2.Purinning fizik va kimyoviy xossalari.
Purin va uning hosilalari — rangsiz kristall moddalardir. Gidroksiva minohosilalari molekulalararo vodorod b o g iar ta ’sirida kam eruvchan, qiyin suyuqlanadigan birikmalar hisoblanadi. Purin 10 ta rc-elektronli bogiangan sistema hosil qiladi, oksidlovchilar ta’siriga chidamli. Purin amfoter birikmadir, kuchsiz asos (pKBH+=2,4, imidazol azoti bo‘yicha protonlanadi) va kuchsiz NH-kislota (pKa=8,9) dir, 9-holat bo‘yicha alkillanadi. Gidroksipurinlar tautomer birikmalar boiib, okso-shaklida mavjud boiadi, kuchsiz NH-kislotalar hisoblanadi. Purinning galogenli hosilalari gidroksi- va aminopurinlami nukleofil o‘rin olish reaksiyalari orqali olishda boshlang‘ich moddalar sifatida ishlatiladi. Masalan, siydik kislotasi va POCl3 dan olinadigan 2,6,8-trixlorpurin purin hosilalarini olishdaishlatiladi
Pirimidin va uning hosilalari. Ikki geteroatomli olti a’zoli geterosikllarning eng muhimi pirimidindir. Pirimidin yadrosi nuklein kislotalar, vitaminlar, lkaloidlar va dorivor moddalar tarkibiga kiradi Pirimidin rangsiz kristall modda bo‘lib, 22°C da suyuqlanadi va 124°C da qaynaydi, suvda yaxshi eriydi. Pirimidin kuchli kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Elektrofil almashinish reaksiyalari pirimidinga (piridinga o‘xshash) qiyin ketadi va reaksiyalar 5- holatdagi vodorod hisobiga boradi. Nuklein kislotalar kimyosida pirimidinning gidroksi va aminohosilalari bo‘lgan uratsil, timin va sitozinlar katta ahamiyatga egadir Kristall holatdagi uratsil, timin va sitozinlar laktam shaklida mavjud bo‘ladi, bunday shaklda bo‘lishligi bir qator fizik-kimyoviy metodlar yordamida aniqlangan. Bu uch birikma yuqori temperaturada suyuqlanadigan (300°C dan yuqori), suvda yaxshi eriydigan moddalardir, ular sintetik usullar bilan ham olingan
3.Purin birikmalari va ularning molekula tuzilishi
Benzol halqasidagi ikkita uglerod atom ini boshqa atomlarga almashinishi natijasida tegishli geterosiklik birikmalar hosil boiadi. Bunday birikmalar ichida eng ahamiyatlilari piridazin, pirimidin, pirazin va kondensirlangan purin sistemasi hisoblanadi K ondensirlangan geterohalqali birikm alardan eng m uhim i punndir. U ikki geteriatomli pirim idin (olti a’zoli) va im idazol (besh a ’zoli) balqalan dan tarkib topgan:
Purin sistemasi kondensirlagan pirimidin va imidazol halqalaridan iborat. Tuzilishi jihatdan naftalinga o‘xshaydi. Purin sistemasidagi atomlar umumiy qoidalardan boshqacha tarzda raqamlanadi. Purin tautomer sistemadir, kristall holatda vodorod atomi 7-holatda bo‘lish ehtimoli ko‘proq.
Purin sistemasini hosil qilish uchun odatda pirimidin hosilalaridan foydalaniladi. Purin va uning hosilalari 5,6-diam inopirim idin yoki uning gidroksihosilalaridan olinadi.
Boshlang'ich modda sifatida aminogidroksipirimidinlar, aminobarbitur kislotasi olinishi mumkin
Purinning oksi- va aminohosilalari qiyin suyuqlanadigan kristall birikmalar, chunki ular vodorod bog‘lari hisobidan kuchli asso tsiatlar hosil qiladi. Purin hosilalari suvda yomon eriydi, ammo asoslarda yaxshi eriydi. Ulardan ksantin, adenin va siydik kislotalari tirik organizm uchun katta ah am iyat kasb etadi. Siydik kislotasi tirik organizmlardagi purin tutgan m oddalar almashinuvining oxirgi m ahsuloti bo‘lib, siydik bilan tirik organizm dan ch iqariladi. Ksantin yoki 2 ,6 -d io k sip u rin hayvon to ‘q im alarid a, q o n id a , siyd ik toshida, o‘simliklardan choy tarkibidabo‘ladi. Ksantin kuchsiz asos xossali, kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Uning azot atomlari bo‘yicha metillangan hosilalari markaziy asab tizim ini qo‘zg‘atuvchi vositalar sifatida tibbiyotda keng ishlatiladi. Teoflllin (1-m etilksantin) choy bargi tarkibida uchrasa, teobromin yoki 3,7-dim etilksantin kakao mevasida 1,8 % gacha uchraydi va undan ko‘p miqdorda olinadi. Kofein kofeda 3 % choy bargida 5 % gacha b o lad i. Kofein m arkaziy asab tizimini qo‘zg‘atuvchi va yurak faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida kundalik turm ushda va tibbiyotda keng ish latilad i. Bundan tashqari, siydik haydashni yaxshilaydi, am m o teoflllin va teobrom inga nisbatan bu xususiyati ancha zaifroq
Adenin va guanin nuklein kislotalari tarkibiga kirad i. Bundan tashqari, adenin bir qator koferm entlarning tarkibiy qism idir. Pirim idin hosilalari singari adenin ham tabiatda riboza va dezoksiribozaning N -glikozidlari (adenozin) va n u kleo tid lar (adenozinm 'onofosfat, adenozindifosfat va adenozintrifosfat) sifatida uchraydi. Adenozintrifosfat (ATF) polifosfat bog‘- lari en ergiyasi va tirik tabiatda keng tarqalganiga ko‘ra hayvonîar va o‘simliklarning asosiy energiya manbayi hisoblanadi. ATF muskullar faoliyatida muhim o‘rin tutsa, adenin nukleotidlari nuklein kislotalar tuzilishida ishtirok etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |