Punktuatsiya


О‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

5. О‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar.
48
 
О‘lchov-daraja ergash gaplar bosh 
gapdan anglashilgan harakat-holatning qay darajada, qancha miqdorda ro‘y berishini anglatadi, 
voqea-hodisani uning hajmi va darajasiga ko‘ra o‘lchab ko‘rsatadi. Masalan: 
Chuqur qancha ko‘p 
bo‘lsa, aravakash ham shuncha notinch bo‘ladi.
(A.Q.)
О‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapda ham, bosh gapda ham miqdor-
darajaning bir xilda ekanligi, ularning barobar darajada ortishi yoki kamayishi aks etadi. Masalan: 
U kuchanib qancha qattiq puflasa, pilik shuncha lovullab yonardi
. (O.)
О‘lchov- daraja ergash gaplar bosh gapga quyidagi biriktiruvchi vositalar yordamida 
bog‘lanadi: 
-sa:
 
Mehnat qancha qiyin bo‘lsa, samarasi shuncha shirin bo‘ladi
. (R.F.) 
-gan (-gani) + sayin // sari:
Biz qanchalik ko‘p yo‘l yurgan sayin, manzil shunchalik 
uzoqlashganday bular edi. 
(S.Ahm.)
-
ki
:
Konvert ustidagi adreslar ham, ism, familiyalar ham shunday chiroyli qilib yozilganki
har qanday kishining havasi keladi
. (R.F.)
О‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar havola bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra 2 turli 
bo‘ladi: 1. Ikki havola bo‘lakli gaplar. 2. Bir havola bo‘lakli gaplar.
49
Ikki havola bo‘lakli gaplarda bosh gapda ham, ergash gapda ham havola bo‘laklar qo‘llanadi. 
О‘zbek tilida gapning bu turi nisbatan keng tarqalgan. Havola bo‘lak vazifasida o‘zaro 
qarshilantirilgan 
qancha-shuncha, qanchalik-shunchalik, qay darajada-shu darajada, nechog‘lik-
shunchalik//shuncha
so‘zlari qo‘llanadi. Masalan: 
Qanchalik omading yurishsa, shunchalik seni 
jini suymaydiganlar ko‘payadi.
(N.Q.)
46
Asqarova M. Ravish ergash gapli qo‘shma gaplar // G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –
Toshkent: О‘qituvchi, 1987. - B. 196- 198. 
47
Abdurahmonov G‘. О‘zbek tili grammatikasi. - Toshkent: О‘qituvchi, 1996. - B. 212- 213. 
48
Eslatma. Masalaga oid ayrim tadqiqotlarda o‘lchov- daraja ergash gapli qo‘shma gaplar qo‘shma gapning 
alohida turi sifatida ajratilmaydi. G‘. Abdurahmonov bu turdagi gaplarni «Umumlashtiruvchi – izoh ergash gapli 
qo‘shma gaplar» yoki «Qiyoslash mazmuni ifodalangan ergash gapli qo‘shma gaplar» tarkibida tekshiradi. Qarang. 
Abdurahmonov G‘. Qo‘shma gap sintaksisi asoslari. - Toshkent: О‘zFA, 1958. - B. 209- 212; Shu muallif. О‘zbek tili 
grammatikasi. - Toshkent: О‘qituvchi, 1996. –B. 219 - 220. 
49
Qarang. N.Mahmudov. О‘lchov - daraja ergash gapli qo‘shma gaplar // Nurmonov A., va boshqalar. О‘zbek 
tilining mazmuniy sintaksisi. - Toshkent: Fan, 1992. - B. 289.


54 
Bir havola bo‘lakli gaplarda faqat bosh gap tarkibida havola bo‘lak qo‘llanadi. Havola 
bo‘lak vazifasida 
shunday, shu darajada, shu qadar, shunchalik 
so‘z va birikmalari keladi. 
Masalan: 
О‘shanda shu qadar o‘lgim kelganki, buni so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi
. (N.Q.) 
О‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik deyarli 
kuzatilmaydi. Chunki bunday qo‘shma gaplarda ifodalangan har bir denotativ voqea gap sintaktik 
strukturasiga muvofiq bo‘ladi.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish