Pul – iktisodiyot sub`ektlari mulkining bir turi bo`lib, mulkning boshka turlaridan ikki xususiyatiga ko`ra fark kilad:
birinchidan, pul yukori likvidliliklar, ya`ni kiska muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshka buyumga ayirboshlanish kobiliyatiga ega;
ikkinchidan baxolar o`zgarmas bo`lgan sharoitda pul yoki xech kanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshka mulk turlarinikidan ancha kam
To`lov vositasi (almashinuv vositasi); Qiymat o`lchovi vositasi Jamgarish ( boylik to`plash) vositasi 1 2 3 Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat kilinadi va (M/P)s darajasida kayd kilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zaxirasi mikdorini ko`rsatadi.
(M/P) s = M*/P* Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baxolar darajasi (ushbu modelda ekzogen o`zgaruvchi )ni ko`rsatadi.
Pul bozoridagi muvozanat. 1-chizma real pul taklifi mikdoridagi foiz stavkasiga boglik bo`lmagan vaziyatni ko`rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko`rsatayotganimizdek vertikal chizik ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xolat foiz stavkasi kanchalik o`zgarishiga karamasdan real pul taklifi mikdori o`zgarmasdan kolgan vaziyatni aks ettiradi
Baxolar darajasini xam barkaror deb kabul kilamiz. Bu xolatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to`gri chizik ko`rinishiga ega bo`ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional egri chizik ko`rinishiga ega. Muvozanat nuktasida pul talabi va taklifi o`zaro teng, (2-chizma).
O`zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o`zgarishi natijasida iktisodiy agentlar o`z aktivlari tarkibini o`zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta`sir etib uni o`zgartirish zarur va mumkindir.
Agar R juda yuqori bo`lsa, pul taklifi unga bo`lgan talabdan yuqori bo`ladi. Iqtisodiy agentlar o`zlarida to`planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aktsiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi.
Yuqori foiz stavkasi, ta`kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastrok darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o`sishini ko`zda tutib) sotib olish foydali bo`ladi.
Banklar, Ms> Md bo`lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iktisodiy agentlar o`z avtivlari tarkibini o`zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o`zgartirilishi okibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan xolatda teskari jarayon ro`y beradi
Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o`zgarib turishi pul bozorining ekzogen o`zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o`zgarishi natijasida xam ro`y beradi.
Grafik ko`rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziklarining siljishi sifatida namoyon bo`ladi (3,4 chizmalar).
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga kadar o`sishi (3-chizma) pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga kadar ko`tarilishiga olib keladi.Pul taklifining kamayishi xam foiz stavkasining ko`tarilishiga va muvozanat nuktasining o`zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o`rnatish va saklab turish mexanizmi kimmatli kogozlar bozori rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitida muvafakkiyatli amal kiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiktisodiy muvozanatning muxim tarkibiy kismidir.