Mavzu: Badiy gimnastikaning tarixi.
Reja:
1.Badiy gimnastikaning kelib chiqishi
2. Milliy gimnastika tizimlari
3
XVIII-XIX asrlardagi gimnastika
4. Gimnastikaning rivojlanish tarixi
1.Badiy gimnastikaning kelib chiqishi.
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib
kelgan. uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o`zgarishi bilan, odam haqidagi
fanning rivojlanishi bilan, shuningdek urush qilish usullarining o`zgarishi bilan
bog`liq bo`lgan. bular gimnastikaning mazmunan o`zgarishiga, uning o`qitish
metodikasi va hatto mashqlarni bajarish texnikasining o`zgarishiga ham muhim
ta`sir ko`rsatgan.
XVIII-XIX asrlardagi gimnastika tizimisiga kirgan ayrim mashqlar
qadimgi rimda hamda bir qancha g`arbiy evropa mamlakatlaridagi o`rta asrlar-
davridayoq harbiya-jismoniy tayyorgarlik ko`rishda qullanilgan edi. yog`och ot
(yog`och kon`) da, narvon va raqib qal`alariga hujum qilishni o`rgatishda
qullanadigan boshqa inshoatlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. akrobatik
mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish
qilardilar.
Uyg`onish
davridagi
gumanistlar
yoshlarni
har
yoqlama
tarbiyalashga katta ahamiyat bera boshladilar. gimnastika mashg`ulotlarini ular
insonning sog`ligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirishning eng
yaxshi vositasi deb bilardilar. xvi asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha
ajratdi. sog`lomlashtirish gimnastikasini, ya`ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan
bog`liq bo`lmagan gimnastikani u asosiy jismoniy tarbiya vositasi deb
hisoblagan edi.
Ayni vaqtda gimnastikada boshqa yo`nalish ham rivojlanayotgan
bo`lib, bu yo`nalish asosini shug`ullanuvchilarning chaqqonlikni egallab
olishlari tashkil etgan. frantsuz gumanist yozuvchisi fransua rablening (1494-
1553 yillar atrofida) «gargantyua va pantagryuel`» asarida tarbiyalanuvchilar
turli mashqlar bilan, shu jumladan turnikda, yog`och konda mashq qilganliklari,
arqonga tirmashib chiqqanliklari, akrobatik mashqlar qilganliklari haqida
ma`lumot berilgan. shu sababli xv asrdayoq dvoryan yoshlar maktablarida ayrim
gimnastika asboblari va mashqlaridan foydalanilgan va ular keyinchalik sport
gimnastikasiga asos bo`lgan, deb hisoblash o`rinlidir.
Ya.a. Komenskiyning asarlari va uning didaktik printsiplari tizimi
XVIII asr pedagogika klassiklari jan-jak russo (1712-1778 yillar) va ayniqsa
pestalotstsi (1746-1827 yillar) dunyoqarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi.
bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular
gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdi. russo jismoniy mashqlar
inson tanasini mustahkamlaydi va toblaydi, kuch va harakat imkoniyatlarining
rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi,
aqliy kamol topishga hamda salomatligini mustahkamlashga yordam beradi, deb
hisoblagan.
Pestalotstsi bolalarda mavjud bo`lgan kuch va qobiliyatni mashq
orqali rivojlantirishni jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi deb bilgan. u fikrlash
va harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishni ham keyingi o`ringa qo`yish
muhim, deb hisoblagan. buning uchun bug`inlardagi eng oddiy harakatlar, eng
yaxshi mashqlar bo`ladi, chunki har qanday murakkab harakat ana shunday
oddiy harakatlardan tarkib topadi, deb aytadi. bug`in gimnastikasini esa
harakatli o`yinlar va qul mehnati tuldirib borishi kerak bo`ladi, deb ta`kidlaydi.
albatta, bu bilan u bug`in mashqlarining ahamiyatiga haddan tashqari yuqori
baho berib yuborgan edi, shunga qaramay u ishlab chiqqan analitik uslub usha
zamon gimnastikasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan va keng qo`llanilgan.
pestalotstsi-gimnastika nazariyasi va metodikasi asoschilaridan biri, «bug`in
harakatlari» esa-hozirgi erkin mashqlarning namunasidir.
Russo, pestalotstsi va boshqa usha zamon pedagogikasi
arboblarining pedagogik g`oyalari g`arbiy evropa mamlakatlarining burjua
intelligentsiyasi tomonidan qullab-quvvatlanar edi. bu sohada amaliy ishlar ilk
bor germaniyada boshlandi. xviii asrning 70-yillarida, ayrim shaharlarda yangi
tipdagi maktablar-filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy
gimnastikasi yuzaga kela boshladi.
Fit
(1763-1836)
va
gust-mutslar
(1759-1839
yillar)
filantropinlardagi gimnastikaning eng mashhur rahbarlari edilar. ular ma`lum
bo`lgan jismoniy mashqlarning hammasidan foydalardilar. fit uch tomlik asarida
gimnastika haqidagi nazariy va amaliy ma`lumotlarni bayon qilib bergan. u
mashg`ulotlardan maqsad-salomatlikni mustahkamlash, kuch va harakat
tezligini rivojlantirish, qomatning chiroyli bo`lishiga erishish, aqliy rivojlanish
va psixik faoliyatga ko`mak berishdir, deb hisoblardi. fit o`z asarida bir qancha
qimmatli metodik ko`rsatmalar beradiki, ular hanuzgacha ahamiyatini
yo`qotmagan (bular mashqlarning ketma-ketligi, engil mashqlardan asta-sekin
qiyinlariga
o`ta
borish
haqidagi,
o`quvchilarning
aktivligi,
ularning
mashg`ulotga qiziqishi, individual xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar
to`g`risidagi ko`rsatmalardir).
Guts-muts
ko`pgina
gimnastika
mashqlarining,
jumladan
gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarning texnikasini ishlab chiqdi.
bu mashqlarda harakat shakliga katta ahamiyat beriladi. uning «o`smirlar uchun
gimnastika» kitobi bir qancha mamlakatlarda, keng tarqalib, gimnastika
taraqqiyotiga yordam berdi. unda turnik, bruslar, yakkachupda bajariladigan
jungina
mashqlar
tasvirlangan
edi.
kitobda
mashg`ulotlar
vaqtida
o`quvchilarning o`zaro musobaqalashuvi rag`batlantirilgan, harakatlar ijrosi aniq
bo`lishiga quyiladigan talablar ishlab chiqilgan edi.
Binobarin, XVIII asr oxirlariga kelib yangi zamon gimnastikasining
nazariy asoslari ko`zga tashlana boshlaydi.
Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi xix asr boshlariga to`g`ri
keladiki, bu ijtimoiy talablar oqibati edi. urush qilish usullari bir vaqtda harakat
qilishni, komandalarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va
hokazolarni talab qilardi. usha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika
yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to`g`ri uslubi bo`lib ko`rinardi.
komandalarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va hokazolarni
talab qilardi. o`sha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni
jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to`g`ri uslubi bo`lib ko`rinardi.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta
yo`nalish ko`zga tashlana boshladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |