Pul va banklar” fanidan


Spot aniq axborot olish uchun bankning o‘ziga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi, chunki shartlar bir qancha omillarga bog’liq



Download 108,67 Kb.
bet2/5
Sana25.03.2022
Hajmi108,67 Kb.
#510188
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pul va banklar” fanidan

Spot aniq axborot olish uchun bankning o‘ziga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi, chunki shartlar bir qancha omillarga bog’liq.

Bank nomi

Foiz

Pul miqdori (so'mda)

Muddat

“Agrobank”

Birinchi yil — 28%, 2 — 30%, 3 — 32%

Ish haqi hajmiga bog’liq

1, 2 ili 3 yil

“Asia Alliance Bank”

28%

100 milliongacha

3 yil

“Aloqabank”

28%

100 milliongacha

2 yil

“Davr-bank”

36%

50 milliongacha

3 yil

“InfinBank”

30−38%

40 milliongacha

3 yilgacha

“Ipak yo’li bank”

28,9%

80 million

3 yil

“Ipoteka-bank”

25%

30 million

1 yil

“Kapitalbank”

33%

30 million

5 yilgacha

“Qishloq qurilish bank”

28%

100 milliongacha

5 yilgacha

“Orient Finans” bank

22%dan

50 million

3 yilgacha

“Trastbank”

28%

40 milliongacha

2 yilgacha

“Turkiston bank”

Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo’lmagan miqdorda

40 million

3 yilgacha

“Turonbank”

29−31%

60 milliongacha

bir yil va undan yuqori

HamkorBank

35%

40 milliongacha

3 yilgacha

“Mikrokreditbank”

24−26%

30 million

2 yilgacha

NBU

30%

60 milliongacha

3 yil

“O‘zsanoatqurilishbank”

28−30%

40 milliongacha

3 yilgacha

Hi-Tech-Bank

28%

60 milliongacha

2 yilgacha

“Savdogarbank”

30%-34%

Cheklanmagan miqdorda

3 yilgacha

RAVNAQ-BANK

Birinchi yil — 26%, 2 — 28%, 3 — 30%

20 million

1, 2 yoki 3 yil

“Asaka”

30%

40 milliongacha

3 yilgacha

Ziraat Bank Uzbekistan

24−26%

60 milliongacha

3 yilgacha

UzAgroExport bank

30%

40 milliongacha

3 yilgacha



2)Garov yoki boshqa kafolatsiz istemol kreditini berish mumkinmi?
Respublikaning moliyaviy qonunchiligi uning qaytarilishini ta'minlash shakllaridan birini taqdim etmasdan har qanday miqdorda kredit olish imkoniyatini bermaydi.Mijoz o'z ixtiyori bilan bank tomonidan taklif etilgan variantni tanlashi mumkin.Garov, kafillik yoki maxsus sug'urta garov sifatida xizmat qilishi mumkin.


Kartaga berilgan istemol kreditini naqt qilish mumkinmi?


Yo'q, bunday imkoniyat respublikaning har qanday bankida taqdim etilmaydi.Agar kredit kredit karta bilan ta'minlangan bo'lsa, uni faqat do'konlarda naqd pulsiz hisoblash orqali ishlatishingiz mumkin.ATMda pul olish yoki boshqa shaxsga hisob raqamiga o'tkazish mumkin emas. Ushbu cheklov xavfsizlikni ta'minlash va firibgarlik holatlarini kamaytirish maqsadidakiritilgan.


Istemol kreditini qaytarib berolmasa nima bo’ladi?
Qarzga berilgan mablag'larni qaytarish shartlari shartnomada ko'rsatilgan.Xuddi shu hujjat qarzdorga nisbatan qo'llaniladigan javobgarlik choralarini o'z ichiga oladi.Avvalo, u qarz miqdorining foiz nisbati bo'yicha hisoblab chiqilgan kechikish uchun jarimaga tortiladi.Pulni qaytarish uchun garovga qo'yilgan mol-mulkni sotish bo'yicha barcha choralar ko'riladi.


Bank pul mablag’larini naqd pulga olish hafi qanday?
Naqd pul-bu jismoniy vositalar, shuning uchun ular yo'qolishi mumkin. Xavfsizlik va o'g'irlikdan ogohlantirish yaratish uchun ehtiyot choralarini ko'rish kerak. Avvalo, faqat bank va mijoz pul o'tkazish haqida bilishi kerak. Qog'oz vositalarini tashish faqat avtomobilingizda amalga oshirilishi kerak.Agar iloji bo'lsa, pul o'tkazishning naqd pulsiz usullaridan foydalanishingiz kerak.Bundan tashqari, yolg'iz pul bilan yurish mumkin emas.


Agar mijoz belgilan oylik to’lov talabidan ko’proq pul to’lasa nima bo’ladi?
Shartnoma shartlariga qarab.Tashkilot, masalan, quyidagi to'lov shaklida asosiy qarzni to'lash uchun ortiqcha mablag'larni yo'naltirishi mumkin.Agar to'lov haddan tashqari bo'lsa, unda ortiqcha miqdori u olgan hisobga qaytariladi.Agar tashkilotda bir nechta kredit ochilgan bo'lsa, unda bu miqdor boshqa qarzlarni to'lash uchun ruxsat etiladi-bu shartnomani tuzishda oldindan aniqlanishi mumkin.


Kredit olish kredit hisobini ochish o’rtasidagi farq nima?


O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi qarz mablag'larini bir necha usulda berishni nazarda tutadi: naqd pul, bank hisobvarag'iga o'tkazish yoki kredit kartasini rasmiylashtirish orqali. Ushbu usullardan birini qo'llash "kredit olish" tushunchasiga ishora qiladi. Kredit kartasini rasmiylashtirishda qarz oluvchi yana bir operatsiyani bajarishi kerak — kredit hisobini oching, undan pul yechiladi. Bu yerda oylik to'lovlar keladi.

3)Kreditning qanday turlari va shakllari mavjud?


Kreditning shakllari va turlari 
Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan 
kreditining turlari va shakllari xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin 
etiladi. Masalan, O’zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullaeva kreditning 
shakllari xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo’lsada, uning turlarini 
“qisqa muddatli kreditlash” va “uzoq muddatli kreditlash”dan iborat 
ekanligini ta’kidlaydilar
, xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar 
ham kredit shakllari bo’yicha turlicha fikrlarni ilgari suradilar. Shu bois, 
ushbu paragrafda kreditning turlariga atroflicha to’xtalishga qaror qildik. 
Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq tushunish 
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, kreditning nafaqat 
turlari va shakllari o’rtasida, balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan holda 
o’rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab tasniflanishi mumkin. 
Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo’yicha (1), kreditni taqdim etish 
muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi.
Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 
asosan bunday tasniflanish kredit sub’ektlari o’rtasida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek, uning e’tiborli 
jihati material qiymatni o’zida aks ettirganligi bo’lib, amaliyotda taqdim etish 
bilan bog’liq holatlarni o’zida namoyon etishi hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manbalarga 
tayanib, kreditning a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari mavjudligini 
ta’kidlash mumkin. 
Kreditning tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan 
bog’liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan. 

Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u 


asosan buyum ko’rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini 
qoplashda xuddi shu miqdordagi buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko’ra, 
kreditning ushbu shakli antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga 
kelgan va rivojlangan
.
Hattoki, o’sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” iqtisodiy 
kategoriyalari o’rtasidagi bir – biriga o’xshashlik va farqlar xususidagi ayrim 
fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala hozirgi kunda ham 
iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o’rtasidagi munozarali holatlardan 
hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va “kredit” o’rtasida jiddiy farqlar 
mavjud emasligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh olimlari buni inkor etishadi.
E’tiborli jihati shundaki, Rimda o’sha davrning huquqshunoslari 
“ssuda” va “kredit” (qarz) o’rtasidagi farqni quyidagicha izohlab berishga 
urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar shaklida kredit 
oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu tovar yoki buyumni 
kreditorga taqdim etishi zarur bo’ladi. Masalan, qarzdor kreditga otni olgan 
bo’lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan shu ot unga qaytarilishi zarur 
bo’ladi. 
Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o’rniga shunga o’xshash 
turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof etishadi. Masalan, 
tovar shaklida olingan bug’doyning o’rniga shu navdagi va miqdordagi 
bug’doy yoki boshqa mahsulot bilan qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditining tovar shaklidagi jihatlari bo’yicha 
ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo’lish mumkin. Yuqorida 
kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli o’laroq, professor
V.A.Shchegortsova tahriri ostida nashrdan chiqqan darslikda
, kreditning 
tovar shaklida mashina, stanok va boshqa jihozlarga to’lovni kechiktirish
ularni ijraga va hatto lizinga berish ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Fikrimizcha, bu erda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini uning 
turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar o’rtasida pul 
munosabatlari vujudga kelib, to’liq taraqqiy etgan vaqtgacha qo’llanilgan, 
keyinchalik ushbu kredit pul – tovar ko’rinishida qo’llanilgan.

Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat 


taqsimotining taboro takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida uning 
pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo’ldi. Kreditning pul shaklini vujudga 
kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylik jihatlari xususida batafsil 
to’xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas. Chunki, kreditor jamiyatdagi 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etib, 
ushbu mablag’larga ehtiyoji bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga 
qaytarishlik, to’lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida beradi. O’z 
o’rnida qarzdor ham ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda 
tegishli to’lovlar asosida kreditorga pul ko’rinishida qaytaradi. 
Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bo’lganligi tufayli 
kreditning pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida kreditining 
tovar shakli o’z o’rnini sekinlik bilan kreditning pul shakliga bo’shatib berdi. 
Kreditning yuqorida qayd etilgan shakllari bilan birga uning aralash 
shakli ham amal qiladi. Kreditning ushbu shakli uning tovar va pul shaklini 
o’zida mujassam etadi. Bunda kredit tovar yoki pul shaklida berilishi 
mumkin, uni qaytarishda ham qarzdor olgan kreditini pul yoki tovar 
ko’rinishida kreditorga qaytarishi mumkin. Aynan mana shu teskari 
bog’liqlik kreditning aralash shaklini o’zida ifoda etadi. Kreditning 
ayirboshlash shakliga misol sifatida tijorat kreditini keltirishimiz mumkin. 
Masalan, tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi tashkilot sotib oluvchining 
moliyaviy muammolari mavjud hollarda sotilgan tovarlar va xizmatlarga 
to’lovni kechiktiradi, kechiktirilgan to’lov keyinchalik qo’shimcha to’lov 
asosida amalga oshiriladi. Mazkur masala keyingi paragraflarda batafsil 
ko’riladi. 
Umuman olganda, yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kreditning 
shakllari xususidagi turli fikrlarning mavjudligi mazkur masalalar ustida 
qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirishni davom ettirish zarurligidan 
dalolat beradi. Shu bilan birga, kreditning shakllari uning turlarida yanayam 
aniqroq namoyon bo’ladi.
Xususan, kreditning turlari bo’yicha ham turlicha qarashlar mavjud 
bo’lib, rossiyalik ayrim iqtisodchi olimlar kreditning firmalar o’rtasida 
(xo’jalik) krediti (1), bank krediti (2), fuqarolik (shaxslar o’rtasidagi) kredit 

(3), davlat krediti (4), xalqaro kredit (5) va iste’mol kreditlari (6) 


mavjudligini ta’kidlaydi
.
Rossiyalik boshqa iqtisodchi olimlar bank krediti (1), xo’jalik (tijorat) 
krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), fuqarolar (xususiy, shaxsiy) 
kreditlari (5) mavjudligini e’tirof etishadi
. Yana bir taniqli iqtisodchi olim, 
professor O.I.Lavrushin tahriri ostida tayyorlangan darslikda kreditning bank 
krediti (1), xo’jalik (tijorat) krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), 
ishlab chiqarish va iste’mol kreditlari (5) amal qilishi hamda bulardan 
tashqari kreditning bevosita va bilvosita, namoyon bo’luvchi va yopiq, eski 
va yangi, asosiy va qo’shimcha, rivojlangan va rivojlanmagan turlari 
mavjudligi ta’kidlanadi
.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, iqtisodchi olimlar kreditning 
turlariga mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardan kelib chiqib turlicha 
yondashganlar. Fikrimizcha, kreditning turlariga tavsif berishda ularning 
amaliyotda qo’llanilishi va iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat krediti (1), bank krediti (2), 
iste’mol (ipoteka) kreditlari (3), tijorat krediti (4), xalqaro kredit (5) 
mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. 

Download 108,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish