Satr literallari
Pythonda satrlar bilan ishlash juda ham qulay. Bir nechta satr literallari mavjud bo‘lib, biz hozir ularni ko‘rib chiqamiz.
Apostrof va qo‘shtirnoqlar ichidagi satrlar
S = 'spam"s'
S = "spam's"
Apostrof va qo‘shtirnoqlar ichidagi satrlar bir-biridan farq qilmaydi. Bunday 2 xil variantning mavjudligiga sabab – satr literallarida qo‘shtirnoq yoki apostroflarni ekranlashtirish belgilarisiz qo‘llash imkonining mavjudligi.
Ekranlashtirilgan ketma-ketliklar – xizmatchi simvollar
Ekranlashtirilgan ketma-ketliklar klaviatura orqali kiritish qiyin bo‘lgan simvollarni kiritish imkoni-yatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |