BADIIY USLUB
Badiiy uslub adabiy tilning shakllanishi, rivojlanishi uchun muximdir. U adabiy tilning asosini tashkil etadi. Badiiy uslub boshka uslub turlaridan kamrovdorligi, turli ifoda vositalariga boyligi Bilan ajralib turadi. Badiiy uslubning asosi badiiy nutkdir. Badiiy nutk esa shu nutk uchun xos bulgan vositalardan tashkari boshka uslublarga taalukli lingvistik vositalarni xam kamrab oladi. Bu xolat badiiy uslubning nutkiy imkoniyatini kengaytiradi, uslubiy buyoklarga va xilmxil vositalarga boyligini ta’minlaydi.
Nutkning boshka uslubiy kurinishlariga kiyosan badiiy uslub lugaviy jixatdan keng kamrovlidir. Badiiy uslubda tilning barcha lugaviy va grammatik vositalaridan foydalanish, ularni tanlash asosida ishlatish, shunigdek, kuchma ma’noli, kup ma’noli, bir tushunchaning turli darajasini ifodalovchi suzlardan foydalanish kabi cheksiz niyatlar mavjud.
Badiiy uslub obrazli, ta’sirchan uslubdir. Badiiy uslubda obrazlilik suzlardan, grammatik shakllardan uz va Kuchma ma’nolarda maksadga mos foydalanish nutkda obrazli vositalarni urinli kullash natijasida kuchayadi. Shunga kura badiiy uslubda obrazlilikni ta’minlovchi xam lingvistik, xam stilistik (uslubiy) faktorlar mavjud. Nutkiy obrazlilikni ta’minlovchi lingvistik faktor bevosita suz kullash bilan boglik. Bu jarayon tildagi Suz boyligidan (sinonim, parnom, dublet, suz variantlari, frazeologizm)nutkda foydalanish bilan xosil buladi. Uslubiy faktor obrazli vositalar, stilistik usullardan foydalanish asosida yuzaga keladi.
Bu xar ikkala xolat uygunlashganda badiiy nutk chinakamiga ta’sirchan, obrazli nutkga aylanadi. Masalan: Sokin tun, Osmon Tula yulduz, lekin yorugi yuk. Yul boshidagi daraxtlar xurpaygan tovukka uxshab kurinadi, kop-kora, Saf yarim soatcha yurgandan keyin urmonga kirib ketdi. Urmon ichi boyagidan xam jimjit, fakat balanddan daraxt boshlarini tebratib utgan shamolning pixillashga uxshash bugik tovushi bir tekisda keladi. (Sh). Bu barchada turli tashbexlarning kullanilishi, xar xil obrazli ifodalar nutkning ta’sirchanligini ta’minlagan.
Badiiy uslub kuyidagi muxim xususiyatlarga ega: a) badiiy uslub, kommunikativ (aloka-aralashuv) va estetik ta’sir etish vazifasini bajaradi;
b) umumuslubiyligi bilan xarakterlanadi; v) ifodali vositalar keng kulamda kullaniladi; g) adabiy tilga keng ta’sir kiladi.
Badiiy uslub lugaviy jixatdan kuprok kitobiylikka asoslanadi. Bu uslub uchun uslubiy belgi xisoblangan lugaviy vositalarni kuyidagi guruxlarga ajratish mumkin.
a) badiiy-kitobiy suzlar: basharti, barkamol, barbod, borlik, ezgu, mangu, munis, musaffo, sukunat, yorkin, nido, yaprok, charogon, xazin kabilar;
b) arxaik suzlar: gardun, ochun, sirishk, kishvar, toabad, magar, zabun, aftoda, yalov, agyor, sarbast, gaddor, ganim;
v) tarixiy suzlar: amir, jilovdor, yasovul, doruga, mirshab, jallod, bazzoz, botmon, dubulga, sovut, tanob kabi.
Badiiy uslub ifodasiga kura bir-biridan farklanuvchi nutk kurinishlarini uz ichiga oladi. Badiiy uslubni vujudga keltiruvchi badiiy turlar nasr, nazm va dramaturgiyadir. Bu xar bir tur uziga xos lugaviy-grammatik xususiyatlarga ega bulganidek, uziga xos ifoda usuliga xam ega. Nasriy matnlar adabiy til konunlariga asoslanadi. Ayniksa morfologik va sintaktik jixatdan adabiy til normalariga mos keladi. Nazm esa kupgina xollarda bu normalarga amal kilmaydi. Unda turli grammatik shakllardan foydalanilganidek, sintaktik jixatdan she’riyat gap bulaklarining urin almashinuviga (inversiya) asoslanadi. Dramatik nutk asosan ikki kishining suzlashuvi asosida shakllanadi. Ifoda usullarining bu xildagi turli-tumanligi badiiy uslub tarkibida nasriy, she’riy va drammatik uslub turlarini ajratishni takozo etadi. Birok, bu uslub turlarining barchasi uchun bir umumiylik-badiiy ifoda, obrazlilik xos bulib, Ushbu xoslik ularni badiiy uslub tushunchasida birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |