80
a) ajratilgan bo‘lak o‘zi bog‘langan bo‘lak bilan bir umumiy grammatik ko‘rsatkichga ega
bo‘lsa, ajratilgan bo‘lakning oldidangina tire qo‘yiladi. Masalan:
Qiz o‘sha xonada – oxirgi
bo‘lmada edi. (So‘zl.);
b) uyushiq ajratilgan bo‘laklar orasida vergul qo‘llanganda, bu bo‘laklar har ikki tomondan
tire bilan ajratiladi. Masalan:
Allaqayda − kovakdami, terakzordami- qurbaqa qurillab, ko‘klamni
olqishlaydi. (S.Ahm.);
v) kesimga yaqin holatdagi izoh xarakteridagi ajratilgan bo‘laklarning oldidan tire qo‘yiladi.
Masalan:
Mashinaning xo‘jayini-chol anqayib qolgan edi. (A.M.);
d) mazmunan izohlanadigan bo‘lakdek shaklga ega ajratilgan bo‘laklar har ikki tomondan
tire bilan chegaralanadi. Masalan:
Hamma narsa- uylar, devorlar- qorong‘ilikka cho‘kdi. (O.)
4. Kiritmalarni chegaralashda har ikki tomondan tire qo‘yiladi:
Esiz, hammasi puchga chiqdi
− hozirgi yoshlar nimalar qilishmaydi – endi boshqa yo‘lni qidirmasak bo‘lmas. («Yoshlik».)
5. Biror tashkilot, muassasa nomini bildirgan ikki atoqli ot orasida tire qo‘yiladi. Masalan:
Angren − Toshkent poyezdi.
6. Makon va zamon o‘rtasidagi chegarani ifoda etishda, sahifalarni qayd etishda tire
qo‘yiladi. Masalan:
60-70- yillar, 54-68-betlar, X-X1 asrlar.
7. Qaror, farmon, ko‘rsatmalarda numerativlar o‘rnida tireni quyish mumkin bo‘ladi.
8. Kesimi yoki kesim tarkibi qo‘llanmagan elliptik gaplarda egadan so‘ng tire qo‘yiladi.
Masalan:
Hamma − hasharga!
9. Uyushiq bo‘laklarni umumlashtiruvchi so‘zdan ajratishda uyushiq bo‘laklardan so‘ng tire
qo‘yiladi. Masalan:
Aql, iroda, mantiq- hammasi bor... (A.M.)
10. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida ta’kid, zidlik, shart, sabab, payt, o‘xshatish
mazmuniy munosabatlari shakllanganda, gap tarkibiy qismlari orasida tire qo‘yiladi. Masalan:
Hech erni qilma orzu-u yerda bor toshu tarozi. (Maqol.).
Kechasi xizmatda-kunduzi izzatda. It
huradi-karvon o‘tadi. (Maqol.) Amalga mag‘rur bo‘lsang- to‘zdiradi.. Shu yo‘l bilan bordik −
etdik murodga (U.) Erga qaradim – yerga qaradim. (Maqol.).
11. Tarkibiy qismi elliptik qo‘llanishga ega bo‘lgan gapning ega vaziyatidagi bo‘lagidan
so‘ng tire ishlatiladi:
Oltin o‘tda bilinadi, odam − mehnatda. (Maqol.)
12. Dialogli qurilmalarda personajlar nutqini bir-biridan ajratishda tire qo‘yiladi. Masalan:
- Elnurni tanirdingizmi? - Elnurni?! (S.A.)
13. Ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratish uchun tire qo‘yiladi. Masalan:
Bilasizmi, −-
dedi Nosirov, − keyingi ikki yil ichida rahbar besh marta almashinibdi. (A. Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: