1-rasm. Pul massasining doimiy o’sishining ta’siri.
Pul massasining doimiy o‘sishi yalpi egri talabni ADX o’ngdan AD3 va ADe o’ng tarafga qarab suriladi, ayni vaqtda pul massasining doimiy o’sishi egri yalpi taklifni L5 holatdan AS2, AS3 va ASr chapga nuqtalarga suriladi. Natijada narxlar darajasi Р, dan Р2, Р3 va Р4 gacha ortishiga olib keladi.
Monetaristlar nuqtai nazaridan, yalpi egri taklif darhol AS2 holatga surilishi mumkin, chunki korxona firmalar pul massasining o’sishini kutishadi va bu kutilayotgan inflyatsiya darajasini oshishiga olib keladi. Bu holatda 2 nuqtaga harakatlanish tez bo’ladi va emissiya tabiiy darajadan yuqori bo’ladi.
Monetaristlar tarafdorlari inflyatsiyani pul taklifini o’sishidan boshqa omillar ham keltirib chiqarishi mumkinmi deb o’ylashadimi? Yo’q. Monetaristlarning nuqtai nazaridan yalpi egri talabni harakatining yagona manbasi pul taklifidir. Monetaristlar tarafdorlari yuqori darajadagi inflyatsiya darajasi pul massasining jadal tez o’sishi bilan yuzaga keladi deyishadi.
Keyns nazariyasiga ko’ra, pul massasining doimiy o’sishi yalpi egri talab va yalpi egri taklifga rasmda ko’rsatilganligi singari ta’sir qiladi. Yalpi egri talab o’ngga harakatlansa, yalpi egri taklif chapga harakatlanadi. Xulosa oldingidek qoladi, ya’ni pul taklifining jadal o’sishi narx darajalarini yuqori tezlikda o’sishi orqali inflyatsiyani yuzaga keltiradi.
Keyns modeliga ko’ra, pul massasining o’sishidan boshqa omillar yuqori darajadagi inflyatsiyani yuzaga keltirishi mumkinmi? Yo’q. Bu hayratlanarli ko’rilinishi mumkin, chunki Keyns tarafdorlari yalpi talab va yalpi taklifga fiskal siyosat va shoklar ta’sir qilishi qayd etishgan edi. Nima uchun Keyns nazariyasining tarafdorlari inflyatsini monetar holat deyishadi, chunki pul massasining yuqori darajada o’sishidan boshqa holatlar inflyatsina keltirib chiqarmaydi98.
Inflyatisiyaga ta’sir etuvchi omillarni ichki va tashqi omillarga bo’lish mumkin. Inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:
Xarbiy xarajatlarning oshishi. Mamlakat bujeti xarajatlarini oshirib, inflatsiya darajasining oshishiga olib keladi.
Xaddan ziyod investisiyalarning kiritilishi;
Balanslashmagan oylik ish xaqi va narxlarning o’sishi;
Ekspansion siyosat. Kredit qo’yilmalarining arzonlashuvi iqtisodiyotga ortiqcha pul massasining chiqishiga olib keladi.
Haddan ziyod emissiya yoki pul aylanishi tezligining oshishi.
Barcha iqtisodchilar iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlarini: yuqori darajadagi bandlik va narxlar barqarorligini bir xil tushunishadi. Ammo, odatda uni amalga oshirish bo’yicha tavsiyalarni qarama qarshi berishadi.
Passiv iqtisodiy siyosat tarafdorlari esa, ishsiz darajasini tushirish bo’yicha hukumat aktiv faoliyatni amalga oshirmasa iqtisodiyot muvafaqqiytliroq rivojlanadi deydi99. Inflyatsiya darajalarining oshishiga olib keluvchi tashqi omillar mamlakat ichki siyosatiga bog’liq bo’lmagan holda tashqi siyosat natijasida yuzaga kelishi mumkin, ularga quyidagilar kiradi:
Tashqi savdodan tushumning kamayishi
To’lov balansining salbiy qoldiqqa ega ekanligi.
Mamlakat tashqi savdo hamkor mamlakatlari va jahon miqyosida yuzaga kelgan tuzilmaviy inqirozlar mamlakatning ichki iqtisodiy holatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Bunday holat mamlakatning eksportini pasayishi, kutilgan valuta tushumiga ega bo’lmasligi hamda ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir qilishi orqali namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |