Punktuatsiya



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

«Qozonga nima tushsa»
gapi ergash gap vazifasida qo‘llangan. Bu ikki gap 
-sa
shart 
mayli ko‘rsatkichi orqali o‘zaro bog‘langan. 
Ergash gap bosh gapga tobelansa-da, ba’zan unga nisbatan mustaqillik xarakteriga ega 
bo‘ladi. Ergash gapdagi mustaqillik, ayniqsa, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gapli 
qo‘shma gaplarda kuzatiladi. Masalan, 
«Shuni bilginki, seni Vatan kutadi»
gapida 
«Seni Vatan 
kutadi»
ergash gapi bosh gapga nisbatan shaklan mustaqil bo‘lib, u asosiy maqsadni ifodalash 
uchun xizmat qiladi. Demak, gapning shaklan mustaqillik kasb etishi bosh va ergash gapni 
farqlashda asos bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Ergash va bosh gaplar sintaktik tuzilishi, mazmuni jihatidan o‘zaro farqlanadi. Ergash 
gaplarning kesimi aniqlik, shart, buyruq-istak maylidagi fe’llar, sifatdosh, ravishdosh, harakat 
nomili shakllar bilan ifodalanadi. Bosh gapning kesimi esa barcha so‘z turkumlari bilan ifodalana 
oladi.
G‘.Abdurahmonovning ko‘rsatishicha, ergash gaplar mazmuni va turiga ko‘ra darak yoki 
istak-shart bildiruvchi buyruq gaplar shaklida bo‘ladi. Ergash gaplarning so‘roq gap yoki boshqa 
xil shaklda bo‘lishi kam uchraydi.
26
Ergash gaplar ayrim hollarda shaxsi umumlashgan va shaxssiz 
gap shaklida uchraydi. Masalan: 
Hozir qayoqqa qarasang, menga o‘xshashlar... 
(O.) 
Bosh gaplar esa, asosan, ikki tarkibli, ba’zan bir tarkibli gap shaklida qo‘llanadi. Bosh 
gapning to‘liqsiz gap shaklida qo‘llanishi ko‘p uchraydi. Masalan: 
Trubkani olsam, Munira! 
(О‘.U.) 
Ayrim hollarda bosh gaplar ko‘chirma gap shaklida ham qo‘llanadi. Masalan: 
Bir chol 
dediki, bu tomonlarda fritslar juda oz, katta yo‘llar yo‘q.
(O.) 
Ergash va bosh gapning o‘zaro birikuvida ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, fe’l 
shakllarini hosil qiluvchi morfologik ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi.
An’anaviy sintaktik nazariyalarda 
ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi 
vositalarning 
quyidagi turlari ko‘rsatiladi: 
1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar: 
shu sabali, chunki, shuning uchun, negaki, go‘yo, -ki.. 
Masalan: 
Qalandarov shunday baqirdiki, Saida o‘ng‘aysizlanib ketdi. 
(A.Q
.) A’lamning qiyofasi, 
go‘yo bulut bosganday, o‘zgarib ketdi.
(O.) 
Uyda mehmonlar ko‘p bo‘ldi, shu sababli qizlar yon 
qo‘shninikida bir xonani egalladilar.
(O.)
2. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar: 
-ku, -chi, -mi.
Masalan
: Intizom buzildimi, ishda 
unum bo‘lmaydi.
(U.) 
Bilasiz-ku, men Arslonbek Qalandarovman
! (A.Q.) 
3. Ravishdoshning morfologik ko‘rsatkichlari: 
-b (-ib), -may, -gach, -guncha. 
Masalan: 
Yigit 
kishining boshi egilguncha, ho‘kizning boshi sinsin
. (Maqol.) 
Er ko‘karmay, mol to‘ymas. (Maqol.) 
Bahor kelib, soylarda suvlar shildirab qoldi.
(U.) 
4. Sifatdosh + kelishikli (ko‘makchi) morfologik ko‘rsatkich: 
a) sifatdoshning morfologik ko‘rsatkichi + kelishik: 
-gan+da //-dan//-ga, -ganda+da. 
Masalan: 
Jahl kelganda, aql qochadi.
(Maqol.) 
b) sifatdoshning morfologik shakli+ ko‘makchi: 
-gan sari // sayin: Qiz yaqinlashgan sari, 
yurak urushi yanada tezlashdi
. («Yoshlik».) 

-gani+ uchun//sababli//tufayli: 
Nurining fikri boshqa narsalar bilan band bo‘lgani uchun, 
savol-javoblari sira bir-biriga qovushmas edi
. (O.) 
-gan //-gani+bilan
: U kelagani bilan, qizning e’tiborini qozonmadi
. (So‘zl.) 
26
Abdurahmonov.G‘. О‘zbek tili grammatikasi. - Toshkent: О‘qituvchi. 1996. - B. 188.


46 
v) sifatdosh + kelishik + ko‘makchi:
- gan+dan+ so‘ng // keyin // oldin // ilgari//beri // buyon. 
Masalan: 
Tong yorishgandan beri, odamlar kanal tomon yuradilar
. (H.O.)
-gan + ga (-gunga)+qadar // dovur.
Masalan:... 
Vodakachka bitgunga qadar, ariqlar tayyor 
bo‘ldi. 
(A.Q.) 
-gan + -dan ko‘ra
: Masalan: 
Senga zarra ozor bergandan ko‘ra, Yaxshiroq ko‘zimga tuproq 
to‘lgani
. (U.)
 
5. Sifatdosh + -dek //-day qo‘shimchasi: 
-gani + -dek // -day.
Masalan:
Onaxon, issiq 
elkasiga birov muzdek qo‘lini bosgandek, seskanib tushdi.
(As.M.)
 
6. Sifatdosh + to‘liqsiz fe’llar: 
-gan ekan//edi, -r (-ar) + ekan.
Masalan: 
Chol-kampir 
oydinda uyga qaytar ekanlar, har ikkovi ham chuqur fikrga toldi.
(S.Ahm.)
 
7. Sifatdosh + paytda // vaqtda//chog‘da//onda: 
-gan+zamon// paytda//vaqtda //chog‘da. 
Masalan: 
Usta Samarqandda ishlagan vaqtda, Sultonmurod uch yashar bola edi
. (O.) 
8. Harakat nomili shakl + ko‘makchi: 
-sh(-ish) + bilan // bilanoq. 
Masalan: 
Qish kirib kelishi 
bilanoq, qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar. 
-sh(-ish) + -ga qaramay // qaramasdan.
Masalan: 
Martabasi ulug‘ bo‘lishiga qaramasdan, 
eng yaqin do‘stday g‘amxo‘rlik qilgan. (A.Q.) 
9. Fe’lning shart mayli shakli: 
-sa. 
Masalan: 
Qalandarov biroz sabr qilsa, ortiqcha so‘zga 
o‘rin ham qolmas edi.
(A.Q.) 
10. Fe’lning shart mayli shakli + kelishik (yuklama): 
-sa+ -da, -sa +ham (yam). 
Masalan:
Do‘st bilan obod uying, Gar bo‘lsa u vayrona ham
. (E.V.)
 
11. Fe’lning buyruq mayli morfologik ko‘rsatkichi: 
-ng//-ngiz, -sin//-masin. 
Masalan: 
Bu 
gaplar naqadar shirin, naqadar yoqimli bo‘lmasin, Qalandarov bularga harnechuk bolta deb 
qaradi. 
(A.Q.)
 
12. Bog‘lovchi vazifasidagi 
deb // deya // deyishib // deguncha
yordamchilari. Masalan: 
Bir 
ishni qo‘liga oldi deguncha, ikkinchisi chokidan ketadi
. (As.M.) 
... Tog‘day og‘ir bilak berdim, 
yovlarni mushtlasin deb.
(H.O.)
Ko‘rinadiki, formal yo‘nalishdagi sintaktik tadqiqotlarda ergashgan qo‘shma gap qismlarini 
bog‘lovchi vositalarning xilma-xil ko‘rinishlari qayd etiladi. M.Asqarova bu vositalarga 
qo‘shimcha tarzda nisbiy so‘zlarni ham bog‘lovchi vositalar sifatida ko‘rsatadi. Uning fikricha, 
nisbiy so‘zlar ko‘pincha ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash vazifasini bajaradi. Olima nisbiy 
so‘zlarning shaxs, predmet, o‘lchov-miqdor, belgi-daraja, o‘rin bildiruvchi turlarini farqlaydi.
27
Masalan: 
kim-u, qancha-shuncha, qanday-shunday, qayer -shu er 
kabilar qo‘shma gapda nisbiy 
so‘z vazifasida qo‘llanadi.
Ergashgan qo‘shma gaplarning qurilishida alohida o‘rin tutuvchi bu vositalar ko‘p vazifali 
hisoblanadi. Ular quyidagi vazifalarni bajarib keladi: a) komponentlarni o‘zaro biriktiradi; b) 
qo‘shma gap struktur modelining tipik ma’nolarini belgilaydi.
28

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish