uzoq muddatlarga guruhlanadi.
Qisqa muddatli kreditlar bir yilgacha muddatga berilib, korxona
aylanma kapitalining xarakatini ta’minlash, joriy hisob – kitoblarni amalga
oshirish, to’lov qobiliyatini mustahkamlash moliyaviy faoliyatining
barqarorligini ta’minlash kabi masalalarga yo’naltiriladi. Qisqa muddatli
kredit korxona va tashkilotlarning aylanma kapitalini shakllantirishning ideal
manbasi bo’lib hisoblanadi.
Uzoq
muddatli kreditlar
korxona
asosiy kapitali
harakatini
ta’minlashga yo’naltiradi. Xususan, korxonada amalga oshirilayotgan
qurilish va faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning rekonstruktsiya qilish, yangi
texnologiyalarni
joriy
etish
va
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
takomillashtirish bilan bog’liq sohalarga sarflanadi. Qisqa muddatli kreditlar
bir kundan bir yilgacha, uzoq muddatlilari esa bir yil va undan yuqori
muddatlarga beriladi.
Bank kreditining asosiy turlaridan biri banklararo kredit hisoblanadi,
ushbu kreditni banklar bir – biriga berishadi. Banklararo kreditlar bankning
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanish, o’zaro
likvidlikni ta’minlash maqsadida beriladi. Banklar vaqtinchalik bo’sh turgan
yoki yuqori daromadlarga quyilma sifatida yo’naltirilayotgan mablag’larini
banklararo bozorga taklif etadi.
Halqaro bank amaliyotida banklararo kredit qisqa muddatli xarajatlarga
ega bo’lib, bir necha soatdan, bir necha oygacha berilishi mumkin. O’zaro
bitimlar telefon yoki faks orqali tuzilib, so’ngra tasdiqlovchi hujjatlar bilan
ta’minlanishi ham mumkin.
Ist’emol (ipoteka) krediti
Ist’emol (ipoteka) krediti asosan aholiga yashashi uchun zarur bo’lgan
buyumlarni (uy, mashina, televizor, muzlatgich, mebel va boshqalar) olishga
beriladi. Iste’mol krediti pul va tovar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Pul
ko’rinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari tomonidan jismoniy
shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida savdo tashkilotlarining hisobiga
o’tkazib beriladi.
O’zbekistonda keyingi yillarda iste’mol krediti hisoblangan ipoteka
krediti juda tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ipoteka krediti
iqtisodiyotning markazlashgan tuzumi sharoitida mavjud bo’lmagan. Bu
holat o’sha davrda nashrdan chiqqan lug’atlarda ham e’tirof etilgan. Xususan,
1988 yilda mamlakatimizda nashrdan chiqqan O’zbekiston sovet
entsiklopediyasida ipotekaga “Ipoteka (yun), uzoq muddatli kredit olish
uchun ko’chmas mulk (er, imoratlar)ni garovga qo’yish. Sotsialistik
mamlakatlarda yo’q.”
, deb ta’rif etilgan. Agar ushbu ta’rifning “sotsialistik
mamlakatlarda yo’q” degan jumlasiga e’tibor qaratadgan bo’lsak, haqiqatda
ham markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida ushbu kredit turining amal
qilmaganligining guvohi bo’lishimiz mumkin.
Shuningdek, 1984 yilda Moskva shahrida nashrdan chiqqan moliya –
kredit lug’atida ipotekaga berilgan ta’rif ham buni tasdiqlaydi, unda “Ipoteka
– (grekcha hypotheke so’zidan olingan bo’lib – garov, zaklad) ssuda olish
maqsadida turli shakldagi ko’chmas mulklarning (asosan er va qurilish
binosi) garovidir. Qarzdorning to’lovga layoqatsizligi sharoitida kreditlarning
talabi garovga qo’yilgan mulkni sotish evaziga qondiriladi. SSSR va boshqa
mamlakatlarda qo’llanilmaydi.”
45
, deb ta’kidlanadi.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida ipoteka atamasi ko’chmas
mulklarni garovga qo’yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy
munosabat bo’lib, uning o’ziga xos xususiyatlaridan biri garovga qo’yilgan
ko’chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida qolishi ma’lum bo’ladi.
Ipoteka atamasi va ipoteka krediti haqida so’z yuritganda, ularning iqtisodiy
mohiyatini to’liq aniqlash maqsadida, quyidagi ikkita holatga e’tiborimizni
qaratamiz.
Birinchi xolat, ipoteka – bu garov. Garov mavjud ekan – ipoteka
mavjud bo’ladi, garov mavjud bo’lmasa ipoteka ham bo’lmaydi, bu kredit
ipoteka krediti hisoblanmaydi. Ushbu holatni yanayam aniqroq qilib
aytadigan bo’lsak, bank qarzdorga uy joyni er, kvartira yoki uchastkani
garovga qo’yish orqali kredit berdi. Ushbu kredit qarz oluvchi tomonidan
qanday maqsadga ishlatilsa ham bu kredit ipoteka krediti hisoblanadi.
Demak, kreditni olishga garov sifatida ko’chmas mulk qo’yildimi, ushbu
kredit qanday maqsadga ishlatilishidan qa’tiy nazar bu ipoteka hisoblanadi.
Ikkinchi xolat, bank qarz oluvchiga uy joy olish uchun ta’minlanmagan
kredit berdi, ya’ni garov sifatida kredit oluvchi tomonidan hech qanday narsa
qo’yilmadi. Vaholanki, bankdan olingan kredit mablag’i uy – joy (kvartira)
sotib olish uchun foydalanilsa – da, ushbu kredit ipoteka krediti
hisoblanmaydi. Chunki, garov mavjud emas, demak garov mavjud emas ekan
ipoteka ham mavjud bo’lmaydi.
Ipoteka so’zi (atamasi)ni kelib chiqishining tub ildiziga e’tibor
qaratganimizda, uning vujudga kelishi va shakllanishining asosida qadimgi
greklarning qarz berish munosabatlari yotganligi ma’lum bo’ladi.
Demak, manbalarga ko’ra, ipoteka atamasi birinchi marta eramizdan
oldingi VI asrda Gretsiyada vujudga kelgan. Qadimgi greklar qarz oluvchini
kreditor oldidagi majburiyati evaziga erni tikishgan. Qarz oluvchining er
maydonining chetiga maxsus yog’och o’rnatilgan bo’lib, unda ushbu er garov
vazifasini o’tayotganligi haqidagi yozuv qayd etilgan. Bu yog’och ustun
“ipoteka” deb atalgan, yunon tilida “tirgovich”, “poya”, “taglik” ma’nolarini
anglatgan
.
Bizning nazarimizda, ipoteka atamasining vujudga kelishi va uning
ma’nosi yuqoridagi matnda, atroflicha, to’liq va aniq berilgan. Shu bilan
birga, mazkur ta’rif uning dastlabki vujudga kelishi jarayonidagi mohiyatini
anglatish bilan birga, hozirgi kundagi ipotekaga xos bo’lgan xususiyatlarni
to’liq ochib berishga xizmat qilmaydi, albatta bu tabiiy holat, chunki
iqtisodiy rivojlanish jarayonlari va munosabatlarning takomillashuvi ipoteka
atamasining ham rivojlanishi va takomillashuviga sabab bo’lmoqda. Quyida
ipoteka atamasiga berilgan ta’rifda fikrimizning tasdig’ini kuzatishimiz
mumkin.
Demak, ipoteka – (grek. hypotheke – zaklad, garov ) – ko’chmas
mulk ko’rinishidagi garov (asosan er va binolar) bo’lib, asosiy maqsad
ssudani olishga qaratilgan. Ipoteka shunday garov turiki u kreditorning
qo’liga berilmaydi, balki qarzdorning ixtiyorida qoladi.
Xulosa
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Aynan shu jarayonda bank va mijoz o’rtasida qonun talabi va me’yoriy hujjatlar asosidagi, turli shakl va usulga ega munosabatlar yuzaga keladi. Bu munosabatlar jahon andazalari talabida shakllanishi va huquqiy tenglik asosida rivojlanib borishi davr talabi bo’lib, endilikda banklar faoliyatining rivoji bevosita mijozlar faoliyatiga bog’liqdir. Ma’lumki, respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda, yangidan-yangi korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama-qarshiliklar, muammolar asosida mukammallashib boradi.Mamlakatimiz banklari taraqqiyoti jarayonini ham muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish bizlardan ijodiy izlanishni talab etadi. O’zbekiston tijorat banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining rivojini tavsiflovchi ko’rsatkichlar sur’atini tahlil qilish muammoli kreditlarning yuzaga kelayotganligini namoyon qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1)«Bozor, pul va kredit» jurnali
2)O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni.
3)O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O’zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to’g’risida»gi Nizom
4)Lex.uz
5) www.TFI.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |