75
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit oper
atsiyalari hamda obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini so
tish orqali jalb etilgan mablag‘lari hajmi, trln.so‘m9
2.
Agar Markaziy bank milliy bank tizimidagi ortiqcha likvid-
lilikni kamaytirislini maqsad qilib olgan b o isa, u holda, Markaziy
bank qimmatdor qog‘ozlar bozorida sotuvchi b o iib ishtirok etadi.
Bunda ham Markaziy bank ikki imkoniyatga ega boiadi:
.- markaziy bank m a’lum kursni e io n qilishi va qimmatdor
qog‘ozlarning kursi e io n qilingan darajaga yetishi bilan istalgan
miqdordagi qimmatdor qog'ozni sotish majburiyatini olishi mum
kin:
-
markaziy bank qo‘shimcha tarzda ma’lum miqdordagi qimmat
dor qog‘ozni sotish majburiyatini olishi mumkin. Buning natijasida
davlatning qimmatdor qog‘ozlaridan va boshqa yuqori likvidli
qimmatdor qog‘ozlardan keladigan daromadlaming miqdori oshadi
va shuning asosida ulaming investitsion jozibadorligi oshadi. Piro-
vard natijada, tijorat banklari va boshqa kredit institutlarining maz-
9 O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining m a ’lumotlari. www.cbu.uz.
76
kur qimmatdor qog'ozlarga bo‘lgan qiziqishi kuchayadi va ularning
kreditlash salohiyati pasayadi. Bu esa, o‘z navbatida, kreditlar foiz
stavkalarining oshishiga olib keladi. Agarda foiz stavkalarining shu
tahlitda o ‘sishi Markaziy bankni qoniqtirmasa, u yarn qimmatdor
qog'ozlarni sotib olishi mumkin. Bunday holatni bir qator sanoati
rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining faoliyatida kuza-
tish mumkin. Masalan GFR, Federal banki (Bundesbank) tomoni
dan ochik bozorda qat’iy foizli qimmatdor qog'ozlarni sotib olish
1975 yilning ikkinchi yarmiga kelib о ‘zining yuqori cho'qqisiga
chiqdi. Bu vaqtda Bundesbank banklarning likvidliligini ta ’minlash
va foiz stavkalaririi o'zining pul-kredit siyosatining oraliq va tak-
tik maqsadlariga mos keladigan darajasidan oshib ketishiga yo'l
qo'ymaslik maqsadida 7,5 mlrd. nemis markasi miqdoridagi sum-
maga yuqori likvidli qimmatdor qog'ozlar sotib olgan edi. 1976
yilda esa, aksincha, Bundesbank bunday qimmatdor qog'ozlarni
juda katta miqdorda sotdi. Buning sababi shundaki, Bundesbank
qat’iy foizli qimmatdor qog'ozlarning kursini oshishi natijasida
bank kreditlari va depozitlari foiz stavkalarining pasayishjarayonini
to'xtatib qo'ymasdan turib, bozordan katta miqdordagi likvidlilikni
olib qo'yishi zarur edi. Birgina 1976 yilning o'zida Bundesbankning
qimmatdor qog'ozlar portfeli 6,5 mlrd. nemis markasiga kamaydi.
Shunisi e ’tiborliki, ko'pchilik rivojlangan sanoat mamlakatlarida
maTum turdagi qimmatdor qog'ozlarga nisbatan kursni belgilab
qo'yish siyosati qo'ilaniladi. Mazkur usulning mohiyati shun
daki, Markaziy bank, qisqa muddatli qarz majburiyatlari bilan
operatsiyalarni amalga oshirayotganida, minimal stavkani ko'rsata-
di. Shundan keyin tijorat banklari, ularning kreditga bo'lgan talab-
lari qondirilgan sharoitda, to'lashga rozi bo'lgan stavkani ko'rsatib
ariza beradilar. Markaziy bank tushgan arizalar asosida o'zining
hisob stavkasini aniqlaydi. Bunda yuqori foiz stavkalari taklif qil-
gan kredit institutlari katta miqdorda kredit resurslari oladi.
77
Ochiq bozor operatsiyalarining e ’tiborga molik jihatlaridan biri
shundaki, xalqaro bank amaliyotida Markaziy bank bilan tijorat
banklari o ‘rtasida kursni belgilash borasidagi shartnomani imzo-
lashda quyidagi ikki hil standart mavjud:
1. Foiz stavkalari barcha tijorat banklari uchun yagona stav-
kada belgilanadi.Ushbu standart «kreditlami taqsimlashning gol-
landcha usuli» deb ataladi.
2. Foiz stavkalari har bir tijorat bankiga nisbatan alohida
o ‘matiladi. Ushbu standart «amerikacha standart» deb ataladi.
Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali tijorat banklari
tomonidan depozitlarga toianadigan va kreditlardan olinadigan
foiz stavkalariga ta ’sir ko ‘rsatish mumkin. Mazkur ta’sir vositasi
quyidagi ko‘rinishga ega: Markaziy bank iqtisodiyotning nobank
sektoridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan ochiq bozor oper
atsiyalarini amalga oshirganida pul bozorini tartibga solish maqsa-
dini ko ‘zlamaydi.
Demak, Markaziy bank tomonidan sotib olinuvchi qimmatdor
qog‘ozlar tarkibiga kirmaydigan qimmatdor qog‘ozlarning sotilishi
ham bank tizimining likvidliligini kamaytiradi. Bundan tashqari,
Markaziy bank, nobank sektoridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga
qimmatdor qog'ozlami sotishda yuqori foizlar belgilash yo‘li bilan,
tijorat banklarining depozitlarga toMavdigan foiz stavkalariga faol
tarzda ta ’sir ko‘rsatishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor ope-
ratsiyalarida oldisotdi ob’ekti bo‘lib, hukumatning qisqa muddatli
obligatsiyalari va o ‘rta muddatli xazina majburiyatlaridan foyda-
lanilmoqda. Shu bilan birga, respublikamizda muomalada 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari mavjud.
Ammo bu obligatsiyalar tijorat banklarining vakillik hisob raqam-
laridagi likvidlilikning m a’lum qismini olib qo‘yish maqsadida
emissiya qilingan.
78
Rivojlangan davlatlarda va bir qator o‘tish iqtisodiyoti davlatlar-
ida hukumatning qimmatdor qog‘ozlariga tijorat banklari tomoni
dan qilingan investitsiyalar ular aktivlarining umumiy hajmida
sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Bu esa, mazkur mam-
lakatlarning markaziy banklariga ochiq bozor siyosatini faol tarzda
amalga oshirish imkonini beradi.
Fikrimizcha, Markaziy bankning ochiq bozor siyosatini amal
ga oshirishda Markaziy bankning savdo hamkorlarini tanlashning
xalqaro amaliyotda qabul qilingan tamoyillariga qat’iy rioya qilish
lozim. Xalqaro amaliyotda Markaziy bankning ochiq bozor oper-
atsiyalarida ishtirok etuvchi tijorat banklari (savdo hamkorlari) ni
tanlashda quyidagi ikki tamoyildan foydalaniladi:
1. Agar Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini doimiy
ravishda amalga oshirmasa (masalan, xaftada bir marta amalga
oshirsa), ushbu operatsiyalarda barcha tijorat banklari ishtirok
etadi.
2. Agar Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini doimiy
ravishda amalga oshirsa, ya’ni har kuni yoki bir kunda bir necha
marta amalga oshirsa, Markaziy bank uncha ко' p sonli bo'imagan
bir nechta tijorat bankini tanlaydi.Ayrim hollarda, Markaziy bank
pullar taklifiga tez ta ’sir qilish maqsadida bitta tijorat banki bilan
yirik summada ochiq bozor operatsiyasini amalga oshiradi. Bizning
fikrimizcha, 0 ‘zbekiston Respublikasi bank tizimi rivojlanishining
hozirgi bosqichida Markaziy bankning bitta tijorat banki bilan
ochiq bozor operatsiyasini amalga oshirishining jiddiy havfli jihati
mavjud. Ushbu havfli jihatning mohiyati shundaki, respublikamiz
bank amaliyotida mo4’tadil sog‘lom raqobat muhiti hozirga qadar
shakllantirilmagan.
Markaziy bank tomonidan ochiq bozor operatsiyalarini amalga
oshirishda tijorat banklariga nisbatan aniq mezonlarga asoslangan
79
majburiyatlar belgilanishi lozim. Bu borada ochiq bozor siyosati
bo‘yicha katta tajriba to’plagan markaziy banklar (Angliya, GFR
Bundesbanki, AQSh FZT) ning ochiq bozor operatsiyalarini amalga
oshirish tartibini o ‘rganish maqsadga muvofiq. Masalan, Angliya
Markaziy bankining amaldagi talabiga ko'ra, Markaziy bank bilan
ochiq bozor operatsiyalarida ishtirok etuvchi tijorat banklari quyi
dagi mezonlar bo‘yicha talabga javob berishlari lozim:
- operatsiyani to ‘lik va havfsiz rejimda amalga oshirish imko-
nini beradigan darajada texnik imkoniyatlarga ega bo‘lishi;
- turli bozorlarda likvidlilikni talab qilinadigan darajada o ‘z-
gartirish uchun zarur bo‘lgan miqyosda operatsiyalarni faol tarzda
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
- ochiq bozordagi operatsiyalarda doimiy tarzda ishtirok etishi;
- Markaziy bankni bozorda yuzaga kelgan sharoitlar va vazi-
yatlar to ‘grisidagi foydali m a’lumotlar bilan doimiy ravishda
ta ’minlab turish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |