137
K I R I S H
Ma'lumki, "Hozirgi o'zbek tili" fani pedagogika institutlari va universitetlarning o'zbek tili va
adabiyoti ta’lim yo'nalishida (bakalavriyat bosqichi) asosiy mutaxassislik
bloki fanlaridan biri
sifatida o‘qitiladi. O‘quv rejasiga muvofiq talabalar "Hozirgi o'zbek tili" fanini uch bosqich
davomida o‘rganadilar, kurs yakunida esa ushbu fan bo‘yicha kurs ishi yozadilar.
"Hozirgi o'zbek tili" fanidan kurs ishlari o'zbek tili mutaxassislarini tayyorlashda talaba
o'rganishi zarur bo'lgan asosiy fan sohasiga oid nazariy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga
qaratilgan hamda talabalarning bilim doirasini kengaytirish, nazariyani amaliyotga tatbiq etish,
fikrni erkin va mustaqil tarzda bayon eta olish malakasini shakllantiruvchi
amaliy ish turi
hisoblanadi.
"Hozirgi o'zbek tili" fanidan ma'ruza mashg‘ulotlarida egallangan nazariy bilimlarni
amaliyotga tatbiq etish, talabalarni ilmiy-nazariy qarashlar asosida umumlashma xulosalar chiqara
olishga o‘rgatish, ularning ijodiy tafakkurini o‘stirish, ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasini
shakllantirish, fikrni izchil va ifodali bayon eta olishga o‘rgatish fan bo‘yicha tashkil etilajak kurs
ishlarining bosh maqsadi hisoblanadi.
"Hozirgi o'zbek tili" fani yuzasidan yoziladigan kurs ishi talabalarni ilmiy-ijodiy ishga
yo‘naltiruvchi amaliy ish turi sifatida muhim ahamiyatga ega. Talaba kurs ishini yozish asosida
keyinchalik yirikroq tadqiqot ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘radi.
"Hozirgi o'zbek tili" fani bo‘yicha belgilangan kurs ishlarini bajarish jarayonida talaba:
1. Tanlagan kurs ishi mavzusi bo‘yicha nazariy bilimlarni mustaqil o‘zlashtiradi.
2. Mavzuning o‘rganilganlik darajasini belgilaydi hamda mavzuning ilmiy-nazariy jihatini
aniqlaydi, uning yechilishidagi variantlar orasidan eng muhimini tanlaydi.
3. Mavzuga aloqador ilmiy manbalarni tahlil qilish asosida
mavjud nazariy qarashlarga
tanqidiy munosabat bildirish ko‘nikmasini o‘zida shakllantiradi.
4. Til va nutq birliklarini farqlashni o‘rganadi.
5. Og‘zaki va yozma nutqini izchil, to‘g‘ri, maqsadga muvofiq, mantiqli bayon etishga
o‘rganadi.
6. Nazariy xulosalarini daliliy misollar asosida izohlay olish hamda umumlashtirish
ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
7. Ilmiy tadqiqot olib borishning dastlabki ko‘nikmalarini o‘zida shakllantiradi.
"Hozirgi o'zbek tili" fanidan belgilangan kurs ishlarini shu fanning ayrim bo‘limlari asosida
yozish ham mumkin. Ushbu metodik ko‘rsatmada "Hozirgi o'zbek tili"
fanidan kurs ishlarini
o'zbek tilining "Morfologiya", "Sintaksis" hamda "Punktuatsiya" bo‘limlari bo'yicha yozishga oid
uslubiy yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqildi.
Ma'lumki, "Hozirgi o'zbek tili" fanining "Morfologiya" bo'limida tilning morfologik
so'zshakllari, "Sintaksis" bo'limida sintaktik birliklar bo'yicha talabalarga nazariy bilim berish
maqsad qilib belgilangan. "Punktuatsiya" bo‘limida esa tinish belgilarining qo‘llanish qoidalari
xususida bahs yuritiladi. Ushbu metodik ko‘rsatmada "Hozirgi o'zbek tili" fanining "Morfologiya",
"Sintaksis", "Punktuatsiya" bo‘limlariga oid eng muhim masalalar bo‘yicha kurs ishi mavzulari
tavsiya etildi. Tavsiya etilgan kurs ishi mavzularining ayrimlari ma'lum
darajada darslik, o‘quv
qo‘llanmalarida yoritilgan, ayrimlari shu kunga qadar maxsus tadqiqot obyekti bo‘lgan. Ba'zi
masalalar esa maxsus tadqiqni talab etadi. Shu sababli kurs ishi mavzusi talabalar tomonidan erkin
tanlanadi.
Kurs ishi talabani ilmiy tadqiqot ishiga yo‘naltiruvchi dastlabki amaliy ish bo‘lganligi sababli
talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi. Kurs ishiga ilmiy salohiyatga ega malakali professor-
o‘qituvchilar rahbarlik qilishadi. Ilmiy rahbar mutaxassislik kafedrasi tomonidan belgilanadi.
Ilmiy rahbar talabaga kurs ishini yozish metodikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi: kurs
ishining maqsad va vazifalarini belgilashga yordam beradi,
belgilangan muammoning
o‘rganilganlik darajasini aniqlash yuzasidan tavsiyalar beradi, mavzu bo‘yicha zarur adabiyotlarni
tavsiya etadi, talabani ilmiy manba bilan ishlashga, mavzuga oid daliliy misollar kartotekasini
138
tuzishga o‘rgatadi, talaba tuzgan kurs ishi rejasini tahlil qiladi va zarur hollarda rejaga
o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan tavsiyalar beradi.
Ushbu metodik ko‘rsatmada "Hozirgi o'zbek tili" fanidan ayrim mavzulardagi kurs ishini
yozish metodikasi ishlab chiqildi. Bu vazifani amalga oshirishdan
avval kurs ishining umumiy
tavsifi: mavzuning belgilanishi, kurs ishining maqsad va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati,
kurs ishining tuzilishi haqida ma'lumot berildi, so‘ngra kurs ishini yozish va himoya qilish
yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Kurs ishining "Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar"
bandida qayd etilgan
mavzularga aloqador eng muhim manbalar berildi. Ilovada esa "Hozirgi o‘zbek tili" fanidan kurs
ishlarini rasmiylashtirish tartibiga oid namunalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: