Psixika miyaning xususiyatidir. “Sezgi, fikr, ong, maxsus sur`atda tuzilgan materiyaning oliy mahsulidir”. Inson miyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot mobaynida rivojlanib, takomillashib borgan. Uning og`irligi 1350-1400 g. bo`lib, 14-15 milliard hujayradan iborat. Inson miyasining funktsional tuzilishini A.R. Luriya 3 ta blokka ajratadi: I - blok - energetik blok, u miya pustloq qismining normal ishlash tonusini ta`minlaydi. Miya po`stining yuqoridagi qismida joylashgan. II - blok axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (Ikkala yarim sharlarining orqa qismiga, tepa, chakka va ensa qismlariga joylashgan). III - blok faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta`minlaydi (peshona qismiga joylashgan). Nerv hujayrasi va uning o`simtalari, ularni qoplovchi pardalar neyron deb ataladi. Neyronning asosiy vazifasi qo`zg`aluvchanlik va o`tkazuvchanlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |