Pul mablag’larining vaqтdagi qiymaтi



Download 105 Kb.
bet1/7
Sana29.05.2022
Hajmi105 Kb.
#619223
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pulning davriy qiymaтi nazariyasi

Pulning davriy qiymaтi nazariyasi




Reja:

  1. Moliyaviy resurslarni vaqtdagi qiymati haqida tushuncha

  2. Oddiy va murakkab foizlar haqida tushuncha

  3. Pul oqimlarining kelgusi qiymati.

  4. Pul oqimlarning joriy qiymati

  5. Annuitetning joriy va kelgusi qiymati.


1.Moliyaviy resurslarni vaqtdagi qiymati haqida tushuncha
Iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o’tishi faoliyatning ayrim tur-larini yuzaga keltirmokdaki, ular korxonalarning boshqaruvchilari va buxgal-terlari uchun nisbatan yangi va muhim tavsifga ega bo’lib hisoblanadi. Bular jum-lasiga qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq muomalalar, investitsion loyihalarni baholash, ssuda-qarzlar bilan bog’liq muomalalar, biznes faoliyatini baholash va boshqalarni kiritish mumkin. Qisqacha qilib aytganda, bular - pul mablag’larini samarali qo’yilmalar qilish bilan bog’liq vazifalardir. Chunki markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida oddiy korxona darajasida bunday vazifani hal qilishning imkoniyati amaliy jihatdan yo’q edi desak ham mubolag’a bo’lmaydi.
Markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida pul mablag’laridan samarali foydalana olmaslikning asosiy sabablari, bir tomondan, pul mablag’larini qa’tiy limitlashtirilishi sababli yuridik va jismoniy shaxslar katta miqdor-dagi bo’sh pul mablag’lari ega bo’la olmasligi bo’lsa, ikkinchi tomondan, uncha katta bo’lmagan bo’sh pul mablag’laridan foydalanishning amaliy jihatdan yagona yo’li ularni jamg’arma (omonat) banklariga foizga qo’yishdan iborat edi.
Iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o’tishi tufayli moliyaviy re-surslarni boshqarish va ulardan foydalanish sohasida holat keskin o’zgardi va bu o’zgarishlarning eng asosiylari quyidagilarda namoyon bo’lmoqda:

  • juda ko’p cheklovlar, xususan aylanma mablag’larni me’yorlashtirish bekor qilindi va bu moliyaviy resurslardan erkin foydalanish uchun sharoit yaratdi;

  • korxonalar moliyaviy natijalarini taqsimlash va foydani taqsimlash tubdan o’zgardi;

  • moliyaviy resurslar roli benihoya oshdi va ularni oqilona boshqarish zarurati tug’ildi;

  • yangi turdagi moliyaviy resurslar, xususan pul ekvivalentlari yuzaga keldiki, ularni boshqarishda vaqt aspekti hal qiluvchi rol o’ynay bosh-ladi;

  • korxonalar investitsion variantlarida jiddiy o’zgarishlar yuz ber-moqdaki, ularni qo’yish uchun yangi imkoniyatlar tug’ildi;

  • bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga xos bo’lgan yuqori darajadagi inf-lyatsiya va ishlab chiqarish hajmini pasayishida namoyon bo’luvchi moliya-viy beqarorlik sharoitida pul mablag’larini hatto davlat banklarida saqlash ham ko’zlagan manfaatni bermay qo’ydi.

Yuqoridagi o’zgarishlar pul mablag’laridan foydalanishda yana bir yangi xususiyat – pulni vaqtdagi qiymatini mavjudligini va ulardan foydalanishda bu xususiyatlarni inobatga olishgina yuqori samara berishini ko’rsatib turibdi.


Pulni vaqtdagi qiymatini o’zgarishiga ikki nuqtai nazardan qarash mum-kin, bir tomondan pul mablag’larini ishlatilmay turishi natijasida uning qiy-matini (sotib olish qobiliyatini) tushib ketishi va ikkinchidan, pul mablag’-larini aylanishda bo’lishi turli miqdordagi daromad keltirish yo’li bilan o’z qiymatini oshirib borishi. Ikkala nuqtai nazarni misol yordamida tushunti-rishga harakat qilamiz.
Sizni korxonangiz 180,0 mln so’m miqdorida bo’sh pul mablag’iga ega, yillik inflyatsiya darajasi esa 25 % ni tashkil qilsin. U holda bir yildan keyin kor-xonaning pul mablag’lari hisobvarag’ida yotgan puli o’zini sotib olish qobiliyatini to’rtdan birga ya’ni 36,0 mln so’mga yo’qotadi yoki joriy vaqtdagi qiymatini 144,0 mln so’mini tashkil qiladi. Endi tasavvur qiling, agar korxonangiz transport vositalariga yoqilg’i-benzin ishlatadigan bo’lsa-yu, yil oxirida (bir litri 250 so’m) yil boshiga (bir litri 200 so’mga) nisbatan benzin narxi 25 % ga ko’tarilgan bo’lsa, u holda Sizning korxonangiz mavjud pul mablag’iga yil boshida 900 ming litr, yil oxirida esa 720 ming litr sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi xolos.
Boshqa bir misol. Agar korxonangiz yiliga 20,0 mln so’m daromad keltiruvchi muomalada ishtirok etmokda va sizga yiliga 10 mln so’mdan daromad olish yoki bir yo’la ikki yildan keyin 20 mln so’m olish variantlarini taklif qildi. Тabiiyki, Siz birinchi variantni tanlagan bo’lar edingiz. Endi tasavvur qiling: variant biroz o’zgartirildi. Agar siz har yili daromad olsangiz, 10,0 mln so’mdan, agar ikki yildan keyin olsangiz bir yo’la 23,0 mln so’mdan olish mumkinligi taklif qilindi. Bunday holda darhol biron bir qarorga kela olmasligingiz tabiiy. Chunki Siz, albatta, boshqa daromad keltiruvchi muqobil variantlarni ko’rib chiqishingizga to’g’ri keladi.
Ko’rinib turibdiki, pul mablag’larini boshqarish va ulardan samarali foydalanish juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bunda albatta uni vaqtdagi qiy-matini qanday o’zgarib borishi va bu holatni hisobga olish uchun nimalarni e’tiborga olish kerakligini yaxshi bilish lozim. «Pul-vaqt» muammosi yangilik emasligi va hozirgi nuqtai nazardan uni kelgusida keltiradigan daromadlarini aniqlashning model va algoritmlari ishlab chiqilganligi hammamizga ma’lum. Lekin uni ko’p qirralarini hamma ham yaxshi bilavermaydi. Shuning uchun ham biz talabalarimizga pulning vaqtdagi qiymati bilan bog’liq masalalarni atroflicha tushuntirib o’tishga qaror qildik.



Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish