Punktuatsiya


MAVZUNI REJA ASOSIDA IZCHIL BAYON ETISH



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

 
2.4. MAVZUNI REJA ASOSIDA IZCHIL BAYON ETISH 
Talaba kurs ishi bo‘lim (bob)larida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha kuzatishlari, tahlillari 
asosida umumlashma xulosalar chiqarishi va ularni kurs ishida izchil tarzda bayon etishi lozim 
bo‘ladi. Kurs ishida, ayniqsa, bo‘lim (bob)larning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi, bo‘lim (bob) 
bandlarining aloqadorligi, ular o‘rtasidagi mantiqiy ketma-ketlikka rioya qilish zarur. 
Kurs ishining umumlashma nazariy xulosalarni izchil bayon etish bosqichi ishning 
tugallangan holatda ekanini ko‘rsatadi.
Fikrning izchilligini ta'minlash maqsadida kurs ishi rejasi tuziladi. Muayyan reja asosida 
yozilgan har qanday kurs ishining asosiy qismi mantiqan o‘zaro bog‘liq bo‘lim (bob)lardan tashkil 
topadi.
Reja asosida yozilgan kurs ishlarining umumiy tuzilishi o‘zaro mantiqan bog‘liq quyidagi 
qismlardan tarkib topishi lozim:
a) umumiy tavsif; 
b) kirish qism; 
v) mavzu bayoni (asosiy qism);
g) umumlashma xulosalar bayoni; 
d) foydalanilgan adabiyotlar; 
g) ilova (izohlar, jadval va chizmalar). 
Qayd etilgan bu masalalar kurs ishida ketma-ket yoritilsa, fikr izchilligiga putur yetmaydi. 
 
2.5. "HOZIRGI O'ZBEK TILI" FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHLARINI 
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI 
"Hozirgi o'zbek tili" fanidan yoziladigan kurs ishlarini reja asosida, izchillikka rioya qilingan 
holda, adabiy tilda, tartibli, aniq, chiroyli dastxat bilan, bexato yozish talab etiladi. Kurs ishini 
yozishda orfografik me'yorga muvofiq kelmaydigan turli qisqartmalardan, noadabiy qatlamga oid 
qo‘llanishlardan foydalanish man etiladi.
Kurs ishi qo‘lyozma shaklida ko‘k rangli ruchkada yoziladi. Mavzu bayonida qizil rangli 
ruchka ishlatilmaydi. Zarur o‘rinlarda yashil, qora rangli ruchkalardan foydalanish lozim. 
Kurs ishining har bir sahifasi hoshiyalanadi. Varaqning chap tomonidan 3 sm, o‘ng 
tomonidan 1.5 sm, yuqoridan 2.5 sm, quyidan 2.5 sm hoshiya qoldiriladi. Satrlar oralig‘i 1.5 
interval bo‘lishi lozim. Kurs ishining titul varag‘idan boshqa barcha varaqlari birma-bir 
sahifalanadi. 


144 
Kurs ishining birinchi va ikkinchi titul varag‘i 2-ilovada berilgan tartibda rasmiylashtiriladi. 
Keyingi betda kurs ishi mavzusining rejasi yoziladi. Rejada ko‘tarilgan masalalar alohida 
bo‘limlarda (boblarda) beriladi.
Kurs ishi mavzusini ikki yoki uch bo‘lim (bob) orqali yoritish tavsiya etiladi. Har bir bo‘lim 
(bob) raqamlanadi. Bo‘lim (bob) nomlari sarlavha tarzida yozilishi lozim. Bo‘lim (bob)larning 
nomlari bosh harflar bilan, uning bandlari kichik harflar bilan yoziladi.
Bo‘lim (bob) nomlarini yozishda bo‘g‘in ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, shunga ko‘ra 
bo‘lim (bob) nomlari qisqa va aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim. Sarlavhalar oxirida nuqta 
qo‘yilmaydi. Ishning har bir bo‘limi (bobi) yangi sahifadan yoziladi.
Kurs ishida ilmiy manbalardan olingan izohlar (sitatalar) qo‘shtirnoq ichida beriladi. Agar 
bunday izohlar (sitatalar) rus yoki boshqa tillarda yozilgan bo‘lsa, ularning tarjimasi beriladi. Ishda 
keltirilgan har bir ilmiy izohning muallifi, izoh manbasi, qaysi asardan olinganligi, asar sahifasi 
belgilangan tartibda satr ostida havolalar orqali yoki "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati"dagi 
ilmiy manbaning tartib raqami bo‘yicha qavs ichida qayd etiladi.
"Hozirgi o‘zbek tili" fanidan yoziladigan kurs ishining umumiy hajmi 30-35 betdan iborat 
bo‘lishi maqsadga muvofiq. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish