Pul massasi va pul agregatlari


Pul massasi va pul agregatlari



Download 132 Kb.
bet3/6
Sana15.12.2022
Hajmi132 Kb.
#886835
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pul massasi va pul agregatlari

2.Pul massasi va pul agregatlari
Pul massasi – muomaladagi naqd pullar va naqd pulsiz oborotdagi pullarning yig‘indisidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning pul oborotida faqat banknota va tanga ko‘rinishda emas, balki kredit, chek va elektronyozuvlar ko‘rinishida ishtirok etayapti. Shuning uchun iqtisodchilar ushbu pullarni pul massasi deb yuritishadi. Pul massasi mamlakatda muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, uning hajmi jami ijtimoiy mahsulotning hajmi bilan muvozanatda (pulning aylanish tezligini inobatga olgan holda) bo‘lishi zarur.
Pul massasining miqdori va uning tarkibi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi. Markaziy bank pul – kredit instrumentlari orqali mamlakatda pul massasini oqilona me’yorini ta’minlaydi.
Pul massasi tarkibi asosan ikkita komponentdan tashkil topadi.
Muomaladagi naqd pullar – pul massasining yuqori likvidli mablag‘lari hisoblanib, istalgan paytda to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu agregat muomaladagi banknot va tangalarni o‘z tarkibiga oladi.
Naqd pulsiz mablag‘lar –mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit muassasalarida hisobraqam-lardagi, shuningdek, plastik kartochkalar va hisob – kitob cheki ko‘rinishidagi mablag‘lardan iborat.
Muomaladagi likvidlik darajasi past hisoblangan pullar kvazipullar deb yuritiladi. Ushbu pullarning tarkibiga nisbatan past likvidli va to‘lov vositasi sifatida ishlatilmaydigan qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablag‘larni likvidlilik darajasi hisoblanadi. Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi. Unga ko‘ra muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablag‘lar past likvidligiga qarab M1, M2, M3,….Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli mamlakatlarda turlichadir.
AQShda naqd va naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshiradigan pullar lividlilik darajasiga qarab quyidagi pul agregatlari bilan belgilanadi:

M1 =

naqd pullar (banknotlar va tangalar), talab qilib olguncha saqlanadigan depozitlar, pul cheklari, boshqa chek depozitlari;

M2 =

M1 + chek bo‘lmagan jamg‘arma depozitlar, muddatli jamg‘armalar (100 ming dollargacha);

M3 =

M2 + 100 dollardan yuqori muddatli jamg‘armalar, jamg‘arma sertifikatlar va boshqalar;

L=

M3 + xazina jamg‘arma obligatsiyalari, davlatning qisqa muddatli majburiyatlari, tijorat qimmatli qog‘ozlar va boshqalar.

Pul massasi tarkibida naqd pullar ulushining past yoki yuqoriligi muhim o‘rin tutadi. MDHga a’zo mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning ulushi sezilari darajada yuqori. Masalan, Rossiyada ushbu ko‘rsatkich 2002 yilda 36,6 foizni tashkil etgan. Odatda rivojlangan mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning ulushi 5 – 10 foizni tashkil etadi.
Pul massasining o‘zgarishiga nafaqat muomaladagi pul miqdorining o‘zgarishi, balki pul aylanish tezligi ham ta’sir qiladi. Pul aylanish muomalasi tezligi – pulning tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qatnashish sur’atidir.
O‘zbekistonda pul agregatlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat1.
M0= naqd pullar;
M1 = M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari – byudjet, jamoa va boshqa tashkilotlar mablag‘lari; M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar;
M3 = M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, pul muomalasi tezligi pul massasining o‘sishiga nisbatan proportsional ravishda ortib boradi. Iqtisodiyotning pul vositalari bilan ta’minlanganligi darajasini aniqlashda monetizatsiya koeffitsienti ko‘rsatkichidan foydalaniladi..

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish