Psixometrika



Download 221,5 Kb.
bet2/4
Sana01.01.2022
Hajmi221,5 Kb.
#298763
1   2   3   4
Bog'liq
Тафаккурни синаш

Tafakkurni sinab ko`ring

1.Sohibaning soati har soatda 5 daqiqa oldin ketadi. Nargizaning soati har ikki soatda 30 daqiqa orqada qoladi. Hozir bu soatlar bir xil vaqtni ko`rsatyapti. Necha soatdan keyin soatlar orasidagi farq 3 soatni tashkil qiladi?

1) 7 2) 12 3) 9 4) 15

2.Ikki sonning yig’indisi 160 ga teng. Birinchi son ikkinchi sonning
uchdan bir qismini tashkil qiladi. Katta son nechaga teng?
1) 40 2) 75 3) 85 4) 120

3. Mansurjonga vazifa berdilar: biror bir sonni 8ga ko`paytir, keyin 3ni ayirgin va nihoyat 9ga bo`l. Mansurjon esa sonni 7ga ko`paytirgan, 2ni ayirgan va 8ga bo`lgan. Lekin o`qituvchisi aytgan to`g’ri javobni keltirib chiqargan . Mansurjon qaysi son bilan ishlagan?

1) 7 2) 6 3) 5 4) 4

4. Ona bolasidan 30 yosh katta, 7 yildan keyin ona bolasidan 4 barobar katta bo`ladi. Bola hozir necha yoshda?

1) 1 2) 3 3) 7 4) 13

5. «Go`zal pazanda» tanlovida Zulfiya bir kunda 8 ta tort pishirdi, Feruza esa 15 ta tort. Ikkinchi kundan boshlab Zulfiya har kuni ikkita tort kam pishirdi, Feruza esa har kuni ikkita tort ortiq pishirdi. Tanlov olti kun davom etdi, qaysi kun ikki go`zal birgalikda 23 ta tort pishirgandi.

1) harkuni 2) juft 3) toq 4) oltinchi kundan boshqa hamma kunda

6. G’ani fermasida timsohlar va tuyaqushlarni ko`paytiradi, jami qirq jonivori bor. Timsoh oyoqlari yig’indisidan tuyaqush oyoqlari yig’indisini ayirsak 52 bo`ladi. Savol: fermada nechta timsoh bor?

1) 18 2) 20 3) 22 4) 24

7.Davlatning harbiy kuchlari 3 korpusdan iborat, har bir korpus 3 armiyadan tashkil qilingan, har bir armiyada 3 diviziya bor, har bir diviziyada 3 brigada, har bir brigadada - 3ta polk, har bir polkda 3ta rota, har bir rotada 3ta vzvod, har bir vzvodda 3 ta bo`linma. Bo`linmalar soni:

1) juft 2) toq 3 )bilib bo`lmaydi 4) hamma javoblar to`g’ri

8.Do`kon mudiri dehqondan tarvuz sotib oldi. Kilosi K so`mdan, hammasi bo`lib A so`m to`ladi. B kg tarvuz chirib ketdi, S kg tarvuz yorildi. Qolgan tarvuzlarni kilosini D so`m foydasi bilan sotdi. Do`kon mudirining foydasi qancha?

1) (a-b-s)d-ka 2) d-a(a/k-b-c) 3) (ka-b-c)-d 4) d(a/k-b-c)



9. Olimpiya stadioni perimetr bo`ylab 120 bayroq bilan bezatilgan. Bayroqlar orasi 5 metr bo`lsa, perimetr necha metrga teng?

1) 594m 2) 600m 3) 606m 4) 612m

10.Mansur Ilhomdan ko`ra uch barobar ko`p kitob sotib oldi. Ilhom esa Doniyordan ko`ra ikki barobar ko`p kitob sotib oldi. Mansur qancha kitob sotib olishi mumkin?
1) 36 2) 41 3) 46 4) 51

11. Tolib 5 yoshda. Otasi Muhsin 32 yoshda. Necha yildan keyin Muhsinning yoshi o`g’li Tolibning yoshidan to`rt barobar ko`p bo`ladi?

1) 36 2) 9 3) 4 4) 3

12.Naimaning yoshi 48, qizi Feruza 22 yoshda. Necha yil oldin onaning yoshi qizining yoshidan uch barobar katta edi?

1) 3 2) 9 3) 12 4) 15

13.Otaning yoshi 58, o`g’illar esa 24 va 26 yoshda. Necha yil oldin otaning yoshi o`g’illar yoshi yig’indisidan ikki marotaba katta edi?

1) 5 2) 7 3) 14 4) 15

14.Ota 36 yoshda, o`g’illari 5, 9 va 12 yoshda. Necha yildan keyin otaning yoshi o`g’illarning yoshlari yig’indisiga teng bo` ladi?

1) 5 2) 14 3) 21 4) 23

15.Har yil videomagnitofon narxi ikki barobar oshadi, komp’yuter narxi 50% tushadi. Agar 1999 yil videomagnitofon narxi komp’yuter narxidan 16 marta ko`p bo`lsa, nechanchi yil komp’yuter videomagnitofondan 4 barobar qimmat bo`lgan?

1) 1996 2) 1994 3) 1998 4) hechqachon bunaqasi bo`lmagan.

16. Orif kunida 8 soat ishlaydi. Har bir soat uchun Vohiddan ko`ra ikki barobar ortiq haq oladi. Vohid kunida 12 soat ishlaydi, shundan 4 soatiga oddiy soatga nisbatan ikki barobar ko`p haq oladi. Kimning kunlik maoshi ko`proq?

1) Orif 2) Vohid 3) Bir xil 4) Bilib bo`lmaydi.

17. Dushanba, seshanba, chorshanba maysa har kuni 5 sm o`sadi. Payshanba va juma balandligi har kuni ikki barobar oshadi. SHanba va yakshanba dam oladi. SHanba kuni maysa balandligi 5 sm bo`lsa, ikki haftadan keyin balandligi qancha bo`ladi?

1) 380sm 2) 240sm 3) 560sm 4) 420sm

18 Probirkada 3 mikrob bor. Har 8 daqiqada har bir mikrob 4 ga bo`linadi. 20 daqiqadan keyin probirkada nechta mikrob bo`ladi?

1) 48 2) 75 3) 96 4) bilib bo`lmaydi.

19. Kenguru bolasining og’irligi birinchi ikki oyda ikki barobar oshadi. Keyingi uch oyda har oy bir yarim barobar oshadi. Keyin har hafta 200 gramm oshadi. Kenguru bolasining og’irligi tug’ilganida 400 gramm edi, qachon 3,3 kg bo` ladi?

1) 3oydan keyin. 2) 4 oydan keyin. 3) 5 oy va 1 haftadan keyin. 4) 5 oy va 3 haftadan keyin

20. Idish - tovoq do`konida 8 g’aroyib likopcha bor. Bu likopcha sinsa har bir bo`lagi yangi likopchaga aylanadi. Do`konga fil kirdi va 3 likopchani har birini 4 bo`lakdan qilib - sindirdi. Fildan keyin tuya kelib hamma likopchalarni ikki bo`lak qildi. Kun oxirida do`konda nechta likopcha bo`lgan?

1) 7 2) 24 3) 34 4) 38

21.Bog’chada 5 bola, har birida 10 tadan shirinlik bor. Kun oxirida uyga ketayotgan bola qolayotgan bolalarning har biridan ikkitadan shirinlik oladi. Uchinchi ketayotgan bolada nechta shirinlik bo`ladi?

1)8 2) 10 3) 14 4) 5

22.Xurshid eksperiment o`tkazyapti. Idishdagi suvning yarmini to`kib 4 litr suv qo`shadi. SHu harakatni uch marta takrorlabdi. Idishda necha litr suv qoldi? Boshida 20 litr suv bo`lgan bo`lsa.

1) 4 2) 9,5 3) 12 4) 7,5

23 Robinzon Kruzo o`z orolini o`rganmoqchi bo`ldi. Birinchi kun u shimolga bir km yo`l yurdi. Ikkichi kun 2 km janubga, uchinchi kun 3 km shimolga va hokazo.14 kundan keyin Robinzon Kruzo boshlang’ich nuqtadan necha km uzoqda bo`ladi?


1) 6 km shimolda 2) 7km janubda 3)8 km shimolda 4) 9km janubda

24. YOdgor yanvarda 400 dollar ishladi. Martda 1200 dollor. Qaysi oyda YOdgor 5000 dollor ishlaydi. Har bir oyda oldingi ikki oyning maoshi berilsa?



1) iyun 2) iyul 3) avgust 4)sentyabr

25.Aeroportda avtomobillar pullik to`xtash joyi bir ish kuni uchun 11 shekel, shanba kuni uchun esa 9 shekel. CHet eldan qaytib kelgan janob Hogai turar joy uchun 130 shekel to`lagan. Haftaning qaysi kunida janob Hogai chet elga uchib ketgan?

1) yakshanba yoki dushanba 2) chorshanba 3) payshanba yoki juma 4) shanba.

26.Oddiy yaxna ichimlikning narxi 1,30 shekel, parhezli ichimlikning narxi 1,50 shekel. Abdulaziz 6ta ichimlik olib 8,20 shekel to`ladi. Abdulaziz nechta parhezli ichimlik oldi?

1) 1 2) 2 3) 3 4) 4

27.Xurshid yotoqxona derazasidan qochish niyatida choyshablarni bog’layapti. Deraza erdan 10 metr balandlikda, choyshabning uzunligi 5m. Keyin bog’langan choyshablarning har biri, oldin bog’langan choyshabdan ikki barobar kalta.
Nechta choyshabni bog’lab erga etqarish mumkin?


1) 4 2) 5 3) 8 4) cheksiz

28.O`zbegim firmasi yuk tashuvchi mashinasidan 141000 so`mlik yaxna ichimlik yo`qolgan. Ichimliklar katta quti (30000 so`m) va kichkina quti (7000 sum) larga joylashtirilgan edi. Nechta quti yo`qolgan?

1) 7 2) 10 3) 12 4) 20

29. YUlduzchalarni raqamlarga almashtir: ****-1 =***

30.Bir xonali sonning eniga o`sha sonning o`zini yozib qo`ying.

Tuzilgan son necha barobar ko`paydi?

31.Kitobning 60 varaq qalinligi 1 sm. 240 betdan iborat kitobning qalinligi qancha?

32.Toshkentdan Buxorogacha samolyot 1soat 20 daqiqa uchadi. Buxorodan Toshkentgacha 80 daqiqa uchadi. Bu farqni izohlab bering.

33.Ahmad, Qodir, Muhammad shashka o`ynadilar. Har biri ikki partiyadan o` ynadilar. Jami necha partiya o`ynaldi?

34.Soatda daqiqalar milining uchi harakatlanishi soat milining harakatlanishidan necha marta tez?

35.Bir fuqaroning otasini ismi sharifi Hamid Ahmadovich, shu fuqaroning o`g’- li Akbar Jo`rayevich. Fuqaroning o`z nomini toping.



36.Vrach bemorga 3ta tabletka berdi. Har bir tabletkani 20 daqiqadan so`ng qabul qilishni tavsiya etdi. Bu tabletka necha daqiqaga etadi?

37.Professor kechqurun soat 7da uxlash uchun yotdi. ertalab soat 8da uyg’onish uchun budil’nikni 8ga to`g’rilab qo`ydi. Professor budil’nik chalgunicha necha soat uxlab oldi?

38.6ta stakan turibdi. Birinchi uchtasiga suv solingan, keyingi uchtasi bo`sh. SHunday qilingki, suvli stakan va bo`sh stakan birin-ketin tursin. Lekin faqat bitta stakanni qo`lga olish mumkin.


39. Olti metrli ustunda yuqoriga qarab shilliqqurt chiqayapti, kunduz 4m masofani bosib o`tadi. Kechasi esa 3m masofani orqaga bosib o`tadi. Necha kunda shilliqqurt ustun yuqorisiga chiqib oladi?

40.Kubning har bir tomoni 5sm. Simdan shu kubning karkasin yasash kerak. Necha sm sim kerak?

41. 1-,2-,3- uyda uchta mushuk yashagan: oq, qora va sariq. 1-va 2 uylarda yashagan mushuk qora bo`lmagan. Oq mushuk yashagan uy birinchi emas. qaysi mushuk qaysi uyda yashagan?



42.Tovaga ikki burda non sig’adi. Biz uch burda nonning ikki yuzini qizartirib olmoqchimiz. Har bir yuzini qizartirish uchun bor-yo`g’i uch daqiqa ajratilgan. Qanday yo`l tutamiz?

43.YOg’ochli har bir tomoni 3sm ga teng bo`lgan, yashil rangga bo`yalgan kubni kubik santimetrlarga kesdilar. Uch tomonidan bo`yalgan kubiklar sonini toping.

44. Ra`noda 5ta tanga bor: 1 tiyinlik, 2tiyinlik, 3tiyinlik,5tiyinlik. Ana shu tangalar yordamida uch tiyindan yigirma bir tiyingacha bo`lgan hamma qiymatlarni tuzish mumkinmi?

45.SHunday ikkita kesma chizginki, ulardan biri ikkinchisidan 2sm uzun bo`lsin. Birgalikda esa 14sm ni tashkil qilsin.

46. Ota ikki o`g’li bilan yo`lga chiqdi. Yo`lda ular daryoga duch keldilar. Sohilda qayiq. U suvdan otani yoki ikki o`g’ilni o`tkaza oladi. Qanday qilib ota va o`g’illar narigi sohilga o`tishadi?

47.To`rt xonali sondan raqamlar yig’indisi 3ga teng bo`lgani nechta. Ularni ko`rsat.

48.Surayyoda bir necha tiyinlik tanga bor edi. U 13 tiyinga muzqaymoq sotib olmoqchi bo`ldi. Sotuvchida faqat 3 tiyinlik tangalar bor. Surayyo sotuvchiga nechta 5 tiyinlik tanga berdi va sotuvchi Surayyoga nechta 3 tiyinlik tanga qaytardi?
49. 87912 ni qanday songa bo`lsak xuddi shu raqamlar ishtirokidagi besh xonali son hosil bo`ladi, lekin teskari tartibda?

50 Amina, Botir, Vasila, G’olib maktabning yaxshi shaxmatchilari. Tuman musobaqasida uchta shaxmatchidan iborat guruh tuzish kerak. Necha usul bilan guruh tuzish mumkin?

51.«Kalitlar va Jomadonlar». Uchta jomadon va uchta kalit bor. Jomadonlarga to` g’ri kalitlarni topish uchun uch urinish etarlimi?

52.Ikkita o`nlikni uchta o`nlikka ko`paytirsak nechta o`nlik hosil bo`ladi?

53 .Aka uydan maktabgacha 30 daqiqa yuradi, uka esa 40 daqiqa. Uka akadan 5 daqiqa oldin chiqqan bo`lsa, necha daqiqadan keyin aka ukaga etib oladi?

54.Qutida ko`k, yashil, qizil rangli 20 dona qalam bor. Ko`k qalamlar yashillarga qaraganda 6 barobar ko`p. Qizil qalamlar ko`klardan kam. Qutida nechta Qizil qalam bor?

55.Tarozining bir pallasida 5 ta bir xil olma va 3 ta bir xil nok bor. Ikkinchi pallasida 4 ta o`shanday olma va xuddi shunday 4 ta nok bor. Tarozi muvozanat saqlab turibdi.. Nima engil: olmami nok?

56.Ikkita sonni ko`paytirganda 105 hosil bo`ldi. Qanday sonlar ko`paytirildi? SHunday sonlar nechta ?

57. O`kituvchi sinfga 111 ta daftar olib kirdi va bolalarga teng tarqatib berdi. Sinfda 20 tadan ko`p va 40 tadan kam bola edi. Sinfda nechta bola bor?

58. Maktab o`kuvchilaridan 32tasi avtobusda sayohatga chiqdilar.Azizaga 189990 raqamli chipta to`g’ri keldi. CHipta raqamlarini oldingi 3 ta raqami yig’indisi va oxirgi 3 ta raqam yig’indisiga teng bo`lgan chipta o`quvchilardan yana birortasida bo`lishi mumkinmi?

59. Kitobning bir nechta sahifalari tushdi. Tushgan sahifalardan birinchisining raqami 213, oxirgi tushgan sahifaning raqami esa birinchi sahifaning raqamiga teskari tartibda. Nechta sahifa kitobdan tushgan?



60. 12345 raqamlari orasiga amal belgilari va qavslarni shunday qo`yki, natija 1 bo`lsin.

61. 4x12+18:6+3 ifodaga qavslarni shunday qo`yki, natija 50 bo`lsin.

62. 4 ta 5 raqami ishtirokida misol tuz, natija 12 ga teng bo`lsin.

63. 0 dan boshqa shunday bir xonali sonni 142857 ga ko`paytirginki, natija faqat bir xil raqamlar ishtirokidagi sondan iborat bo`lsin.

64. To`rt xonali sonning ikkinchi raqami 0 ga teng sonni teskari tartibda yozganda dastlabki sondan 9 marta katta bo`lgan boshqa son hosil bo`ladi. Dastlabki sonni top.



65. 5 va 3 ga bo`linadigan 3 xonali son 87*(oxirgi raqami yashirin). Oxirgi raqamni toping.

66. 37sonining old va orqa tomonidan birxil raqam qo`yginki, natija 6ga teng bo`linsin.

67. To`g’ri tenglik hosil bo`lishi uchun harflar o`rniga qanday raqamlar qo`yish mumkin? ABhAxB-BBB

68. Ukada 6 ta 2 tiyinlik tanga bor edi, opasida esa 10 ta 3 tiyinlik tanga. Ularning tangalari teng bo`lishi uchun opa ukasiga nechta tangasini berishi kerak?



69. Zulxumor, Go`zal va Mexri baliq oviga bordilar.Ular har biri turli sonda baliq ovladilar. Zulxumor va Go`zal birgalikda 6 ta baliq ovladilar. Mexri bilan Zulxumor 4 ta baliq ovladilar. Go`zal nechta baliq ovladi.

70. 2004 -yil fevral oyida 5 yakshanba mavjud. Fevral 29 kun. 2004 yil 23- fevral haftaning qaysi kuniga to`g’ri keladi?

71.Eng katta yuzali to`g’ri to`rtburchak chiz. Tomonlari yig’indisi uzinligi Oga teng bo`lsin.



72 Gulnoz bilan Feruzada birgalikda 11 ta yong’oq, Gulnoz va Dilorada 12 ta yong’oq, Dilora va Feruzada 13 ta yong’oq. Qizlarning har birida nechtadan yong’oq bor?

73.Savatdagi olmalar soni ikki xonali raqam. Olmalarni 2,3 va 5 bolalar orasida teng bo`lish mumkinmi? 4 bolaga teng bo`lib bo`lmaydi. Savatda nechta olma bor?

74. Vinni-puxga tug’ilgan kunida asal to`la humcha sovg’a qildilar. Asal to`la humchani og’irligi 7 kg. Asalni yarmini egandan keyin qolgan asal va humchaning og’irligi 4 kg bo`lgan. Boshida xumchada necha kg asal bo`lgan?

75. 3 ta tovuq 3 kunda 3 tuxum beradi. 12 tovuq 12 kunda nechta tuxum beradi, agar ular xuddi shu holda va shu maromda tuxum berib tursa?



76. Ma`lumki 50 ta kitob narxi 17 so`mdan ortiq, ammo 18 so`mdan kam. Bir dona kitob narxi qancha?

77. Geologlar 7 ta tosh topdilar. Bu toshlarning og’irliklari 1kg, 2 kg, 3kg. 4 kg, 5 kg, 6 kg, 7kg. SHu toshlarni to`rtta ryukzakka shunday joylashtirdilarki, ryukzaklar og’irligi bir xil bo`ldi. Ryukzaklar og’irligini toping.

78. 99 ta son yozildi. 1,2,3,4......99. 5 raqami necha marta ishlatildi?

79.Stol to`rt burchakli. Bir burchagini kesib olsak necha burchakli bo`ladi.?



80. Sayohatchilar guruhi 6 kishidan iborat. Ular frantsuz yoki ingliz tilida gapiradilar. 3 kishi faqat frantsuz tilida gapiradi. 2 kishi faqat ingliz tilida gapiradi. Necha kishi ham ingliz ham frantsuz tilida gapiradi?

81. Feruza, Zulfiya, Ra’no musobaqada 100 m masofaga yugurishdi finishga Feruza Zulfiyadan 2 sekund oldin keldi, Zulfiya esa Ra’nodan 1 sekund kech keldi. Kim oldin yugurib keldi Ra’nomi yoki Feruza, va necha sekund oldin?

82. 0, 1, 5 raqamlar yordamida 3 xonali son yozib chiqing. Har bir sonda har bir raqam bir marta ishlatilsin.

83. Tarozining bir pallasida 1dona sabzi va 2dona bir xil shalg’om
ikkinchi pallasida 2 ta o`shanday sabzi va 1 dona o`shanday sholg’om bor. Qaysi biri engil. SHolg’ommi yoki sabzi?

84.To`rtga bo`linadigan 2 xonali eng katta sonni top.

85. 9 sonining o`ng tomoni va so`liga bitta bir xil son yozing. Hosil


bo`lgan uch xonali son 7 ga bo`linishi kerak.

86. 5 litrli va 3 litrli banka yordamida 4 litr suvni o`lchab oling.

87. 0 va 1 raqamidan nechta to` rt xonali son tuzish mumkin?

88. 5 litrli bidon va 8 litrli bidon yordamida sut sisternasidan 7 litr sut
o`lchab oling.

89. Tomoni 1m bo`lgan kvadratni tomoni 1sm bo`lgan kvadratchalarga kesdilar. SHu kvadratchalardan eni 1sm bo`lgan tasma yasadilar. Tasmaning uzunligini toping.

90. SHahardan qishloq tomon velosipedist yo`lga chiqdi, tezligi 12km/soat. Qishloqdan shahar tomon bir kishi piyoda yo`lga chiqdi, tezligi 4km/soat. SHahar va qishloq orasidagi masofa 32km. 2soat yo`l yurgandan keyin yo`lovchilardan qaysi shahardan uzoq bo`ladi.?

91.7 litrli chelak va 3 litrli banka yordamida qozonga 5litr suv o`lchab soling.

92.21,19,30,25,3,12,9,15,6,27 sonlaridan uchtasining yig’indisi 50ga teng bo`lganlarini toping.

93 To`rtinchi qavatga chiqadigan zinaning uzunligi ikkinchi qavatga chiqadigan zinaning uzunligidan necha barobar uzun?

94 To`g’ri to`rtburchakning maydoni 12sm2, tomonlar yig’indisi 26sm. SHu to`g’ri to`rtburchakni chizing.

95. SHokir do`stlariga dedi: -«O`tgan kuni mening yoshim 9 da edi, kelasi yil men 12ni to` ldiraman.» SHokir qaysi kunda tug’ilgan.?

96. Soat siferblatini to`g’ri chiziq bilan 2 qismga shunday bo`lingki, har bir qismda sonlar yig’indisi teng bo`lsin.

97. 30metr arqonni 3 qismga bo`ldilar. Biroq birinchi qismi ikkinchisidan 1metr uzun, va uchinchisidan 1metr kalta. Uchchala qismning uzunligini toping.

98. Sayohatchi 6km yo`lni 1 soatda bosib o`tadi. U 1daqiqada necha metr yuradi?

99. 9 varaq qog’oz bor edi. Bir nechtasini 3 bo`lakka kesdilar. Jami 5 varaq bo`ldi. Nechta varaq kesilgan edi?

100. Kvadratni teng 4 qismga kesdilar va 2ta kvadrat yasadilar. Bu ishni siz ham bajaring.

101. Simdan tomoni 6 sm bo`lgan kvadrat yasadilar. Keyin shu simni ochib, teng tomonli uchburchak yasadilar. Uchburchak tomoni uzunligini toping.

102. Rustam baliq oviga borib keldi. Daryo tomonga piyoda ketdi. Qaytishda velosipedda keldi, yo`lga 40daqiqa vaqt sarfladi. Keyingi safar borishda ham, kelishda ham velosiped mindi va yo`lga 20 daqiqa sarfladi. Baliq oviga borish ham, kelish ham piyoda bo`lsa, Rustam qancha vaqt sarflaydi?



103. To`g’ri to`rtburchak shaklidagi tortni 2ta kesma bilan to`rt qismga ajrating. Ikki qismi to`rtburchak shaklida bo`lsin, ikki qismi uchburchak shaklida.

104. Tomonlari 8sm va 4sm qog’oz varag’ini 4ta bir xil shaklda kesdilar. SHu shakllardan kvadrat tuzdilar. Rasmini chizing.



105. Gulnoz bilan Feruzada birgalikda 11 ta yong’oq bor, Gulnoz va Dildorada 12 ta yong’oq, Dildora va Feruzada 13ta yong’oq. Qizlarda jami bo`lib nechta yong’oq bor?

106. Bola ismining harflarini alifbodagi harflar tartib raqamlari bilan o`rnini almashtirdi: 27,1,17, 14,5,8,3,3,8,13. Bolaning ismini top.

Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish