm. N. Simanning DNK asosida yaratgan nanostrukturalari (chapda
-
kub shaklidagi struktura, о ‘ngda- oktaedr shaklidagi struktura).
«Yopishqoq» uchi tepadan ko'rinib turgan tekis uchburchak DNK
strukturasini bogMash orqali, uchlamchi kristall nanostrukturalar olish
mumkin (5 1-rasm).
DNKni dastlabki
fragm enti
Asoslar juftligi
51-rasm. DNK ni uchburchak strukturasidan tayyorlangan konstruksiya.
Keyingi yillarda, DNK asosida uchlamchi strukturalar olish
texnologiyasini yaratish bo‘yicha olib boriladigan
tadqiqotlar jadallashib
ketgan. Shunday ishlardan biri, yaqinda DNK dan yaratilgan quticha
bo‘lib, u kerakli vaqtda ochilib - yopilish xususiyatiga ega. Kelajakda
bunday strukturalar nanoo‘lchamdagi elektron qurilmalar yaratish va
dorivor moddalarni organizmning kerakli nuqtasiga yetkazib beruvchi
sistemalar yaratish maqsadida ishlatiladigan bo‘lsa ajab emas. DNK aso
sida yaratilgan nanokonstruksiyalardan amaliyotda foydalanish bo‘yicha
bajarilgan dastlabki
urinishlar kutilmaganda, uni imkoniyatlari chegara-
langan ekanligi bilan to‘qnash keldi. Bu imkoniyatlami kengaytirish uchun
DNK zanjiriga yoki nanostrukturalarga boshqa moddalarni atomlari yoki
molekulalarini kiritish zarur ekanligi m a’lum bo'ldi (52-rasm).
52-rasm. Oltin bo ‘lakchalari yordamida DNK strukturasidan tayyorlangan
konstruksiya.
Ma’lum moddalarni molekulalarini tanib, ulami ro‘yxatga oladigan
bunday
murakkab
nanokonstruksiyalardan
biodatchiklar yaratish
mumkin. 1996-yilda bu sohada dastlabki natijalarga erishilgan. Tadqi-
qotchilar «quruvchi blok» sifatida kolloid holatdagi oltinni nanobo1 lak-
chalariga bog'langan sintetik DNK ni bir zanjirli fragmentlarini muvaf-
faqiyatli ishlatishga erishganlar. Bunday «bloklardan» nanokonstruk
siyalar olingan. Bunday nanostrukturalarda oltin zarrachalari bir-
birlaridan ma’lum uzoqlikda joylashgan boiadi. Masalan, DNK ni qo‘sh
spiralining aylanmasi 3-4 nm ga teng bo‘lgan masofada, oltinni
nanobo‘lakchalarini birdaniga DNKni bir
necha fragmentlari bilan
qo‘shilganda,
oltin
atomi
tartibli,
navbatma-navbat joylashgan
uchlamchi nanostrukturalar hosil qilishi mumkinligi aniqlandi.
DNK dan tuzilgan nanostrukturalami ichiga nafaqat oltin, balki
boshqa metallar, masalan, kumush joylashtirish mumkin. Metallami
bunday joylanishi DNK asosidagi nanokonstruksiyalaming
elektr
o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi. Bu xususiyat esa, DNK asosidagi
nanostrukturalardan biodatchiklarda va boshqa elektronli uskunalarda
foydalanish imkonini beradi.
DNKdan trubkaga o‘xshagan strukturalar -
Do'stlaringiz bilan baham: