TOPSHIRIQ.
Oybekning «Qutlug’ qon» romanidan 10 ta o’zga gap tanlab, qurilish
chizmalarini belgilang.
TOPSHIRIQ.
Berilgan ko’chirma gapli nutqiy hosilalarning qurilish chizmalarini belgilang.
1. - Sizda qanday keki bo’lsin! - hayron bo’lib dedi Yo’lchi. 2. – Bo’ladi. Ko’zdan
yo’qolgani yaxshi ... - dedi ellikboshi. - Olimjon aka, oling shu ishni. 3. - Boyvachcha, - jiddiy
ravishda gapira boshladi ellikboshi, - bu tadbiringiz ko’p yaxshi samaralar beradi... 4.
Mirzakarimboy bog’ni aylanib, bir yerda to’xtadi va kulib: Ishga tobing bormi, jiyan? - dedi. -
Ishga chanqovmiz-da, - deb javob berdi Yo’lchi.
(Oybek. «Qutlug’ qon»)
TOPSHIRIQ.
Oybekning "Qutlug’ qon" romanidan olingan quyidagi nutq ko’rinishlaridan
o’zga gaplarni ajrating hamda qurilish chizmalarini belgilang.
1.
- Zarur bo’lsa, so’rang, men topib beraman, xo’pmi? - Juda zarur bo’lsa, bu boshqa gap,
- Shokir ota duo qilib, yana minnatdorchiligini bildirdi.
2.
Yo’lchi yengil eshikchani ochib kirdi:
- Assalom. Hormang, ota!
3.
- Ayam mehnatkash, jafokash xotin, - e'tiroz tariqasida gapirdi
Yo’lchi, - unday yengil, guvillagan ayol emas.
4.
Yo’lchi kirishi bilan vaziyatni buzmasdan
salmoqlanib dedi: - Kel, qo’zim, nima ishning bor?
5
. - Nuri opa, zerikmadingizmi? - dedi
tanchaga o’tni ag’darib Gulnor.
PUNKTUATSIYA. TINISH BELGILARINING TURLARI VA QO’LLANISH O’RNI
TOPSHIRIQ.
Tinish belgilarining turlari haqida ma'lumot bering.
TOPSHIRIQ.
Tinish belgilarining qo’llanish qoidalarini izohlang.
TOPSHIRIQ.
Berilgan mashqdagi noto'g'ri qo'llangan tinish belgilarini aniqlab, qo’llanish
qoidalarini izohlang.
1. Shuning uchun dunyodagi jamiki mag’rur erkaklar singari biz ham xotinning aytgan
gapidan: chizgan chizig’idan chiqmaymiz. (S.Siyoyev)
2.
- Unday bo’lsa, bemalol o’z uyingizdagidek o’tiravering: debdi mezbon.
(A.Akbarov) 3.
-
Qani, bir tanishib qo’yaylik, qudajon!?
(S.Ahmad) 4.
- Xotini: Ha! O’laqolsin, hoji odam
emasmi!?
(A.Hahhor) 5.
Odam ham daraxtday gap – o’sadi, unadi; meva beradi, so’ng ...
(S.Siyoyev).
TOPSHIRIQ.
BERILGAN SXEMALARGA MOS GAPLAR TUZING.
1. ---: ---, ---. 3. ----, ---- ?! 5.-------?.. 7. ---,---; ---,----
2. ... ---, ----. 4. ----, ---!? 6. -------!.. 8. «---», - ----.
TOPSHIRIQ.
Tinish belgilarini qo’yib matnni ko’chiring.
Boy ariqdan tetik hatlab oldinda yurdi Uning yangi amirkon kavushi yumshoq g’ichirlar
shohi yaktagi quyoshda jivir-jivir tovlanib uchqunlanib yaltirar edi U bog’ning tashqariga
qaratilgan kichkina eshigiga kirdi Yo’lchining ko’ziga "jannatday" katta bog’ manzarasi ochildi,
tomosha qilib keksa tog’aning orqasidan yuraverdi Orasidan qo’qon arava bemalol yuradigan keng
uzun ishkomlar ikki tanobdan mo’lroq yerni ishqol etgan Ko’m-ko’k tok barglari ertalabgi
quyoshda jilvalanadi
Mirzakarimboy bog’ni aylanib bir yerda to’xtadi va kulib
Ishga tobing bormi, jiyan dedi
Ishga chanqovmiz- da deb javob berdi Yo’lchi (Oybek. "Qutlug’ qon")
Do'stlaringiz bilan baham: |